Shaxsning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash muammolari



Yüklə 7,83 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü7,83 Kb.
#191349
  1   2   3
Iqtisodiy xavfsizlik 5-ma`ruza

SHAXSNING IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MUAMMOLARI

  • 1. Shaxsning erkinliklari va iqtisodiy mustaqilligi.
  • 2. Shaxsning hayotiy muhim manfaatlari va uning xavfsizligiga tahdidlar.
  • 3. Shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo‘llari va vositalari.

Bozor munosabatlari sharoitida insonning imkoniyatlari quyidagilar bilan belgilanadi:

  • shaxsiy mol-mulki, boyligining miqdori. Bu esa shaxsning ko‘chmas va harakatdagi mulki, shaxsiy kapitalining jamisidan iborat bo‘ladi;
  • shaxs boshqaradigan kapital miqdori. Bu kapital kimniki va qanday shaklda bo‘lishi ahamiyatsizdir;
  • shaxsga ma’muriy, ixtiyoriy yoki majburiy ravishda bo‘ysunuvchi yoki unga qaram jismoniy shaxslar soni. Bularga kishilarning ongi va kayfiyatiga ta’sir ko‘rsata oladigan hamda bilim, tarbiya, axborot olish, diniy ishlarda ma’lum ijtimoiy vazifani bajaruvchi shaxslar ham kiradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida oila, avvalambor, inson kapitalini shakllantirish va jamg’arishning asosiy bo‘g’ini hisoblanadi.

  • Birinchi bosqichda oila byudjetini shakllantirish va foydalanish, uy xo‘jaligini yuritish funksiyalari amalga oshiriladi.
  • Ikkinchi bosqichda oila farzandni dunyoga keltirish, tarbiyalash va uni ijtimoiy-iqtisodiy hayot kechirish sharoitlariga moslashtirish vazifasini bajaradi.
  • Uchinchi bosqichda tadbirkorlik faoliyati va mehnat qilish orqali oila bozor xo‘jaligida o‘z a’zolarining yakka tartibda ishtirok etishi, oilaviy biznesni tashkil etish vazifalarini bajaradi.

Shaxs manfaatlari va xavfsizligiga tahdidlar

Iqtisodiy sohadagi inson shaxsiga nisbatan tajovuz reketda o‘z ifodasini topadi. Reket kishining moddiy ahvoliga zarar keltiradigan tovlamachilik hisoblanadi.

  • shantaj, tovlamachilik qilish, ya’ni o‘z qurboni uchun noxush axborotni boshqalarga oshkor qilish bilan qo‘rqitib, uni hech kimga aytmaslik uchun haq talab qilish.
  • inson hayotiga, salomatligiga, mol-mulki va kapitaliga tahdid solish.
  • iqtisodiy terrorizm – shaxsning ishonchiga kirib olib, turli yo‘llar bilan ko‘rsatayotgan xizmatlari uchun to‘lanadigan haq miqdorini oshirib borish. Agar shaxs qarshilik qilsa, kuch bilan yoki psixologik yo‘l bilan tahdid solish.

Yüklə 7,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin