Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla!



Yüklə 36,45 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix16.12.2023
ölçüsü36,45 Kb.
#183314
2023- yildagi 7 qadam



Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla! Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla!
2023 — yilda
pul ishlatmasdan 
shaxsiy blogni
rivojlantirishning 7 qadami
Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla! Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla!
1 - Qadam: Maqsad va 
Kuchli jihatingiz
01
Eng birinchi oʻrinda blogingizni nima maqsadda 
yuritmoqchi ekanligingizni va oʻzingizni kuchli 
jihatingizni aniqlashtirib olishingiz kerak.
Shunchaki men mashhur boʻlishni xohlayman, 
turli videolar joylayman va meni obunachilarim 
paydo boʻladi degan fikr bilan ish boshlagan 
taqdiringizda, sizda maqsadli auditoriya 
shakllanmasligi, ish boshlaganingizda aniq 
rejangiz yoʻqligi uchun ozgina vaqt oʻtishi 
bilan oʻz blogingizni yurgizishga nisbatan 
motivatsiyangiz soʻnib qolishiga olib kelishi 
yoki auditoriya yigʻilgandan taqdirda ham 
maqsadsiz turli bekorchi auditoriyani 
yigʻib shunchaki “просмотр”lar uchungina 
kontentlar chiqarishingizga toʻgʻri kelib 
qolishi mumkin.
Shuning uchun shaxsan tavsiya etardimki, eng 
birinchi oʻrinda nima maqsadda shaxsiy 
brendingizni yuritishni xohlayapsiz va 
sizni kuchli jihatingiz nima ekanini aniqlab 
olishingiz kerak.
Masalan: Barchamiz tanigan 
da shaxsiy 
brendlarini rivojlantirish bilan shugʻullanayotgan 
vaqtim ularga bir nechta savollar berganman.
Nega shaxsiy brendizni qurishni istaysiz?
Bundan qanday foyda boʻlishini istaysiz?
Nima haqida koʻproq bilasiz? 
Shunga oʻxshash savollar orqali ularni 
xohishlarini aniqlab olib shunga mos 
tarzda reja tuzib harakatga kirishganmiz.
Umidjon Ishmukhamedov 
Siz ham Shaxsiy brend qurishga 
kirishayotgan vaqtingiz quyidagi 
savollarni oʻzingizga berishingizni toʻliq 
javob topganingizdan keyin harakatga 
kirishishni tavsiya etardim
Shaxsiy Blogimni yuritishdan asosiy 
maqsadim nima (pul topish, bilganimni 
qolganlar bilan boʻlishish, shunchaki 
mashhur boʻlish, biznesimni rivojlantirish, 
oʻzimga turmush oʻrtoq topish
Shaxsiy sahifamni qaysi yoʻnalishda 
qanday mavzularda olib borishni 
xohlardim (motivatsion, informatsion, 
yangiliklar, vine, ibratli videolar, biznes, life hack
Menda odamlarga kerakli qanday bilim 
koʻnikmalar bor (ingliz tilini yaxshi bilaman 
dars berganman, biznesimni yaxshi 
tushunaman, ustamachilik bilan 
shugʻullanaman odamlarga foydali 
maʼlumot bera olishim mumkin, chiroyliman
model boʻlishim mumkin, nutqim yaxshi 
gapirishni oʻrgata olaman, psixologiya 
yaxshi bilaman
Instagramimni qanday yuritishni 
nimalarga koʻproq eʼtibor berishni xohlardim?
Asosiy kuzatuvchilarim, auditoriyam
kim boʻlishini xohlardi
Men xohlagandek, men andoza olishim 
mumkin boʻlgan sahifalar qaysilar (ularni 
sinchiklab oʻrganib chiqaman va 
ularnikidek va ularnikidan yaxshiroq 
kontentlar tayyorlashga harakat qilaman
Shu savollarga aniq javoblarni biror joyga 
yozish orqali siz avvalo oʻzingiz nima 
qilmoqchiligingizni qanday 
qilmoqchiligingizni tushunib olasiz.
2-qadam
Instagram sahifangizni 
tartibga keltirish
Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla! Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla!
Ishga kirishishdan oldin instagram sahifamizni 
tartiblab olishimiz kerak, biz kontentlar 
tayyorlaganimizdan keyin bizni sahifaga 
kirgan instagram foydalanuvchilari nima
uchun sizga obuna boʻlishlari kerakligini 
koʻrsatib berishimiz ularni oʻz sahifamizda 
koʻproq ushlab qolishga harakat 
qilishimiz kerak.
• Profil avatarkasi yaʼni asosiy qismda turgan 
suratingizni sifatli va yelkadan tepa qismda 
olingan surat bilan almashtirishingiz tavsiya
etiladi (Bu obunachilar sizni yaxshiroq 
eslab qolishlari uchun yordam beradi)
• Instagram BIO qismidagi maʼlumotlarni 
siz haqingizda qisqa va tushunarli maʼlumot 
bera oluvchi qilishimiz,
• “
” qismidan esa ortiqcha
keraksiz maʼlumotlarni olib tashlashimiz, uning 
oʻrniga sizni shaxsiyatingiz, turmush 
tarzingiz, ishingiz haqida maʼlumot berib 
turuvchi storieslarni joylashingiz tavsiya etiladi.
Undan soʻng postlarimizni ham koʻzdan 
kechirib ortiqcha, sifatsiz, suratlarimiz va 
videolarimizni arxiv'lab qoʻyishingiz tavsiya 
etiladi. Profil toza chiroyli va kerakli 
maʼlumotlar bilan qolishi eng optimal yoʻl 
hisoblanadi. Agar siz bulardan voz kechishni 
xohlamasangiz va sizga mutlaqo yangi 
obunachilar kerak deb hisoblasangiz 
profilingizni yangitdan ochishingiz 
tavsiya etiladi.
актуальный
3-qadam
Bozorni tahlil qilish, raqobatchilarni 
o’rganish
Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla! Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla!
4-qadam
Sizga qanday auditoriya kerakligini
tushunib olish va ularga qiziq boʻluvchi
kontentlarni tayyorlab taqdim etish
Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla! Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla!
5-qadam
Kontent reja tuzish
Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla! Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla!
Professional yuritilayotgan sahifalarni 
kuzatish ulardan ish oʻrganish, ish sifati 
va effekti oshishi uchun eng yaxshi foyda 
beradigan usullardan biri hisoblanadi va
bu oʻgʻrilik hisoblanmaydi, har bir inson 
individual inson va ha bir insonda bular 
har xil koʻrinishda boʻladi, kuzatishdan 
maqsad nima qoʻysam odamlarga qiziq 
boʻlardi, nima qoʻyilsa obunachilar koʻproq 
reaksiya bildirishadi, nima qoʻysam 
negativlar koʻpayadi singari savollarga javob 
olishingiz mumkin boʻladi, bundan tashqari 
suratga olish boʻyicha ham tajribangiz 
oshishiga ancha yordam beradi.
Tavakkaliga obunachi yigʻishga kirishib 
ketish ish samaradorligini juda tushiradi, 
instagramda obunachilar asosan 
3 turga boʻlinadi
Yosh (maktab bolalari
Oʻrta yoshdagi (asosiy pul bor qatlam
real sotib oluvchi mijozlar bazasi
Yoshi katta (faqat kuzatuvchi auditoriya)
Bu insonlar orqasidan eng qimmati bu oʻrta
yoshdagi auditoriya hisoblanadi, reklama 
sotib olinayotganda ham agar obunachilari 
oʻrta yoshdagi 20 — 40 yosh orasidagi 
insonlar boʻlsa u blogerning reklama narxi 
ancha qimmat va effektiv boʻladi. 
Ammo biz yuqorida qoʻyib olgan 
maqsadimizga mos tarzda auditoriya 
yigʻishingiz tavsiya etiladi. Masalan: Ingliz 
tilidan dars bermoqchi boʻlsangiz sizga 
yoshroq auditoriya eng keraklisi boʻlishi ham 
mumkin. Yoki pishiriq pishirish boʻyicha 
kontent olib chiqsangiz ham sizning 
mijozlaringizni asosiy qismi erga tegish 
arafasidagi 17-21 yosh orasidagi qizlarni 
tashkil qiladi.
Oʻzingizga kerakli auditoriyani 
aniqlashtirib olganingizdan soʻng 
ularga qiziq boʻluvchi kontentlar 
tayyorlashga harakatni boshlaysiz.
Bu shaxsiy blogni yuritishdagi asosiy 
qismlaridan biri hisoblanadi. Shunchaki 
pala partish kontentlar joylangan taqdirda 
reels va postlarimiz juda betartib, sifatsiz 
va maqsadsiz boʻlib ketishni boshlaydi, 
shuning uchun chiqarishni rejalashtirayotgan
kontentlaringizni kamida 7 kunlik rejasini 
oldinda tuzib olishingiz tavsiya etiladi. 
Instagram uchun har kuni 1ta post joylash
tavsiya etiladi kamida 100.000+ obunachi 
yigʻilgunga qadar har kuni 1ta reels yoki post 
joylashingiz akkaunt rivoji va sizning 
tajribangiz oshishi uchun juda katta 
hissa qoʻshadi.
Bozorni tahlil qilish, 
raqobatchilarni o’rganish
Sizga qanday auditoriya 
kerakligini tushunib olish va 
ularga qiziq boʻluvchi 
kontentlarni tayyorlab 
taqdim etish
Kontent reja tuzish
6-qadam
Obunachilar bilan aloqa oʻrnatish
Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla! Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla!
Reja tuzib kontentlar joylashni 
boshlaganingizdan keyin oʻziga yarasha 
auditoriya yigʻilgan holatda ular sizni yaxshi 
tanishmaydi va siz uchun loyal (sizni yaxshi
koʻruvchi ortingizdan ergashuvchi) auditoriya 
boʻlish ehtimoli kam, shuni hisobga olgan 
holda eng kamida storieslaringiz orqali 
auditoriyangiz bilan muloqotda boʻlishingiz 
ularda sizga nisbatan mehrni uygʻotishingiz
tavsiya etiladi. Lekin soxta boʻlib qolish 
ijtimoiy tarmoqlarda boshqa inson, hayotda 
boshqa inson boʻlib qolishingiz har 
tomonlama tavsiya etilmaydi.
Obunachilar bilan aloqa 
oʻrnatish
7-qadam
Sahifa bilan doimiy ishlash va yaxshilab borish
Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla! Shaxsiy Brend qurishni bugundan boshla!
Koʻpchilikda kuzatilgan holat, ish 
boshlangan vaqti katta ixlos, motivatsiya 
bilan kirishiladi, koʻp vaqt oʻtmasdan natija 
kutilganidek boʻlmaganidan soʻng yoki 
atrofdagilarning piching gaplari tufayli, 
boshidagidek kirishilgan kuch yoʻqolishni 
boshlaydi. Bu davr deyarli barcha 
boshlovchilarda kuzatiluvchi holat 
hisoblanadi. Kim shu davrdan oʻta olsa 
oʻsha insonni hayotida, turmush tarzida 
oʻzgarishlar kuzatiladi. Demak sizda ham 
bu holat boʻlishi mumkinligini hisobga 
olib boshidan shunga oʻzingizni tayyorlab
bu ishga qoʻl urishingizni tavsiya etaman. 
Ishlaringizni, kontentlaringizni esa kundan 
kunga yaxshilab borishni tavsiya etardim.
Sizga bergan tavsiyalarim foydali boʻldi 
degan umiddaman, siz bilan 
Asror Iskandarov boʻldi, Shaxsiy brendni 
rivojlantirish boʻyicha tez orada 
Oʻzbekistondagi eng yaxshi, toʻliq onlayn 
kurs qilishni rejalashtirganman, hozir ayni 
shu ish ustida kuniga 12-14 soat ish olib 
boryapman. Kuzatishda davom etsangiz 
barchasidan xabardor boʻlishsizga ishonchim 
komil hali sizni Shaxsiy Brendingiz qurilishiga, 
taniqli, manfaatli insonga aylanishingizga 
sababchi boʻlaman! 
Sahifa bilan doimiy ishlash 
va yaxshilab borish
Eʼtiboringiz uchun 
tashakkur!
Buning uchun:
Instagram sahifangizni
tartibga keltirish
Umidjon 
Ishmukhamedov

Yüklə 36,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin