Shaxsning hissiy- irodaviy-motivasion sohasi 8-mavzu. Irodava hissiyot Reja



Yüklə 403,92 Kb.
səhifə6/23
tarix05.04.2023
ölçüsü403,92 Kb.
#93479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
8-мавзу

Qarorga kelish. Maqsadga yetishish yo’llarini va vositalarini tanlash jarayonida rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog’langan bo’lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo’lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning ma'nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o’ynagan bo’ladi. Masalan, kechqurun qayoqqa borish kerak - teatrgami yoki o’rtog’ining yonigami-degan motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo’lgan joyi haqida qarorga keladi.
Kishi ba'zan tez qarorga keladi, bu qarorning bajarilishi mumkinligiga ishonadi. Buni qat'iyat deb ataymiz. Ba'zi motivlar kurashi uzoq vaqtga cho’zilib ketadi va qaror bajarilishiga ishonchsizlik hamda ikkilanishlar bilan qabul qilinadi. Bu qat'iyat sezgirlikdir. Masalan, o’rta maktabni bitirayotgan va bitirgan ba'zi yigit-qizlar qaysi o’quv yurtiga yoki korxonaga kirish masalasini tez hal qiladilar, boshqalari esa juda uzoq vaqt ikkilanib, xayolga tolib yuradilar. Qat'iyat odamda jiddiylik vaziyatining yengillashtirishi mamnunlik tuyg’usini tug’dirsa, qat'iyatsizlik ikkilanish hissi, jiddiylik tuyg’usi va alohida noaniq holat bilan birga sodir bo’ladi.
Biror qarorga kelish sur'ati bir qancha sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal iluvchi motiv kuchiga, vaziyatga, hissiyotga tafakkur va xayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush tajribasi va bilimlariga, temperamenti va xarakteriga, boshqa kishilarning nasihat, buyruq, iltimos takliflariga quloq solishiga bog’liq bo’ladi. Biror qarorga kelish sur'ati asosan qo’yilgan maqsadning ahamiyatiga, biror qarorga keltiruvchi faoliyatning xarakteriga bog’liq bo’ladi.
Murakkab tarzdagi motivlar kurashi va qarorga kelish faqat shunday hollarda bo’ladiki, bunda odamning hayoti va faoliyati uchun ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo’lgan yangi maqsadlar qo’yiladi va bu maqsadlarni amalga oshirish uchun yangicha usullar va vosita talab qiladi.
Qat'iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek bu qarorni tez va dadil bajarishda ham zohir bo’ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq belgilangan muddatda bajarish - qat'iyatni namoyon qilish demakdir.
Qaror qabul qilinsa-yu, keyin o’zgartirilsa, yoki boshqa qaror bilan almashtirilsa, yoxud butunlay bekor qilinsa, bunday qarorni yuzaki yoki bo’sh qaror deb ataladi. Qat'iyat va mustahkam qarorga kelish-irodaning yuksak sifatidir. Qabul qilingan qarorning o’zgarishi ko’pincha yana bu qaror to’g’risida yetarli darjada o’ylamaslikdan, emosional holatning o’zgarishidan yoki kishi harakat qilayotgan sharoit o’zgarishidan kelib chiqadi. Qarorning o’zgarishi ko’pincha motivlar kurashining qaytadan boshlanib ketishiga va oxirgi marta qat'iy qaror qabul qilishga olib keladi.

Yüklə 403,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin