Shaxsning konstitutsiyaviy huquqiy xolati. Fuqarolik reja: Fuqarolik Huquqlari va Vazifalari



Yüklə 69,59 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix24.12.2023
ölçüsü69,59 Kb.
#192213
Shaxsning konstitutsiyaviy huquqiy xolati. Fuqarolik



Shaxsning konstitutsiyaviy huquqiy xolati. Fuqarolik 
REJA: 
1.
 
Fuqarolik Huquqlari va Vazifalari. 
2.
 
Konstitutsiyaviy Huquqlar va Erkinliklar. 
3.
 
Davlatning Huquqiy Mas'uliyatlari va Fuqarolik. 
 
 


Shaxsning huquqiy holati (OʻzRda) — shaxsning jamiyat, davlat va boshqalar 
shaxslar bilan boʻladigan oʻzaro munosabatlardagi real ahvolini koʻrsatuvchi 
holati. U shaxsning yuridik jihatdan mustahkamlab qoʻyilgan va jamiyatda tutgan 
oʻrnini belgilaydigan huquqlari, erkinliklari, majburiyatlari yigʻindisidir. 
Shaxsning huquqiy holatih. Konstitutsiya va unga muvofiq chiqarilgan boshqa 
qonun hujjatlarida mustahkamlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining 2boʻlimi inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va 
burchlariga bagʻishlangan. Oʻzbekistonda Shaxsning huquqiy holatih. Birlashgan 
Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasita toʻla mos keladi. 
Shaxsning huquqiy holatih.ni oʻrnatuvchi huquqiy normalar: huquqiy layoqat, 
asosiy huquq va majburiyatlar; qonuniy manfaatlar; fuqarolik; yuridik javobgarlik; 
huquqiy tamoyillar; umumiy xarakterdagi huquqiy munosabatlarni oʻz ichiga oladi. 
Shaxsning huquqiy holatih. asosini konstitutsiyaviy huquq va majburiyatlar tashkil 
etadi. Shaxsning huquqiy holatih. quyidagi turlarga ajratiladi: fuqaroning umumiy 
yoki konstitutsiyaviy huquqiy holati; shaxsning maxsus huquqiy holati, 
fuqarolarning alohida kategoriyalari huquqiy holati; jismoniy va yuridik shaxslar 
huquqiy holati; chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar yoki ikki 
fuqarolikka ega shaxslar hamda qochqinlarning huquqiy holati; xorijiy 
mamlakatlarda yashayotgan Oʻzbekiston fuqarolari huquqiy holati; tarmoqqa oid, 
yaʼni fuqarolikhuquqiy, maʼmuriyhuquqiy Shaxsning huquqiy holatih.; kasbi va 
mansabiga bogʻliq holda (vazir, deputat va shahrik.larning) shaxslarning huquqiy 
holati; alohida sharoitlarda, alohida hududlarda (Orol boʻyi, baland togʻ sharoitida, 
zararli obʼyektlarda) ishlayotgan shaxslarning huquqiy holati. 
Shaxsning umumiy huquqiy holati — bu insonning muayyan davlat fuqarosi va 
jamiyatning aʼzosi sifatidagi huquqiy holatidir. Umumiy huquqiy holat 
Konstitutsiya bilan belgilanadi va barcha uchun bir xil va yagona hisoblanib, u 
nisbatan barqaror va umumiy shaklda amal qiladi. Shaxsning umumiy huquqiy 
holatining mazmuni asosini Konstitutsiyada hammaga va har bir kishiga berilgan 
va kafolatlangan huquq va majburiyatlar tashkil etadi. Shaxsning umumiy huquqiy 


holati huquqiy holatning boshqa turlari uchun asos va poydevor boʻlib xizmat 
qiladi. 
Shaxsning maxsus huquqiy holati — fuqarolarning alohida kategoriyalari 
(qatlamlari) huquqiy holati xususiyatlarini oʻzida ifodalaydi (talabalar, harbiylar, 
nafaqaxoʻrlar, oʻqituvchilar, nogironlar, urush qatnashchilari va shahrik.). Maxsus 
huquqiy holat egalari umumiy konstitutsiyaviy huquqiy holatga asoslangan holda
qoʻshimcha huquq va majburiyatlarga, imtiyoz va xususiyatlarga ega boʻladi. 
Shaxsning individual huquqiy holati — alohida bir shaxsning mavjud jihatlari 
(yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, xizmat vazifasi va shahrik.)ni belgilaydi va u har bir 
shaxsga tegishli boʻlgan aniq huquq va majburiyatlardan iboratdir. Individual 
huquqiy holat inson hayotida roʻy beradigan oʻzgarishlarga bogʻliq holda oʻzgarib 
turadi. Umumiy, maxsus va individual huquqiy holatlar oʻzaro bogʻliq. Umumiy 
huquqiy holat hammada bir xil; maxsus huquqiy holatlar bir qancha boʻladi, 
shuningdek, fuqaro qancha boʻlsa shuncha individual huquqiy holat mavjuddir. 
Shaxsning huquqiy holatih.ning barcha turlari umumiy huquqiy holatga zid 
kelmasligi kerak. 


Ma’lumki, Konstitutsiyaviy sud insoniyat tarixida insonning konstitutsiyaviy 
huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, davlat hokimiyati tarmoqlari 
o‘rtasida o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini barpo etish, 
Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda uni maxsus muhofaza qilish 
maqsadida tashkil etiladi. 
Milliy va xorijiy ekspertlarning fikricha, konstitutsiyaviy odil sudlov – 
demokratik davlatchilikning muhim sifat belgisidir. Konstitutsiyaviy odil sudlov 
konstitutsiyaviy nazoratning oliy shakli, zamonaviy demokratik davlatning alohida 
talabi, zaruriy instituti bo‘lib, Konstitutsiyaning ustunligini ta’minlash hamda 
mamlakatimizda qonuniylik muhitini, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini 
yaratishning ishonchli garovidir. 
Shundan kelib chiqib, 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida konstitutsiyaviy nazoratni amalga oshiruvchi 
maxsus organ – qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning hujjatlarini 
Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir ishlarni ko‘radigan Konstitutsiyaviy 
sudni tashkil etish va faoliyat yuritishi nazarda tutildi. 
1995 yilda Konstitutsiyaviy sud va sudyalarning huquqiy holati, 
konstitutsiyaviy ishlarni ko‘rib chiqish asoslarini belgilab beruvchi “O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida” alohida qonun qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaviy sudning faoliyati Konstitutsiyani 
himoya qilish, uning normalari va prinsiplarini hamda unda qat’iy 
mustahkamlangan inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan. 
Konstitutsiyaviy sudning mavjudligi Asosiy qonunning maxsus tarzda 
muhofaza qilinishidan dalolatdir. 
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan sud-huquq 
sohasini isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 


kafolatlarini kengaytirishga oid vazifalar, shuningdek davlat hokimiyati tizimini 
izchillik bilan takomillashtirish va mazkur hokimiyatni muntazam o‘zgarayotgan 
ijtimoiy munosabatlar bilan uyg‘unlashib borishi Konstitutsiyaviy sud faoliyatini 
ham takomillashtirishni taqozo qildi. 
Shu ma’noda joriy yilning 1 iyunida matbuotda e’lon qilingan O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartishlar kiritish 
to‘g‘risida (80, 93, 108 va 109-moddalariga)gi va “O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi qonunlar Konstitutsiyaviy sud faoliyatining 
samaradorligini va nufuzini oshirishga, mustaqilligini mustahkamlashga, 
vakolatlarini kengaytirishga, uni shakllantirish tartibini yanada 
demokratlashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 
kafolatlarini kengaytirishga qaratilgandir. 
Mazkur qonunlarning mazmun-mohiyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatmoqdaki, 
ular avvalgi normalardan quyidagi jihatlari bilan farq qiladi: eng avvalo, oldingi 
qonun majoziy qilib aytganda oddiy qonun bo‘lgan bo‘lsa, yangi qonun 
“Konstitutsiyaviy qonun” maqomiga ega bo‘ldi. Albatta, Konstitutsiyani mahsus 
muhofaza qiluvchi organ faoliyatini tartibga soladigan qonun konstitutsiyaviy 
bo‘lishi har tomonlama oqilona qarordir. Bu uning faoliyatini turli ehtimoliy 
ta’sirlardan muhofaza qilishga kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Yuridik adabiyotlarda 
konstitutsiyaviy qonun oddiy qonundan ustun turishi, Asosiy qonunga yaqinligi va 
unda qabul qilinishi alohida belgilanganligi, ba’zi davlatlarda bunday qonun 
konstitutsiyaning tarkibiy qismi maqomiga egaligi, qabul qilinish tartib-taomillari 
konstitutsiyaga tuzatish kiritish tartibi bilan o‘xshashligi, qabul qilinish jarayoni 
murakkabligi, ya’ni oddiy qonunlarga ko‘pchilik ovoz talab qilinsa, 
konstitutsiyaviy qonunga uchdan ikki qism ovoz talab qilinishi bilan farqlanadi. 
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, bu qonun qabul qilingunga qadar davlat 
hokimiyati organlaridan faqatgina Oliy Majlis palatalari to‘g‘risidagi qonunlar 
konstitutsiyaviy maqomga ega edi. 


Bundan tashqari “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi 
to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonun o‘z hajmiga ko‘ra avvalgi qonundan 12 ta 
modda ko‘pdir. 
Ikkinchi muhim jihat, bu Konstitutsiyaviy sud faoliyatining asosiy prinsiplarida 
mujassam bo‘lib, unda Konstitutsiyaning ustunligi, taraflarning tortishuvi va teng 
huquqliligi kabi yangi prinsiplar o‘z ifodasini topdi hamda har bir prinsipning 
mazmun-mohiyati alohida moddalarda ochib berildi. 
Masalan, Konstitutsiyaning ustunligi prinsipi sifatida Konstitutsiyaviy sud o‘z 
faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligini, qonun 
chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson huquqlari va 
erkinliklari ustuvorligiga doir konstitutsiyaviy prinsipning va O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasi boshqa normalarining ro‘yobga chiqarilishini 
ta’minlashga da’vat etilgandir – deb belgilab qo‘yildi. 
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali 
marosimdagi ma’ruzasida “Bugun hayotimizning o‘zi Konstitutsiyamizda ifodasini 
topgan eng asosiy maqsad - inson manfaatlarini har tomonlama ta’minlash 
masalasini dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda”degan edilar. Shu ma’noda qonun 
chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson huquqlari va 
erkinliklari ustuvorligiga doir konstitutsiyaviy prinsipning ro‘yobga chiqarilishini 
ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgani ayniqsa muhim hisoblanadi. 
Uchinchi muhim jihat, bu Konstitutsiyaviy sud sudyalariga nisbatan minimal 
yosh chegarasi oshirilganligi va yuqori yosh chegarasini belgilab qo‘yilganligi, 
sudyalarni saylanishi, qasamyod qilishi kabilarda namoyon bo‘ladi. 
Jahon konstitutsiyaviy sudlari tarixidan ma’lumki, mazkur sudlarning jamiyat 
va davlat hayotidagi o‘rni, davlat hokimiyati tizimida muvozanatni ta’minlashdagi 
roli, amalga oshiradigan vakolatlarining siyosiy-huquqiy ahamiyatidan kelib 


chiqib, uning a’zolariga boshqa sudlar sudyalariga nisbatan yosh va malaka 
talablari yuqori qo‘yiladi. 
Shu ma’noda 30 yoshdan 35 yoshga yosh tsenzini o‘zgartirishning ahamiyati 
shundaki, mutaxassislarning ta’kidlashicha 35 yoshdan boshlab inson organizmi 
shaxsning jismoniy va ma’naviy imkoniyatlari muayayn hajm va sifatdagi ishlarni 
amalga oshirishga imkon beradi. 
Xuddi shu kabi sudyalarga lavozimda bo‘lishning yuqori yoshini belgilashda 
odatda shaxsning jismoniy va ma’naviy imkoniyatlari muayayn darajada 
cheklanishiga sabab bo‘lishi mumkin davr olinib, yosh o‘tishi bilan mehnatga 
qobiliyatlilik darajasi pasayib borishi asos qilib keltiriladi. Albatta, dunyoning turli 
davlatlarida bu turlicha qayd qilingan. Yevropa Kengashining Venetsiya 
komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Armaniston, Avstriya, Belgiya, Bosniya va 
Gersegovina, Daniya, Vengriya, Islandiya, Irlandiya, Latviya, Latviya, Norvegiya, 
Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlarda Konstitutsiyaviy sud sudyalarining (yoki 
konstitutsiyaviy sudlov vazifasini bajaradigan organ a’zosining) lavozimda 
bo‘lishning eng yuqori yoshi 70 etib belgilangan. O‘zbekiston ushbu eng keng 
tarqalgan yosh bo‘yicha tajribani o‘ziga asos qilib oldi.Taqqoslash uchun 
keltiradigan bo‘lsak, Malta, Turkiyada 65, Finlyandiya, Shvetsiyada 67, 
Germaniya, Shveysariyada 68, Argentina va Kanadada 75 yosh etib belgilangan. 
Ayni vaqtda qayd etish joizki, Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi 
ekspertlari aynan 70 yoshni ko‘p davlatlar amaliy tajribasida o‘zini oqlagan, 
konstitutsiyaviy sudlar sudyalarining lavozimda bo‘lishining eng yuqori yoshi 
sifatida baholagan. Mamlakatimizda Oliy sudning sudyalari uchun ham sudyalik 
lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni tashkil etadi. 
Shu bilan birgalikda qonunda ayni bir shaxs ikki martadan ortiq 
Konstitutsiyaviy sudning sudyasi etib saylanishi mumkin emasligi belgilab 
qo‘yildi. Bu xorijiy tajribada ko‘p uchraydigan holat bo‘lib, boshqa sud 
sudyalariga nisbatan konstitutsiyaviy sud sudyalarining qayta saylanmasligi yoki 


bir martadan ortiq qayta saylanmasligi bir qator rivojlangan demokratik davlatlar 
qonunchiligida mustahkamlangan. 
O‘zgarishlardan yana biri bu – Konstitutsiyaviy sud sudyalarining saylanishi 
bilan bog‘liq bo‘lib, agar avval sudyalar Prezidentning taqdimiga binoan Senat 
tomonidan sud raisi, rais o‘rinbosari va Konstitutsiyaviy sudning a’zolaridan iborat 
tarkibda saylangan bo‘lsalar, endilikda Konstitutsiyaviy sud Prezidentning 
taqdimiga binoan Senat tomonidan Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan shaxslar 
orasidan saylanadi. 
Bunda muhim jihatlardan biri bu - Konstitutsiyaviy sud raisi va uning 
o‘rinbosari Konstitutsiyaviy sud majlisida uning sudyalari orasidan saylanishi 
tartibi belgilanganidadir, ya’ni endilikda Konstitutsiyaviy sudning raisi va uning 
o‘rinbosari Senat tomonidan saylanmaydi. Rais va uning o‘rinbosarini sudyalarni 
o‘zi ichlaridan saylashlari yanada demokratik tabiat kasb etadi. Bunday holat 
xalqaro standartlarda yuksak e’tirof etiladi. O‘z tajribasida bunday tartibni joriy 
etgan davlatlar qatoriga Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi 
ma’lumotlariga ko‘ra Albaniya, Argentina, Belgiya, Bolgariya, Xorvatiya, Daniya, 
Gruziya, Vengriya, Islandiya, Italiya, Latviya, Portugaliya, Ruminiya, Rossiya, 
Sloveniya, Makedoniya, Turkiya, Ukrainani misol qilib keltirish mumkin. 
Agar avval Konstitutsiyaviy sudning sudyalarini O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti qasamyod qildiradi – deb belgilangan bo‘lsa, endilikda qasamyod 
Konstitutsiyaviy sudning sudyasi tomonidan Senatning mazkur sudya saylangan 
majlisida qilinadi – deb mustahkamlandi. Bu ham mantiqiy ahamiyatga ega bo‘lib, 
birinchidan, qaysi organ saylasa, shu organda amalga oshiriladi, ikkinchidan, vaqt 
nuqtai nazaridan oqilona yechim bo‘lib, saylangan majlisida qasamyod qilishi 
hisoblanadi. Chunki avvalgi tahrirda davlat boshlig‘i qachon sudyalarni qasamyod 
qildirishi aniq belgilab qo‘yilmagan edi. 


Shuningdek, agar avval Konstitutsiyaviy sud sudyasiga O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti tasdiqlaydigan namunadagi guvohnoma beriladi – degan 
qoidalar belgilangan bo‘lsa, endilikda uni imzolovchi mansabdor shaxs 
aniqlashtirilib, Konstitutsiyaviy sud sudyasiga Senatning Raisi tomonidan 
imzolanadigan guvohnoma beriladi – deb mustahkamlandi. Bunda ham o‘ziga xos 
mantiq bo‘lib, mazkur sudyalar yuqori palatada saylanishlari, qasamyod qilishlari 
bilan uzviy bog‘liq. 
Avvalgi qonunda Konstitutsiyaviy sud raisining vakolatlari mustahkamlab 
qo‘yilmagan edi. Yangi qonunda alohida moddada raisning vakolatlari qayd etildi. 
Bunda alohida ta’kidlash joizki, rais vakolatlari “primus inter pares”, ya’ni tenglar 
ichida birinchi tusida berilgan bo‘lib, boshqa sudyalardan raisning ustunlik tomoni 
mavjud emas. Faqatgina ovozlar teng bo‘linib qolgan taqdirda raislik qiluvchining 
ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 
To‘rtinchi muhim jihat bu vakolatlarda aks etgan bo‘lib, Asosiy qomusimizning 
109-moddasiga Konstitutsiyaviy sudning Prezident qarorlari va farmoyishlarini 
(avval faqat farmon nazarda tutilgan edi) Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash, 
konstitutsiyaviy qonunlarning, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish 
to‘g‘risidagi qonunlarning imzolanguniga qadar Konstitutsiyaga muvofiqligini 
aniqlash, Oliy sudning muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-
huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi 
bilan kiritilgan murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, har yili Oliy Majlis 
palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi 
konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etish kabi yangi 
vakolatlari kiritildi. 
Qaror va farmoyishlarning konstitutsiyaviy nazorat ob’ektiga kirishiga 2012 yil 
yangi tahrirda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunda 
farmonlar qatorida qaror va farmoyishlar ham normativ-huquqiy hujjat 
hisoblanishi belgilanganligi sabab bo‘ldi. 


Jahon konstitutsiyaviy sudlari o‘z amaliyotlarida “ex-ante”, ya’ni hujjat 
imzolanmasidan avvalgi dastlabki va “ex-post”, ya’ni hujjat kuchga kirganidan 
keyingi nazoratni amalga oshiradilar. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sud “ex-
post”, ya’ni hujjat kuchga kirganidan keyingi nazoratni amalga oshirib kelayotgan 
edi. 
Shu ma’noda Qonun bilan kirgan juda katta qo‘shimcha bu – mamlakatimiz 
Konstitutsiyaviy sudi endilikda konstitutsiyaviy qonunlarning, xalqaro 
shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarning imzolanmasidan 
avval dastlabki nazorat o‘rnatish vakolatiga ega bo‘lgani hisoblanadi. Bu jahondagi 
juda ko‘plab konstitutsiyaviy sudlar tajribasida (Fransiya, Polsha, Portugaliya, 
Ruminiya, Xorvatiya, Belarus) hali imzolanmagan, kuchga kirmagan hujjatlar 
ustidan qo‘llaniladigan “ex-ante”, ya’ni dastlabki nazoratni mamlakatimiz 
Konstitutsiyaviy sudi amaliyotiga tatbiq etilganligidan dalolatdir. Yevropa 
Kengashining Venetsiya komissiyasi davlatlarga bunday amaliyotni tavsiya qilib, u 
Konstitutsiyaga nomuvofiqlikni oldini olish imkonini berishini qayd etadi. 
Ma’lumki, umumiy yurisdiksiya sudlari amaliyotida muayyan ishni ko‘rib 
chiqish jarayonida mazkur munosabatga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan 
normativ-huquqiy hujjatning konstitutsiyaviyligiga shubha tug‘ilishi mumkin. 
Shuning uchun ham jahonning bir qator davlatlarida umumiy yurisdiksiya 
sudlarining bunday holatlarda Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish vakolatlari 
mustahkamlangan. Mamlakatimizda Oliy sud fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va 
ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi bo‘lib, 
quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega hamda 
Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan sub’ektlar doirasiga 
kiradi. Shundan kelib chiqib, umumiy yurisdiksiya sudlarida bunday ehtiyoj 
tug‘ilganida Oliy sud orqali Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish imkoniyati 
qonunan mustahkamlandi. 


Ma’lumki, Konstitutsiyamizning 10-moddasiga asosan O‘zbekiston xalqi 
nomidan faqat u saylagan Respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi 
mumkin. Asosiy qonunimizning 76-moddasiga asosan Oliy Majlis oliy davlat 
vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 93-
moddaga asosan esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti fuqarolarning huquqlari 
va erkinliklariga, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga 
rioya etilishining kafilidir. 
Konstitutsiyaviy sud esa 108-moddaga asosan qonun chiqaruvchi va ijro 
etuvchi hokimiyatlarning hujjatlari Konstitutsiyaga qanchalik mosligiga doir 
ishlarni ko‘radi, ya’ni har ikki organ vakolatlari o‘rtasida hamkorlik uchun o‘zaro 
tutash vakolatlar mavjuddir. Shuning uchun ayrim davlatlarda (Rossiya, Belarus) 
Konstitutsiyaviy sud tomonidan har yili “mamlakatdagi konstitutsiyaviy 
qonuniylikning holati to‘g‘risida” axborot tayyorlash va uni parlament va 
Prezidentga taqdim etish qonunan belgilab qo‘yilgan. Bunday axborotlarda 
mamlakatdagi konstitutsiyaviylikni holati, muammolar hamda sud ularni yechimini 
topish uchun taklif qilgan yo‘llar o‘z ifodasini topib, xorijiy mamlakatlarda bunday 
axborot parlament va davlat boshlig‘i tomonidan tegishli qarorlarni qabul qilishda 
hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Shu ma’noda Konstitutsiyaviy sudga har yili Oliy Majlis palatalariga va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy 
qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etish vakolatining kiritilishi har 
tomonlama to‘g‘ri bo‘ldi. 
Mazkur axborot Oliy Majlisga qonunlarni sifatini oshirishda hamda ularning 
bajarilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda, davlat boshlig‘iga esa 
kafillik funksiyasini bajarishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 
Beshinchi muhim jihat bu Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega 
bo‘lgan sub’ektlar doirasiga o‘zgartirish kiritilib, endilikda Vazirlar Mahkamasi, 


Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ham bunday 
huquqqa ega bo‘lganligidadir. 
Oliy Majlis palatalari kollegial organ ekanligi hamda palatalar masala kiritish 
huquqiga ega bo‘lgan sub’ekt sifatida qayd etilganligi, bundan tashqari 
Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a’zolari ham muayyan miqdordagi (kamida 
to‘rtdan bir qismi) deputatlar guruhi, senatorlar guruhi bilan masala kiritish 
huquqiga ega ekanliklarini hisobga olib Qonunchilik palatasining Spikeri, 
Senatning Raisi masala kirituvchi sub’ektlar qatoridan chiqarildi. Agar avval Oliy 
sud raisi masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan bo‘lsa, mazkur organning kollegial 
idora ekanligidan kelib chiqib, endilikda Oliy sud bunday huquqqa ega ekanligi 
belgilab qo‘yildi. 
Hukumat va Ombudsmanning bunday huquqqa ega bo‘lishi ularning faoliyat 
doirasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, dunyoning aksar davlatlarida mazkur organlar 
bunday imkoniyatga ega. Ayniqsa, Ombudsman har yili fuqarolarning minglab 
shikoyatlarini ko‘rib chiqishi jarayonida davlat organlari tomonidan qabul qilingan 
normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash, 
Konstitutsiya va qonunlar normalariga sharh berilishiga ehtiyoj tug‘iladi. Agar 
Konstitutsiyaviy sudning inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga doir 
konstitutsiyaviy prinsipning ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashga da’vat etilganligi 
bilan Ombudsmanning inson huquqlari hamda erkinliklari to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlariga rioya etilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash vakolatini o‘zaro 
uyg‘unlikda ko‘radigan bo‘lsak, mazkur kiritilgan vakolatni majoziy qilib “uzukka 
ko‘z qo‘ygandek” deb baholashimiz mumkin. 
Oltinchi muhim jihat, bu Konstitutsiyaviy sudning faoliyatini moliyalashtirish 
Davlat budjetida alohida satrda nazarda tutilishi belgilanganligidadir. Bu ham 
Konstitutsiyaviy sudning davlat hokimiyati tizimida tutgan o‘rnidan dalolat qilib, 
sudning moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi. 


Qonunda yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyaviy sud sudyasining 
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish asoslari “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonundagi 
umumiy yurisdiksiya sudlari sudyalarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish 
asoslari bilan birxillashtirildi, Konstitutsiyaviy sud devoni, Konstitutsiyaviy sud 
huzurida tuziladigan ilmiy-maslahat kengashi huquqiy maqomi, Konstitutsiyaviy 
sudning qarorlari, xulosalari va boshqa hujjatlari mazkur sudning rasmiy veb-
saytida e’lon qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi Konstitutsiyaviy sudning hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbaga 
kirishi, Konstitutsiyaviy sud sudyalari kiyim-boshining tavsifi va namunasi Senat 
tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi. 
Xulosa qilib aytganda qabul qilingan qonunlar Konstitutsiyaviy sud 
faoliyatining samaradorligini va nufuzini oshirishga, mustaqilligini 
mustahkamlashga, vakolatlarini kengaytirishga, uni shakllantirish tartibini yanada 
demokratlashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 
kafolatlarini kengaytirishga qaratilgan bo‘lib, mazkur sudning konstitutsiyaviy 
tuzum asoslarini, inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya 
qilish, konstitutsiyaning ustunligini ta’minlashga oid faoliyatini sifat jihatdan yangi 
bosqichga olib chiqishiga imkon yaratadi. 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi //O’n ikkinchi chaqiriq 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o’n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 
dekabrda qabul qilingan. – T.: O’zbekiston, 1992. – 48 b. 
2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy 
Majlisga Murojaatnomasi. // “Halq so‘zi” gazetasi, 22 dekabr 2017 yil. 
3.Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: 
“O‘zbekiston”. – 2017.– 102b. 
4. Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi // Tuzuvchilar: Sh. Qurbonov, H. 
Saidov, R.Ahliddinov. – T.: Sharq NMAK. 1999. – 148 b. 
5. Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch. –T.: Ma‘naviyat, 2008, 
171 b 
6. O’zbekiston Respublikasining “Ta‘lim to’g’risida”gi Qonuni // Bola 
ma‘naviyatini tarbiyalash /Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov. – T.: 
“Ma’rifat-Madadkor”, 2000. – 7-19-b. 
7. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi //Bola ma‘naviyatini tarbiyalash 
/Tuzuvchilar: J.Fozilov, R.Sultonov, H.Saidov. – T.: “Ma’rifat-Madadkor”, 2000. – 
20-55-b. 

Yüklə 69,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin