Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalari .
Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshishni nazarda tutadi.
O’qitish texnologiyasi pedagogik strategiya sifatida o’quvchi va o’qituvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish vositalariga ega bo’ladi.
Bunday texnologiyalarga quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Hamkorlik pedagogikasi
2. Pedagogik jarayonda shaxsni kuzda tutishga asoslangan pedagogik texnologiya (Sh.A.Amonashvili texnologiyasi);
3. O‘quv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov texnologiyasi);
4. O‘quv jarayonini samarali boshsarish va tashkil etish asosiga, qurilgan texnologiya (S.N.Lisenkova texnologiyasi, N.P.Guzikning o‘qitish tizimini rejalashtirish texnologiyasi);
5. O‘qitshini individuallashtirsh texnologiyasi (Inge Unt, A.S.Graniskaya, V.D.Shadrikov texnologiyasi); 1. Hamkorlik pedagogikasi Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta’limdagi ko’pgina innovasisn jarayonlarni hayotga chorladi. Bu texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi.
Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi.
U o’zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvini, tili va matematika o’qitishning ajoyib pedagogikasini ishlab chiqdi va hayotga tadbiq etdi. Sh.A.Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
1. bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda oliyjanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon tug‘dirmos;
2. bolaning qalbi va yuragini ulug‘lomoq;
3. boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;
4. keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq;
5. ideal tarbiya –bu o‘z-o‘zini tarbiyalamoq. Sh.A.Amonashvili o’zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan foydalandi: ü insonparvarlik; ü shaxsiy yondashuv; ü oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati; ü o‘quv faoliyati. ü muloqot maxorati; Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o’ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko’ra sifatli baholashga urg’u beriladi, ya’ni tavsif, natijalar paketi, o’z-o’zini baholash.
Dostları ilə paylaş: |