ijtimoiy ustanovkalarni shakllanishi va o\'zgarishi
IJTIMOIY USTANOVKALARNI SHAKLLANISHI VA O'ZGARISHI
Reja:
1.Ijtimoiy ustanovka tushunchasi.
2.Ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganishda Uznadze maktabi tadqiqotlarining ahamiyati.
3.Ijtimoiy ustanovka strukturasi.
4.Ijtimoiy ustanovkalarning emotsional kognitiv va hatti-harakat komponentlari.
5.Ijtimoiy ustanovkalar o‘zgarishi muammosi va uning nazariy va amaliy ahamiyati.
Shaxs ijtimoiylashuvi muammosi ko‘tarilganda, ijtimoiy tajribaning u tomonidan qanday yo‘l bilan va qay darajada o‘zlashtirilganligi ijtimoiy ustanovka fenomeni orqali tushuntiriladi.

Ma’lumki, ustanovka muammosi dastlab gruziyalik psixologlar, jumladan, D.N.Uznadze tomonidan fanga kiritilgan edi. Lekin ushbu jarayonning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish oddiy ustanovka bilan ijtimoiy ustanovka o‘rtasida muayyan farqlar borligini isbotladi. Chunki D.Uznadze konsepsiyasiga muvofiq, “ustanovka subyektning yaxlit bir dinamik holatini, uning qandaydir faollik va harakatlarga tayyorligini bildiradi va asosan ikki omilning ta’sirida nmoyon bo‘ladi: subyektning ehtiyojlari va muayyan obyektiv vaziyatning holati”. YA’ni, konkret bir vaziyatlarda u yoki bu ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan va qandaydir ma’noda odatiy shakl olgan holat ustanovka deb ataladi. Uznadze ustanovkani keltirib chiqaruvchi vaziyatni tahlil qilganda, uning ijtimoiy omillarga bog‘liq tomonlariga, shaxs hayoti mobaynida ortttirgan ijtimoiy tajribasi nuqtai nazaridan qaramagan edi.