O`z-o`ziga baho berish – psixologiyada o`z shaxsiy psixologik xususiyatlari va fazilatlar, yutuq va kamchiliklari, shuningdek muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini baholash tushuniladi. O`z-o`ziga baho berish adekvat, yuqori va past bo`lishi mumkin. Buni shartli ravishda: S q n (adekvat) S > n (yuqori) S < n (past). Bunda – S - o`z-o`ziga baho berish, n – imkoniyat. Shaxsda alohida e’tiborga frustratsiya xususiyati ham loyiq.
Frustratsiya – shaxsni o`z muvaffaqiyatligini chuqur emotsional his qilishi bo`lib, u ilojsizlik, umidsizlik bilan namoyon bo`ladi.
Frustratsiya – shaxsni agressiv yoki anatik xulq - atvori sifatida kechadi. Shu bilan birga shaxsda tolerantlik kabi xususiyat ham uchraydi. Bu shaxsni u yoki bu faktorga befarqligi yoki munosabatning mavjud emasligidir. U uch turdi namoyon bo`ladi – muvaffaqiyatsizlik, fikrlovchi munosabat, ichki bexalovatlilik va osoyishtalik.
Shaxs odamning atrofiga bo`lgan munosobatlarini va o`z-o`ziga bo`lgan munosobatni belgilaydi. Shaxsning shakllanishida o`z-o`ziga baho berish muhim ahamiyat kasb etadi. O`z-o`ziga baho berish - uch xil ko`rinishga ega bo`lishi mumkin: a) shaxs o`ziga imkoniyatlari qobiliyat, layoqatlarini past baho berishi, o`z-o`ziga ishonchsizligi tufayli kechirilishi mumkin; b) o`z-o`zini imkoniyat, qobiliyatlarini tug`ri, me’yorda baholash, o`rtacha daromadi baholashi: v) o`zini imkoniyat qobiliyatlari me’yoridan yuqori baholashi, bu odamda o`ziga bino qo`yish atrofidagilarini nazar-pisand qilmaslik kabi xarakterlarini namoyon etishga olib kelishi mumkin. Shaxsni o`z-o`ziga to`g`ri baho berishida o`z-o`zini anglash muhim hisoblanib, shaxsni tug`ri shakllanishi, individning o`zi haqida nisbatan barqaror anglangan tasavvurlar tizimini hosil qilinishiga olib keladi. Uning asosida individ odamlar bilan o`z munosabatini o`rganadi. O`z-o`zini anglashning shakllanishi jamiyatning ongli a’zosini tarbiyalashning zarur shartlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |