Shaxsning ijtimoiy bosqichni bilish muammolari, uning mezonlari


«Shaxsning hissiy holati» tuShunchasi



Yüklə 155,5 Kb.
səhifə3/4
tarix23.05.2023
ölçüsü155,5 Kb.
#120808
1   2   3   4
\'ppppppppppppppp

1. «Shaxsning hissiy holati» tuShunchasi
Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insondagi keng emotsional sohasining rang-barangligi, ko`p qirraligi haqida emotsional ton (yunoncha tonos - zo`riqish, urg`u beriSh ma`nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha emovere qo`zg`atish, hayajonlaniSh demakdir), affektlar (lotincha affectus - ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma`nosini anglatadi), stress (inglizcha stress - zo`riqish deganidir) va kayfiyat kabi tuShunchalar orqali muayyan tasawur beriSh imkoniyatiga ega.
Kishi idrok etish, xotirlash, xayol suriSh va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki Shu bilan birga, hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo`lmasin, munosabat bildiradi, unda bularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg`u paydo bo`ladi.
His-tuyg`ular kiShining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga Yoki nima bilan maShg`ul bo`layotganiga nisbatan o`ziga turli xil Shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
«Hissiyot» tuShunchasi kundalik turmuShda va ilmiy psixologik rhanbalarda har xil ma`noda qo`Ilaniladi. Jumladan, hissiyot o`rnida sezgilar, anglanilmagan mayllar, anglanilmagan xohiShlar, tilaklar, maqsadlar, talablar kabi tuShunchalardan foydalaniladi. Ilmiy nuqtai nazardan kelib chiqib tahlil qilinganda, «hissiyot», odatda, tirik mavjudotlar miyasida, ya`ni Shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi obyektlarga nisbatan uning (odamning) munosabatlarini aks ettiriSh ma`nosida qo`Ilaniladi.
Jahon psixologiyasida «hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa, chet mamlakatlarda) bir xil ma`noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tuShuniSh murnkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda ko`p
uchraydi. Odatda taShqi alomatlari yaqqol namoyon bd`ladigan his-tuyg`ularning ichki kechinmalarda ilbdalaniShidan iborat psixik ja-rayon yuzaga keliShining aniq Shaklini emotsiya deb ataSh maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o`zgarishi, yuzlarning tabassumlaniShi, lablarning titraShi, ko`zlarning yarqiraShi, kulgu, yig`i, g`amginlik, ikkilaniSh, sarosima va boShqalar emotsiyaning ifodasidir.
Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas`uliyat, vijdon, mehr-oqi-bat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritiSh g`ayritabiiy hodisa hisoblanadi. UShbu emosional kechinmalar o`zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta`sirchanligi, yo`nal-ganligi bilan bir-biridan keskin farq qiliShlariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qiliSh oddiy safsataga aylanib qolgan bo`lar edi. Shu boisdan ularning o`zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy aha-miyat kasb etadi.
His-tuyg`ularning kechiShi subyekt alohida his etayotgan psixik holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etiSh va tushunish, biron-bir narsa to`g`risida bilib oliSh idrok etilayotgan, tuShunib olinayotgan, ma`lum yoki noma`lum narsalarga nisbatan Shaxsiy munosabat bilan birgalikda ro`y beradi. Ana shu hollarning barchasida his-tuyg`ularning boShdan kechiriliShi xususida, kiShining alohida emotsional holati haqida gapiriladi. Shu bilan birga, his-tuyg`ularning kechiShi o`z rivojlaniShiga ega boigan joriy va o`zgarib turadigan psixik jarayondir.
His-tuyg`uni boshdan kechiriShning turli shakllari emotsiya, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlaniSh (stress holati) ehtiros va nihoyat, tor ma`nodagi his-tuyg`ular kiShi xulq-atvorini tartibga solib turadi. BiliShning jonli manbai bo`lib, odamlar o`rtasidagi murakkab va ko`p qirrali munosabatlarning ifodasi hisoblanadi.
Kishi uchun subyektiv hisoblangan his-tuyg`ular uning ehtiyojlari qondiriliSh jarayoni qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo`ladi.
His-tuyg`ular voqelikni aks ettiriShning o`ziga xos Shakllaridan biridir. Agar biliSh jarayonlarida narsalar va voqelikdagi hodisalar aks etsa, his-tuyg`ularda esa subyektning o`ziga xos ehtiyojlari bilan qo`Shilib, o`zi bilib olayotgan va o`zgartirayotgan narsalarga va voqelikka nisbatan uning munosabati aks etadi.
Emotsiyalar nafaqat insonlarga, balki rivojlangan jonli mavjudot-larga ham taalluqli ruhiy (psixik) holatdir. Hayvonlardagi emotsiyalar o`zgariShi murakkab bo`lgan tabiiylik (irsiy) alomatlarga asoslanuvchi sodda tuziliShga egadir. Odam bilan hayvon emotsiyalari o`zlarintng mohiyati, tuziliShi, ta`sirchanligi, jadalligi, sifati, Shakli bilan keskin tafovutlanadi.
Emotsiyalar taShqi ko`riniShga xosligi va muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. Shuni aytib o`tiSh joizki, hissiyot hayvonot olamiga xos kechinma emas, u aql-zakovat subyekti sanalmiSh hazrati insongagina xos, xolos. Chunki empatik (hamdard-lik) his-tuyg`ular shaxsning mukammallik bosqichiga ko`tariliShiga kafolat negizidir.
Ehtiyojlaming qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xii Shakldagi o`ziga xos kechinmalarni: emotsiyalarni, affektlar (emotsio-nal buhronlar)ni, kayfiyatlarni, kuchli hayajonlaniSh (stress holat-lari)ni va his-tuyg`ularni hosil qiladi.
Emotsiyalar. Emotsional jarayonlar, holatlar Yoki tor ma`noda emotsiyalar emotsional kechinmalarning o`ziga xos jihatga ega Shakl-laridan biridir. Emotsiya u yoki bu hissiyotni insonning bevosita kechiriShidan iborat. Masalan, shaxsning musiqani seviShi emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eShitiSh, ijrochi mahoratiga tasanno aytiSh, undan hayajonlaniSh yoki asar ijrosi yoq-masa, g`azabli emotsional kechinma hosil boiiShi ijobiy yoki salbiy emotsiya deyiladi.
Qo`rqinch, dahShat emotsional kechinma sifatida obyektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha shaklda namoyon boiishi mumkin: odam dahShatdan qochadi, qo`rquvdan serrayib qoladi, o`zini idora qila olmay har tomonga uradi, hatto o`zini xavf-xatarga taShlaShi ham mumkin.
«Hissiyot» (emotsiya) va «his-tuyg`u» degan so`zlar ko`pincha si-nonimlar sifatida qoilaniladi. Torroq ma`noda olganda, hissiyot bu qandaydir biroz doirniyroq his-tuyg`ularning bevosita va vaqtincha boShdan kechiriliShidan iborat. «Emotsiya» so`zi o`zbek tiliga aniq tarjima qilinganda, u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlaniSh degan ma`noni anglatadi.
Ayrim holatlarda emotsiyalar ta`sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr-mulohaza bildiriShga turtki beradigan kuch boiib, g`ayratni oShiradi va bu holat stenik hislar deb ataladi. Boshqa bir hollarda emotsiyalar (astenik deb atalmiSh emotsiyalar) faoliikning sustligi yoki loqaydligi bilan ajralib turadi, his-tuyg`ularning boShdan kechiriliShi kiShini bo`shashtirib yuboradi.
Har qanday vaziyatda ham emotsional xatti-harakat, faoliyat motivlari boiiShidan taShqari, ba`zida faoliyatni taShkil qiluvchi, goho uni izdan chiqaruvchi omilga ham aylaniShi mumkin. Emotsional holatlar yo haddan taShqari kuchaysa yoki susaysa, xullas, me`yori, maromi izdan chiqsa, u holda Shaxs faoliyati` maqsadga yo`naliShini yo`qotadi, buning natijasida obyektlar noto`g`ri aks ettiriladi, ular xolisona talqin qilinmaydi, baholaShda mantiqiy nuqsonlarga yo`l qo`yiladi.
Affektlar (emotsional portlaShlar) deb kiShini tez chulg`ab oladi-gan va Shiddat bilan o`tib ketadigan jarayonlarga aytiladi. Ular ongoing anchagina darajada o`zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qiliShning buzilganligi, odamning o`zini o`zi idrok qila olmasligi, Shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o`zgarib qolganligi bilan ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qiliniShiga sabab boiganligi uchun ham qisqa muddatli boiadi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlaniShni ifoda etsa, u holda affekt buhrondir.
Emotsional portlaSh ro`y bergan taqdirda, uning keyingi bosqich-larida kiShi o`zini tuta olmasdan qoladi, qilayotgan iShining oqibatini o`ylamaydi va aql-huShini yo`qotib qo`yadi. TormozlaniSh miyaning qobig`ini egallab oladi va kiShining tajribasi, uning madaniy va ma`naviy negizlari mustahkamlangan muvaqqat bogianiShlarning tarkib topgan tizimini iShlatmay qo`yadi.

Yüklə 155,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin