Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi. Reja



Yüklə 34,48 Kb.
səhifə6/13
tarix03.04.2023
ölçüsü34,48 Kb.
#92676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning hamkorligi. Re

Tashkiliy masalalar bilan bog’liq sinf ota-onalari majlisida odatda ota-onalar sinfi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o’rtasidagi vazifalar taqsimlanadi.
Ko’pgina maktabdagi sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga kelmoqda. Maslahatlar ko’proq shaxsiy ish shakli bo’lib, unga sinf rahbari ota yoki onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Sinf rahbari o’zining shaxsiy suhbatini, oilani o’rganish va kuzatish asosida to’plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan o’tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi g’oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni sinf rahbarlari har yili muntazam holda yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.





  1. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.



Sinf rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Biz quyida ota-onalar bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz :

1. O’quvchilarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bunda sinf rahbari o’quvchining ota-onasi, uning yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
2. Ota-onalarni maktabga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina o’quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga o’quvchini oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa o’quvchiga chaqiriqlar yoki maxsus da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 34,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin