SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI,ILMIY TADQIQOT METODLARI
IKRAMOV R. musiqa 201
REJA
1.Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi.
2.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar:
a) irsiyat (biologik omil);
b) muhit (ijtimoiy omil);
v)ta’lim va tarbiya;
g) faoliyat va faollik.
3.Bolalarning o`sish davrlari xususiyatlari.
SHaxs rivojlanishi haqida tushuncha. SHaxstushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi.
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat.
SHaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiymavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
SHaxs tarbiyasiga ta’sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta’siri o’rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko’pdan buyon davom etmoqda. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyaning rolini inkor etadi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
SHaxsga ijtimoiy muhitning ta’siri ham muhim. Bu tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.
.
Birinchidan, tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog’liq ko’nikma va malakalar hosil bo’ladi.
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxs kamolga yetadi.
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yo’qotish mumkin.
To’rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
SHaxs rivojlanishida faoliyatnig o’rni. SHaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiya bilan bir qatorda inson faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu degani inson qanchalik mehnat qilsa, uning rivojlanishi shunchalik yuqori bo’ladi.
Faoliyat o’zi nima?Faoliyat inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq o’zgartirishga yo’naltirilgan ijtimoiy-tarixiy turmushning o’ziga xos shaklidir. Insonning qobiliyati va yoshi u tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat mohiyatiga ko’ra belgilanadi.
Faoliyat jarayonida inson shaxsi, har tomonlama va bir butun, yaxlit holda rivojlanadi. Lekin faoliyatni maqsadga muvofiq amalga oshirishi uchun uni to’g’ri tashkil etish lozim. Lekin ko’p holatlarda shaxsning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratilmaydi, tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy mehnat, bilish faoliyatlari cheklangan bo’ladi.
Rivojlanishning yosh va o’ziga xos xususiyatlari. Ma’lum bir yosh davriga xos bo’lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlari yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. SHunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo’ladi.
Bolalarning tarbiyasiga to’g’ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. CHunki bola orginizmining o’sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo’ladi. Abu Ali Ibn Sino, YAn Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o’tganlar.
Bolaning o’ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. CHunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo’lishi mumkin.
Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo’linadi:
1. Go’daklik davri – chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo’lgan davr.
2. Bog’chagacha bo’lgan yosh davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3. Maktabgacha ta’lim yoshi – 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar –7-11-12 yoshgacha.
5. O’rta maktab yoshidagi o’quvchilar (o’smirlar) 14-15 yosh.
6. Katta yoshdagi maktab o’quvchilari (o’spirinlar) – 16-18 yosh.
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ham ta’kidlab o’tilganidek, uzluksiz ta’limni tashkil etish, rivojlantirish hamda ta’limning ijtimoiylashuviga erishish dolzarb masaladir. Ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni shakllantirish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish kabilar muhim ijtimoiy talablar hisoblanadi.