Shundan so’ng Hirot o’zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo’qotdi. Xurosonning ham bo’ysundirilishi bilan amalda Muhammad Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz-Samarqand qo’l ostida birlashtira oldi. Shu tariqa u XV asrning ikkinchi yarmidan boshlab temuriyzodalar amalga oshira olmagan vazifani bajardi. Shunday qilib, Shayboniyxonning temuriylarga qarshi olib borgan shiddatli va beayov urushlari oqibatida Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni o’z ichiga olgan hududda Muhammad Shayboniyxon hukmronligi o’rnatildi va davlatchiligimiz tarixida shayboniylar sulolasi hukmronligi davri boshlandi.