Shaxsni tadqiq etish metodlari
Har bir fan aniq ma’lumotlarga asoslanadi. Ma’lumotlarga ega bo‘lish usullari ilmiy-tadqiqot metodlari yoki bilim, nazariya, ta’limot deb ataladi.
Har qanday fanga o‘xshash psixologiya ham o‘zining tadqiqot metodlariga ega. Psixologik tadqiqotlarda qoʻllaniladigan metodlarning barchasini 4 ta guruhga ajratish mumkin.
Shaxsni tadqiq etish metodlari
1. Tashkiliy metodlar - qiyosiy, longityud va majmua metodlari
2. Tajriba metodlari - kuzatish va o‘zini kuzatish (introspeksiya), tajriba metodlari (laboratoriya, tabiiy, shakllantiruvchi), psixologik tashhislash metodlari (testlar, anketalar, so‘rovnomalar, sotsiometriya, suhbat, intervyu), faoliyat mahsuli tahlili (xronometriya, kasbiy ta’riflar, mahsulot va bajarilgan ishlarni baholash va boshqalar), tarjimai hol va egizaklar metodlarini o‘z ichiga oladi
3. Maʼlumotlarni qayta ishlab chiqarish metodlari - miqdoriy (statistika) va sifat (materialni guruhlarga ajratish, tahlil) metodlari kiradi.
4. Izohlash metodlari - turli xildagi irsiy (materilning rivojlanishdagi alohida davrlar, bosqichlar, xavfli vaziyatlar va boshqalarni ajratib ko‘rsatgan holda tahlili) va tarkibiy (psixika barcha xususiyatlarining tuzilishlari o‘rtasidagi aloqani o‘rnatish) metodlar kiradi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, metodni samarali qo‘llash uning validligi va ishonchliligiga bog‘liqdir.Ishonchlilik va validlik – bular psixologik tashhisning sifati va yuqori samaradorligini aniqlash mumkin bo‘lgan mezonlar.
2. Shaxsni oʻrganishda tizimlilik prinsipi darajalari,komponentlar
va tuzilma xosil qilish mexanizmlari.
Shaxsni oʻrganishda tizimlilik prinsipi quyidagi tadqiqot yo`nalishlarini belgilaydi:
Shaxs murakkab o`rganish tizimiga egaki, uning tashkil etuvchilarning murakkab xususiyatlari darajasiga ko`ra birlashtirish va tashkllashtirish orqali o`rganilayotgan sistemaning darajasini va uning lohida jihatlarini ajratishga imkon beradi. Masalan, rus olimi K.K.Platonov individuallikni 4 darajasini ajratib ko`rsatadi:
Shaxsning yo`nalganligi va axloqiy sifatlarni mujassamlashtirganlik darajasi;
Bilim, ko`nikma va malakalarni mujassamlashtirganlik darajasi;
Alohida psixik jarayonlarning kechishini ifodalovchi individual xususiyatlarni mujassamlashtirganlik darajasi;
Jinsiy hamda yosh xususiyatlari, temperamentni mujassamlashtirganlik darajasi.
Prinsip va tizimnitashkil qiluvchi mexanizmlarni bir butunlikda yoritish. Masalan, motivning maqsadga aylanishi mexanizmi, ko`pgina xilma xil aloqalarni ta’minlash mexanizmi, siqib chiqarish va qarshilik ko`rsatish mexanizmi va boshqalar.
Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari
Shaxs muammosini o`rgnishga yondashuvlarning bir jihati uning ongini o`rganishga yo`nalganligidir. Psixologiya shasning uslub jihatini o`rganishda tabiiy fanlarning metodlarini modifikatsiya qilish asoida erishdi. V.Vund vba boshqa psixologlar inson tabiatini o`rganishda tabiiy – ilmiy fanlar ta’sirida uni insonning aqlini o`rganishda foydalandilar. Ushbu tadqiqotlarda psixik jarayonlar eksperimental o`rganilgan bo`lsada, ammo ularda cheklanishlar bor edi.
XX asrning dastlabki 10 yilligida amerikalik olim Djon B.Uotson biologik masalalarni o`rganishga e’tibor qaratdi va bu esa shaxs xulq – alvorini o`rganishga qaratilgan bo`lib. V.Vuntning qarashlariga zid edi. Uotsonning bu harakatlari bexeviorizm deb nomlandi. U psixologiya inson tabiatining moddiyjihatlarini o`rganishga qaratilgan bo`lishi kerak degan g`oyani ilgari surdi. Uning g`oyasicha, tashqi xulq – atvor psixologiyaning o`rganish asosi bo`la oladi. Bu esa xulq – atvorni o`rganishga ehtiyoj tug`diradi. Bexiviorizm esa inson tabiatini mexanik tasvirini o`zida mujassam etadi. Keyinchalik bu go`yani Skinner boyitdi. Shaxs psixologiyasi metodalogik masalalarining boshlang`ich bo`ginlaridan biri sifatida Z.Freyd faoliyatni qad etgan. U o`zini g psixoanalizig asos solan. Bu esa uning vrachlik faoliyatida emotsional buzulishlardan aziyat chekkan insonlarni o`rganish orqali o`zining ilmiy yondashuviga asos soldi. U o`zining uzoq vaqtli seanslari asosida bemor hayotining ijodiy talqinlarini taqdim etdi. Uning yondashuvi eksperimental o`rganishdan keskin farq qildi. Freydning psioanalitik yondashuvi inson tabiati haqidagi noyob qarashlarni ishlab chiqishga sabab bo`ldi. G.Olpordning xizmatlari hisobida o`tgan asrning 30 yillariga qadar Garvard universitetida shaxs psixologiyasi amerika psixologiyasida bir tizimga keltirishga erishildi. Uning ishlari natijasida psixologiyada nomotetik va ediografik yondashuvlarning qo`llash hamda ularning muvofiqlik masalalari muhokama qilindi
Foydalanilgan adabiyotlar:
Daune P.Schults. Teories of Personality. Wadswordh, a division of Thomson Learning, Inc. Copyrinht. 2005.-550p.
Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Wordh publeshers, 2010. – 910p.
G`oziyev E.G`. Umumiy psixologiya. T.: O`qituvchi, 2010.
Dostları ilə paylaş: |