Shaxs manfaatlari va xavfsizligiga bo‘lgan tahdidlarga munosabatda insonning ruhiy holatini faollik, bag’rikenglik (tolerantlik), chidamlilik sifatida tavsiflash mumkin.
Faollik insonning o‘z maqsadini tanlashi hamda unga erishishi yo‘lida kuch-qudrat, shijoat, jo‘shqinlik bilan faoliyat ko‘rsatish va mehnat qilishga shayligi hisoblanadi. Bu hol shaxsning ma’lum bilim, kasbmalaka, mahoratga ega bo‘lib, o‘zgaruvchan vaziyatlar va holatlarda ham o‘ziga munosib joyni erkin egallashga, yuqori natija va samara bilan ishlashga imkon beradi. Bunday holatdagi kishi raqobatbardosh, iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lib, o‘zining mehnati, mahorati, ishbilarmonligi tufayli o‘z ehtiyojlarini qondira oladi.
Shaxsning xavfsizligi hozirgi davrda quyidagilar bilan tavsiflanadi:
aholining mehnat va tadbirkorlik faolligi;
mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi,
Iqtisodiy o‘sishga erishish;
tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatining yaxshilanishi;
mehnatga layoqatli aholining ish bilan bandligining oshishi va
Ishsizlikning kamayishi;
aholi daromadlari va iste’molining, o‘rtacha daromad darajasining
O‘sishi;
kishilarning bilim, kasb-malaka va madaniyat darajasining o‘sishi;
ma’naviyatning rivojlanishi;
fanning rivojlanish darajasi;
kambag’allik va qashshoqlikning kamayishi;
aholi o‘lim darajasining kamayishi;
Aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasining o‘sishi.
Shaxsning xavfsizligin ta’minlashda davlatning ijtimoiy siyosati
Muhim rol o‘ynaydi. Davlatning ijtimoiy siyosati, uni amalga oshirish
Mexanizmlari odamlarning mehnatdagi faolligi va tadbirkorligini o‘stirish
Uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilishi lozim.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekistonda
Davlatning ijtimoiy siyosati quyidagilarga qaratilgan:
fuqarolarning erkin iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat, kasb
Turlari hamda sohalarini erkin tanlash kabi konstitutsiyaviy huquqlarini
Ta’minlash;
mehnat motivatsiyasining kuchli mexanizmini kiritish, aholining
Iqtisodiy faolligini oshirish uchun sharoitlar yaratish;
aholini maqsadli va manzilli ijtimoiy himoya qilish hamda kam
Ta’minlangan guruhlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
ta’lim, ijtimoiy sug’urta, sog’liqni saqlash tizimlarini isloh qilish
Yo‘li bilan aholining intimoiy xizmatlarga bo‘lgan zarur kafolatini
Ta’minlash. Shuningdek, davlat ijtimoiy siyosati aholining daromad va
Mulkka egalik darajasi bo‘yicha keskin tabaqalashuvining oldini olish
Hamda aholining to‘lov talablarini keng miqdorda qondirish va uning
O‘sishini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi
Dostları ilə paylaş: |