Shaxsni o’rganish metodlari Reja: Shaxs haqida tushuncha Jahon psixologiyasida shaxs nazariyalari Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi



Yüklə 36,41 Kb.
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü36,41 Kb.
#183512
1   2   3   4
Shaxsni o’rganish metodlari Reja Shaxs haqida tushuncha Jahon p

3.Sobiq sovet psixologiyasida shaxs ta'rifi

Umumiy psixologiya fanida shaxsning shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlari hamda ularning mexanizmlari tadqiq etiladi.

Bu borada psixologlar tomonidan shaxsga nisbatan turlicha ta'rif berilgan va uning tuzilishini o’ziga xos tarzda tasavvur qilishgan. quyida mualliflar tomonidan keltirilgan ta'riflar tahlillarining keltirib o’tamiz.


A.G.Kovalyovning fikricha, shaxs - bu ijtimoiy munosabatlarning ham ob'ekti ham sub'ektidir. A.N.Leont'ev ushbu masalaga boshqacharoq yondashadi va unga shunday ta'rif beradi: shaxs faoliyat sub'ektidir. K.K.Platonovning talqiniga binoan jamiyatda o’z rolini anglovchi, jamiyatning qishga layoqatli, yaroqli a'zosi shaxs deyiladi. Bu muammo mohiyatini chuqurro ochishga harakat qilgan S.L.Rubinshteyn ta'rificha, shaxs - bu tashqi ta'sirlar yo’nalishini o’zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar majmuasidir.
Psixologiya fanida bir-biriga yaqin, lekin o’zaro farqlanib turuvchi tushunchalar qo’llanib kelinadi, chunonchi odam, shaxs, individuallik. Ularning mohiyatini aniqroq izohlab berish, har birining psixologik tabiatini tahlil qilish maqsadga muvofiq.
1.Odam sut emizuvchilar sinfiga dahldorligi biologik jonzot ekanligi odamning o’ziga xos xususiyatidir. Tik yurishlik qo’llarning mehnat faoliyatiga moslashganligi, yuksak taraqqiy etgan miyaga egaligi, sut emizuvchilar tasnifiga kirishi, uning o’ziga xos tomonlarini aks ettiradi. Ijtimoiy jonzot sifatida odam ong bilan qurollanganligi tufayli borliqni ongli aks ettirish qobiliyatidan tashqari o’z qiziqishlari va ehtiyojlariga mutanosib tarzda uni o’zgartirish imkoniga ham egadir.
2.Shaxs mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan. Jamiyatda rivojlanuvchi til yordami bilan boshqa kishilar bilan (muloqot) muomalaga kirishuvchi odam shaxsga aylanadi. Ijtimoiy mohiyati shaxsning asosiy tavsifi hisoblanadi.
3.Individuallik - har qanday insonning betakror, o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Shaxsning o’ziga xos qirralarining mujassam-lashuvi individuallikni vujudga keltiradi. Individuallik shaxsning intellektual, emosional va irodaviy sohalarida namoyon bo’ladi.
Sobiq sovet psixologiyasida shaxs tuzilishiga doir qator manbalar keltirilgan.
Jumladan, S.L.Rubinshteyn bo’yicha shaxs tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega:
1.Yo’nalganlik - ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e'tiqodlar faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.
2.Bilimlar, ko’nikmalar, malakalar - hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.
3.Individual tipologik xususiyatlar - temperament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.
K.K.Platonov ta'limotiga ko’ra shaxs tuzilishi quyidagicha shaklga ega:
1.Yo’nalganlik osttuzilishi - shaxsning ahloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi. Unda harakatchanlik, barqarorlik jadallik ko’lami (hajmi) darajalarini farqlash lozim.

2.Ijtimoiy tajriba osttuzilishi - ta'lim natijasida shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko’nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi.


3.Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi - ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
4.Biologik shartlanganlik osttuzilishi - miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog’liq bo’lgan patologik o’zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik holatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalyov talqiniga binoan shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1.Yo’nalganlik - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o’zaro ta'sir etuvchi har xil xususiyatli g’oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo’nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
2.Imkoniyatlar - faoliyatning muvafaqqiyatli amalga oshirishini ta'minlovchi tizim, o’zaro ta'sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
3.Xarakter - ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimi irodaviy va ma'naviy sharoitlarga ajraladi.
4.Mashqlar to’plami - hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o’zini-o’zi nazorat qilish, o’zini-o’zi boshqarishni ta'minlaydi.
Shaxsning faolligi
Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo’ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko’rsatadigan ta'siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. XX asr boshlarida avstriyalik psixolog Z.Freyd shaxs faolligini quyidagicha tushuntiradi. Odam o’zining avlodlaridan nasliy yo’l bilan o’tgan instinktiv mayllarining namoyon bo’lishi tufayli faoldir, instinktiv mayllar asosan jinsiy instinktlar shaklida namoyon bo’ladi Z.Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog’laydi. Shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy
psixologiyasi to’g’ri hal qilib beradi. Inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlar, deb tushuntiradi
Shaxsning malaka va odatlari
Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil bo’ladi (yozish, o’qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni ko’zlab biror nima bajarish malakaga bog’liqdir. Malaka - deb avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani qayta-qayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin.
Malakalar sodda va murakkab bo’lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb
egallash murakkab malaka, mix qoqish, o’tin arralash-sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo’ladi. Odat kishi qalbiga o’rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovqatlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo’ladi. Salbiy odatlarga yolg’on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning
hosil bo’lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya'ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar boqchasiga o’rganguncha qiynaladi, chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo’ladi. Yangi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog’liq bo’ladi. Ilgarigi malakalar yangisiga ijobiy ta'sir qilsa, malakalarning kuchayishi kuzatiladi. Masalan, chet tillaridan birortasini o’rgangan odam boshqa bir chet tilini o’rganishda qiynalmaydi. Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta'sir qilsa malakalar interferensiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o’tsa qiynaladi. Shaxs shug’ullanayotgan ishi bilan uzoh vaqt shug’ullanmasa malakalar so’nishi hodisasi kuzatiladi. Bu malakalarning diavtomatizasiyasi deyiladi. Malakalarning hosil bo’lish negizi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog’liq, masalan tilga 4-5 yoshda tez o’rganiladi. hunar egallash 12-13 yoshda tez o’rganiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog’liq, asab tizimiga bog’liq bo’ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin
hosil bo’ladi.
Shaxsning psixologik tuzilishi modellari tahlili
Shaxsning tuzilishi to’g’risidagi muammo o’zining tadqiqot doirasi predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tasavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati qirralarini ochish imkoniga egadir. Xuddi shu boisdan psixologiya hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari
fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi keltirib chiqarilayot-ganligi bunga yaqqol misoldir.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo’yicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo’lib, shaxs tuzilishning xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. B.G.Anan'evning fikricha, psixologik hodisalarni aql (intellekt), hissiyot (emosiya) va irodaga ajratish jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki ko’rinishi bo’lib,
uning qaqchilligi ko’pgina psixologlar tomonidan tan olingan. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko’ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy hamda quyi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning negizida ta'lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar tizimi o’zaro ta'sirining ifodalanishi yotadi.
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon bo’ladi. Ular shaxsning tuzilishiga ko’ra substansional va ideal, irsiy va psixologik tomonlarga ega bo’lib, u V.M.Banshikov tadqiqotlarida asoslaniladi.
Mulohazadan ko’rinib turibdiki, bunda shaxsning "substansional tomonini" irsiy, kundalik faoliyatda egallagan somatik jabhalar bilan taqqoslaganda, mustaqil strukturaviy tarkib sifatida, alohida reallikka ega emas. Bunday tahlil individual voqelik ustida gap borayotganini bildiradi. A.G.Kovalevning fikricha, temperament tabiiy xususiyatlarning muhimligini bildirib keladi.
B.D.Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishiga quyidagilar kiradi:
• Umuminsoniy psixologik xususiyatlar
• Milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o’ziga xos
xususiyatlar.
• Shaxsning individual betakror xususiyatlari.
AQSH psixologi G.Olportning fikricha, shaxs: ichki tizim, "dinamik qurilma", "men", "qandaydir metapsixologik men", o’zida oldindan maqsad va dizpozisiyani va aks ettiruvchi inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir". Xuddi shu boisdan shaxsning sinfiy, tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o’rnini psixologik talqin egallaydi.
Psixologlardan T.Parsond, G.Mid va boshqalar "shaxsning rolli tuzilishi nomli "konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub'ektiv dunyosini uning psixologik qiyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar.
Keyingi yillarda chet el psixologiyasida olimlar diqqatini shaxs modelining psixologik omillari tortmoqda. Ularning asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell konsepsiyalari bilan bevosita bog’liqdir. Mazkur konsepsiyalar ko’p yoki oz miqdordagi "omillar (Ayzenkda ular 2-3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod) ga asoslangan bo’lib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikni yoki shaxs qiyofasini ifodalovchi psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni qayd qilishga asoslanadi. Ammo tub ma'nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi ham
individuallik qiyofalarini haqiqiy ijtimoiy psixologik mohiyatini ochish imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi o’zaro aloqalari tavsiflanmay qolgan.

K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishi katta qiziqish uyg’otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyliklarini qamrab oluvchi modelini yaratishga intiladi. Shaxs xususiyatlari, qiyofasi uning tuzilish elementlari bo’lib, xossalari hisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishini turli tomonlariga aloqador 4 tuzilmaga ajratadi :


1.Shaxsning axloqiy munosabatga yo’nalganlikni birlashtiruvchi ijtimoiy shartlangan osttuzilish. Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy mayllarga bevosita bog’liq bo’lmay, tarbiyaviy yo’l bilan shakllantiriladi.
2.Tajriba osttuzilishi, unga ta'limiy yo’l bilan egallagan bilimlar, malakalar, ko’nikmalar, odatlar kiradi. Ammo bu narsa shaxs qiyofasining biologik shartlangan ta'siri ostida kechadi. Ushbu ost tuzilish orqali shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi bilan bog’liq bo’ladi.
3.Shaxsning individual xususiyatlari bilan shartlangan ba'zi psixik jarayonlar kiritiladi. Bunda biologik shartlangan xususiyatlarining ta'siri aniqroq ko’zga tashlanadi.
4.Biologik shartlangan osttuzilish bo’lib, biopsixik xususiyatlarni fazilatlar temperament, jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik o’zgarish birlashtiradi. Bu ost tuzilish mashq orqali shakllantiriladi.


Yüklə 36,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin