JAVOB VARAQASI VA JADVAL NOMERLANGAN ISH KATAKCHALAR BILAN, QIZIQISHLAR XARITASI JAVOB VARAQASI TO'LDIRISH VAZIFASINI TO'G'RI TUSHUNTIRING.
Ushbu so’rovnoma sinaluvchilarning u yoki bu faoliyat turiga qiziqish darajasini aniqlashga mo’ljallangan. Uning yordamida olingan ma’lumotlarga asoslangan holda yuqori sinf o’quvchilariga (8-9 sinflar) kasb tanlash, kasbga yo’llash masalalariga oid maslahatlar berish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu so’rovnoma bilan ishlashda psixolog oldindan barcha sinaluvchilarga yetadigan miqdorda javob varaqasi tayyorlab olishi kerak bo’ladi. So’ng tadqiqotni sinaluvchilarga beriladigan quyidagi ko’rsatma bo’yicha amalga oshiradi. So’rovnoma matnini har bir sinaluvchiga alohida qilib berish ham mumkin, lekin ularning javob berish vaqti chegaralanganligi haqida ogohlantirib qo’yish kerak (15-20 daqiqagacha). Tadqiqot davomida sinaluvchiga qulay sharoitni yaratish, unga halaqit beruvchi omillarni bartaraf etish, psixodiagnostik tadqiqotlar olib borish talablariga qat’iy amal qilish lozim.
Ko’rsatma: «Sizning etiboringizga havola etilayotgan ushbu savollarning birontasini ham qoldirmay barchasiga quyidagi tartibda javob bering:
- agar sizga savolda berilgan mashg’ulot bilan shug’ullanish juda yoqsa, , unda javoblar uchun berilgan varaqadagi anketani shu savolning tartib raqami keltirilgan joy ostiga ikkita plyus "+ +" belgisini qo’ying;
-agar shunchaki yoqsa bitta plyus" +";
-savolda aytilgan mashg’ulotga befarq bo’lsangiz yoki biron nima deyishga qiynalsangiz —"O" ni;
-agar u mashg’ulot sizga yoqmasa bitta minus " - " belgisi quying.;
-agar juda yoqmasa, ya’ni bu faoliyatni yomon ko’rsangiz, unda ikkita minus" - -" belgisini qo’yasiz.
Dostları ilə paylaş: |