Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim texnologiyalarining turlari. Ta’limning innovatsion shakllari



Yüklə 240,92 Kb.
səhifə45/51
tarix23.05.2023
ölçüsü240,92 Kb.
#120215
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51
xorijmajmua 22-23

Assotsional oilalarbu ota-onalari xulqi buzuq, qonunga xilof ravishda hayot kechirayotgan oilalar va bu oilalarda yashash – turmush sharoitlari eng oddiy sanitar-gigiyenik talablarga javob bermaydi. Bunday oilalarda odatda bolalar tarbiyasi bilan hech kim shug‘ullanmaydi, bolalar qarovsiz qoladilar, yarim och, yarim yalang‘och bo‘lib rivojlanishdan ortda qoladilar. Ota-onalari tomonidan boshqalar tomonidan am jabrlanadilar, ijtimoiy pedagogning bunday oilalar bilan ishlari huquqni himoya qilish organlari bilan birgalikda, hamda vasiylik qilish organlari bilan hamkorlikda olib borilishi kerak.
Оilada ijtimоiy pеdagоgik yordam shakllari.
Chet el amaliyotida muhtojlarga uzoq vaqtli va qisqa vaqtli ishlar shakllaridan foydalanib ijtimoiy-pedagogik yordam ko‘rsatish boy tajribalari to‘plangan.
Oz vaqtli shakllari orasida olimlar inqirozintervent va muammoli-yo‘naltirilgan modelni o‘zaro aloqlarini ko‘rsatadilar.
Inqirozintervent modelli oila bilan ishlashda bevosita inqirozli vaziyatlarda yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi. Bunday vaziyatlar oilaning kundalik hayoti davomida yuzaga kelishi mumkin yoki tasodifiy zarar yetkazuvchi holat bo‘lishi mumkin. Bunday noqulay davrlar bolaning yoshi inqirozi bilan bog‘liq, bunda oilada psixologik-pedagogik muammolar kuchayadi.
Uch yosh inqirozi shaxsning asosiy individual-psixologik sifatlari shakllanishi jarayoni bilan va ijtimoiy-ma’naviy sifatlarining rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq bo‘ladi.
7-8 yosh inqirozi maktab o‘quvchisi yangi ijtimoiy mavqega moslashishi, hayotning yangi rejimini o‘zlashtirishi, o‘qituvchi bilan, bolalar jamoasi bilan munosabatlar o‘rnatilishi bilan bog‘liqdir.
12-17 yosh inqirozi o‘zini tashkil toptirish, oila a’zolari, ota-onalari bilan, umuman kattalar bilan munosabatlarini o‘zgartirish davri. 18-21 – ijtimoiy o‘zini aniqlash davri.
Oilaga inqiroz paytida faqatgina ijtimoiy pedagog emas, balki professional psixolog, yordam ko‘rsatish norasmiy guruxlari, maxsus tashkilotlar (ijtimoiy himoya, reabilitatsiya markazi va boshqalar) yordam ko‘rsatadilar.
O‘zaro aloqalar muammoli- yo‘naltirilgan modeli (shakli) qisqa vaqtli ishlar strategiyasiga kiradi, uning davomiyligi 4 oydan oshmaydi. Muammoli-yo‘naltirilgan modeli oila murojaat etgan aniq amaliy masalalarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi.
Bu model diqqat markazida muammo va yordam ko‘rsatuvchi mutaxassislar bo‘ladilar, oilaga yordam ko‘rsatuvchilar o‘z kuchlarini oila anglab yetgan va ular buning ustida ishlashga tayyor bo‘lgan muammoni hal etishga qaratishlari kerak. Bunday muammolar bolaga destruktiv munosabatlar (lotincha destructio-buzish, barbod etish, biror narsaning normal tuzilishini parchalash), tarbiyalash noto‘g‘ri usuli, oiladagi yomon, ko‘ngilsiz psixologik muhit bo‘lishi mumkin. Chet el davlatlari ish tajribalarida asosan ustun bo‘lgan ishlar olib borish uzoq vaqtli shakllari mijoz bilan uzoq vaqt munosabatda bo‘lishni (4 oy va undan ko‘p) talab etadi va odatda psixologik yondoshishga asoslanadi.
Oilalar ijtimoiy-pedagog va psixologik yordam so‘rab murojaat etmasa (ular bunga muhtojlar aslida) unda ularga nisbatan patronaj kabi ish usuli qo‘llaniladi. Patronaj ijtimoiy pedagogning ish usullaridan bir shaklidir, bu usulda ijtimoiy-pedagog diagnostik, tekshirish, nazorat, moslashish-reabilitatsion maqsadlarda oilalarni uyiga kelib ishlashidan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston respublikasida patronaj ish usuli mavjud bo‘lib va pediatrik xizmatlar, nogironlar va nafaqaxo‘rlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Lekin tibbiy va xo‘jalik-turmush xizmatlari patronaj imkoniyatlarini chegaralamaydi, uning doirasida turli xil ta’lim, psixologik yordamlari amalga oshirishi mumkin, shuning uchun ijtimoiy pedagogning oilaga kelib ishlash shakli uning ajralmas qismi bo‘lishi kerak.
Patronaj bilan bir qatordaoila bilan ishlash shaklidan biri sifatida konsultatsion suhbatlarni ko‘rsatish mumkin. Individual konsultativ suhbatlar bilan bir qatorda oila bilan ishlash guruxli ishlash metodi –trening qo‘llanishi mumkin.
Оtaliq” va “qaramоqqa оlish” tushunchasining mоhiyati. Оtaliq va qaramоqqa оlishga muhtоj bоlalarning turlari. Vasiylik – bu “balog‘atga yetmagan shaxslar shaxsi va mol-mulki huquqlarini himoya qilish shaklidir (ota-onasiz olgan bolalar, ruhiy kasallar)”. Vasiylik deyilganda bunday kuzatishlar vazifasi yuklatilgan shaxslar yoki tashkilotlar ham tushuniladi. Vasiylik qilish topshirilgan shaxs vasiy deb ataladi, uning majburiyati esa vasiylik.

Yüklə 240,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin