2.2. Abdullaxon II davrida ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayot
Shayboniyxon vafotidan so'ng uning avlod-ajdodlari o'rtasida toj-u taxt, hokimiyat, mol-dunyo va davlat talashib o'zaro qonli urushlar ayj oldi. 1510-1530- yillarda Shayboniyxonning amakisi Ko'chkinchixon hokimlik qiladi. Unga o'g'li Abdusaid (1529-1533) va jiyani Ubaydullaxon (1533-1539) merosxo'r bo'ldi. Abdullaxon I ning qisqa hukmronligidan (1539-1540) so'ng Movarounnahrda qo'shhokimiyatchilik vujudga keldi. Bunga sabab, Buxoroda Ubaydullaxon o'g'li Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda esa Ko'chkinchixon o'g'li Abdullatifxon (1540-1551) taxt boshqarganlar. Hokimiyat talashib kurash mis-li ko'rilmagan cho'qqiga ko'tarildi. Shayboniyxon avlodlarining har birida 10-12 tadan o'g'il farzand bo'lib, ularning har biri taxt uchun vorislik qilishga da'vogar edi. Shu bois Movaroun-nahr hududi bir necha bo'laklarga bo'linib ketdi. Karmana va Miyonqal'ada Iskandar Bahodir, Balxda Pirmuhammad, Qarshida Sulton Qilich Qora, Hisorda Shayboniyxonning nabirasi sulton Burhon hokimlik qiladi. 1556- yilda Abdullatifxon vafot etgach Samarqand taxtini Baroqxon3 qo'lga kiritib, Navro'z Ahmadxon nomi bilan besh yil hukmronlik qiladi.
1550-yiIda Sulton Abdulazizxon vafot etgach, o'nlab sultonlar, beklar va amirlar Buxoro taxti uchun kurashni avjiga mindirdilar. Dastlab Buxoro Shayboniyxonning nabirasi Sulton Muhammadyorga tegdi, lekin u bir yil o'tmasdan Pirmuhammad tomonidan quvildi. Pirmuhammadga qarshi Baroqxon va Abdullatifxonga sulton Said, sulton Muhammadyor va Burhon sulton qo'shiladi. Ular birgalikda Miyonqal'a, Karmana va Qarshiga yurish boshlaydilar.1
Vahimaga tushgan bu shaharlaraing hokimlari qochib ketadilar. Faqat Miyonqal'a hokimi Iskandarning 18 yoshli o'g'li Abdullagina qal'ada mustahkamlanib sultonlaraing bir-lashgan kuchlariga qarshi yolg'iz o'zi kurashga otlanadi. 12 kun davom etgan jangdan so'ng sulh bitimi imzolanadi. Bitimga ko'ra Abdulla Balxga jo'nab ketishga majbur bo'ladi. 1556-yilda Baroq-xon vafot etgach uning farzandlari o'rtasida boshlangan taxt vo-risligi uchun kurashga aralashib undan ustalik bilan foydalangan Abdulla navbatdagi g'alabaga erishadi. U quvg'inlik yillarini bekorga o'tkazmadi. Eng obro'-e'tiborli o'nta o'zbek qabilasi -qushchi, o'tarchi, kenagas, yuz, jaloyir, major, qipchoq, ming', bahrin qabilalari, shuningdek jo'ybor shayxlari hamda musul-mon ruhoniylarining boshqa e'tiborli va qudratH vakillarining himoyasi va qo'llab-quvvatlashiga sazovor boladi. Abdulla Ilono'tdi yaqinidagi jangda Baroqxonning o'g'il Bobosulton va uning ittifoqchisi Toshkent hokimi Darveshxonning birlashgan kuchlarini tor-mor keltiradi. Abdulla uchun Buxoroga yo'l ochiq edi. U Qarshi, Chorjo'yni egallab, sulton Burhonni mag'lubiyatga uchratib Buxoroga tantanavor kirib boradi. Buxoroni zabt etadi. Buxoro Abdullaxon zamonida siyosiy hokimiyat markaziga ayla-nadi. Markazi Buxoro bo'lgan davlat Buxoro xonligi deb atala boshlanadi.
Abdullaxon Shayboniylar urf-odatlariga katta hurmat bilan qaraydi va yoshi ulug' bo'lgan o'z amakisini, so'ng otasini xon deb e'lon qiladi. Amalda Abdullaning o'zi ularning nomidan hokimiyatni idora etardi. Otasi Iskandarxon 1561-yili xon deb e'lon qilinadi. U 1582-yiI vafotiga qadar xonlik taxtida o'tiradi. Otasi vafotidan so'ng 1583-yil Abdullaxon II o'zini rasman xon deb e'lon qiladi. Abdullaxon (1557- 1598) hukmron bo'lgan davrda Movarounnahrda kuchli markazlashgan davlatga asos soldi. Uning butun hukmronlik yillari urush va jang-u jadallar bilan o'tdi. 1557- yildaShahrisabzni, 1569-yilda Samarqandni egalladi. 1558-1572-yillarda o'rtada tanaffuslar bilan Badaxshon uchun jang qiladi, Balx va Hisorni qo'lga kiritdi. 1582- yilda Toshkent, Sayram, Turkiston, Farg'ona, 1583-yilda Xuroson, 1595-yilda esa Xorazm taslim etiladi.
Abdullaxon II Amir Temurdan so'ng Movarounnahrda nisbatan qat'iy siyosat yurgiza olgan yagona va so'nggi davlat arbobi edi. U Buxoro hokimiyatini tiklash maqsadida Qozog'istonning hozirgi Qarag'anda viloyati g'arbidagi, Sariqsuv daryosining Shimolida joylashgan Ulug'toqqa yetibborgach, tog' tepasidagi bir minorada bitilgan quyidagi so'zlarga ko'zi tushadi: «Tarix yetti yuz to'qson uchinda qo'y yili, yozning ora oyi, Turon-ning sultoni Temurbek ikki yuz ming cherik bila To'xtamishxon yurtiga intiqom uchun yurdi. Bu yerga yetib, belgi bo'lsun deb bu minorani qurdirdi. Tangri nusrat bergay inshoolloh. Tangri el kishiga rahmat qilg'ay. Bizni duo bilan yod qilg'ay».
Mazkur bitiklar 1391-yili Amir Temur To'xtamishxonga qar-shi lashkar tortgan kezi shu tog' ustiga chiqib, so'ng bu yerda bir minora qurdirib xarsang toshga o'ydirib yozdirgan xotira so'zlari edi. Abdullaxon II buyuk sohibqiron haqiga duolar o'qittirib, o'zi ham qarshi tomonda bir minora qurishga buyruq berdi va unga
«Kimki bu manzilga qadam qo'ysa, xayrli duo ila bizni yod aylasin» so'zlarini o'ydirtiradi.' Amir Temur Turkiston shahrida Xo'ja Ahmad Yassaviy maqbarasi va masjidini qurdirgani ma'lum. Tugallanmay qolgan bu ishni oxiriga yetkazish Abdul- laxon II ga nasib etadi.
Abdullaxon II XVI asrning 80-yillarida Xurosonda, uning markazlari Hirot, Mashhadda, 90-yillarda Seyiston, Garmsir va to Xilmand daryosigacha bo'lgan hududlarda o'z saltanatini o'rnatdi, Qandahorni ham egallaydi. Uning davrida hozirgi Qarag'andadan (Ulug'tog'dan) Xilmand daryosigacha, Sibir xonligidan Mashhadgacha bo'lgan hududlar yana bir bor Oliy hokimiyati Buxoro qo'l ostida birlashdi. Bunday katta saltanatga Amir Temurdan so'ng Abdullaxon II asos soladi. Rossiyaliklar uning davlatiga nisbatan «Buyuk Buxoriya» degan iborani qo'llashgan edilar.
Ana shu davrdagi Abdullaxon II ning markazlashgan davlat tuzish borasidagi faoliyati Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asarida o'zining mukammal ifodasini topgan.
Abdullaxon zamonida Buxoro xonligida dehqonchilik, hu-narmandchilik, savdo-sotiq rivojlanadi, madaniy hayot ancha yuksaladi. Juda ko'p sug'orish inshootlari: Abdullaxon bandi, Tuyatortar kanali, Okchopsoy to'g'oni va suv ombori, Vahshdan chiqarilgan ko'plab ariqlarning qurilishi dehqonchilikni rivoj- lantiradi. Bu vaqtlarda Buxoro xonligida bug'doyning 10 xil turi, suli, qo'noq, jo'xori, mosh, no'hat, makkajo'xori, loviya, sho-li paxta, kunjut, beda, arpa, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, bog'dorchilik, chorvachilik va ipakchilik rivojlangan. Samar-qand, Buxoro, Marg'ilon, Xo'jand, Andijon, Toshkent, Jizzax, O'ratepa, Shahrisabz va boshqa yirik shaharlarda hunarmand-chilik taraqqiy qilgan. Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan ma'lum bo'lishicha, XVI asrda Samarqandda hunarning 61 turi mavjud bo'lgan. Movarounnahrlik hunarmandlar zo'r san'at bilan turli-tuman metall buyumlar, ip va ipak matolar, a'lo navli qog'ozlar ishlab chiqarganlar. Buxoro shahri bu vaqtda ancha kengaytirilgan, devor va harbiy istehkomlar qaytadan qurilgan. Shaharda madrasalar, xonaqoh va karvonsaroylar, yangi rastalar barpo qilingan. Shahar o'rtasidagi tim, ko'chalar chorrahasi ustiga gumbaz-toqlar, hammomlar, karvon yo'llarida sardobalar, karvonsaroylar, ko'priklar qurilgan.
Abdullaxon davrida Buxoro xonligining Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan. 1572-1578-yillari Hindistonda Buxoro xonining elchilari, Buxoroda esa Hindiston podshohi Akbarning elchilari bo'lgan.
Abdullaxon II elchilari 1583-yili Moskvadan o'q-dori, ov qushlari, mato olib kelganlar. Bunday elchilik 1589, 1595-yillarda ham takrorlangan.
Abdullaxon II ning mamlakat ichki siyosatidagi, davlat boshqaruv tizimini mustahkamlash, ayniqsa, pul islohoti o'tkazish yo'lidagi faoliyati natijalari keyingi davrlarda ham saqlanib qolgan. Uning davrida Buxoro yaqinida Sumitan (Jo'ybor) mavzesida Jo'ybor xojalaridan Abu Bakr Sa'd mozori atrofiga madrasa, masjid, xonaqoh va chorbog', Buxoroda madrasa, hammom, Govkashon, Fathulla qushbegi, Mirakan, Xoja Muhammad Porso, Yangi Chorsu (1569-1570), tim (Abdullaxon timi), Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga ko'prik (1582) qurilgan. Bu kabi inshootlar Toshkent, Samarqand, Balh va boshqa shaharlarda ham qurilgan. Turkiston shahridagi Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi, masjidi ta'mirlangan.1
Abdullaxon II ning nufuzli amiri Qulbobo Ko'kaldosh sharafiga Toshkentda Ko'kaldosh madrasasi qurilgan. Uning davrida shaharsozlik, ilm-fan taraqqiy etadi. Buxoro madaniyat, ilm-fan markaziga aylanadi. Buxoroda mashhur Abdullaxon kutubxonasi tashkil bo'ladi. Unda mashhur hattotlar Mir AH Hiraviy, Ahmad Husayniylar va boshqalar kitob ko'chirish bilan mashg'ul bo'Iishgan. Sayid Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asari Abdullaxon II ga bag'ishlangan.
Bu davrda shoir, adib va ilohiyotchi olimlardan Mushfiqiy, Nizom Muammoiy, Muhammad Darvish oxund, Qozi Poyonda Zominiy, Mulla Amir, Muhammad Alti Zohid, tabiblardan mavlono Abdulhakim va boshqalar yashab ijod etgan. Abdullaxon II ning o'zi ham iste'dodli shoir bo'lib «Xon» taxallusi bilan o'zbek va fors tillarida she'r yozgan.
Harbiy san'at taraqqiy etgan. Qo'shin tarkibini nayza, qi-lich, manjaniq, shotular bilan qurollangan otliq va piyoda qismlar tashkil qilganlar. XVI asr ikkinchi yarmidan qo'shin Turkiyadan keltirilgan pitta miltiq va zambaraklar bilan qurollana boshlagan.
Abdullaxon II markazlashgan davlatni tuzishda isyon-kor zodagonlarni qattiqqo'llik va shafqatsizlik bilan jazoladi, sultonlar, beklar, amirlar va o'zining bir qator qarindosh-urug'larining boshlarini tanlaridan judo qildirdi. Ammo u har qancha qattiqqo'l bo'lmasin siyosiy tarqoqlik tartibotlariga qarshi kurashda ojizlik qiladi va bu tartibotlarning navbatdagi qurboni bo'ladi. Rivoyatlarga qaraganda Abdullaxon II o'g'li Abdulmo'min tomonidan 1598-yili zaharlab o'ldirilgan. Bu ishda harbiy zodagonlar boshliqlaridan bin Muhammad Boqibiy tash-kilotchilik qilgan. Hokimiyatni zo'rlik yo'li bilan otasi qo'lidan olgan oqpadar Abdulmo'min yarim yil o'tmasdanoq o'zi ham boshqa bir dushman zodagonlar guruhi qolida (1599) halok bo'ldi. Taxtni so'nggi Shayboniy hukmdor Pirmuhammadxon egallaydi. Ammo 1601-yili Samarqand hokimi Boqi Muhammad bilan kurashda u yengiladi va taxtdan ag'dariladi. Shu bilan Shayboniylar hukmronligi tugaydi. Ana shu Boqi Muhammad boshqa bir sulola - Ashtarxoniylarga mansub edi. 1601-yildan vatanimiz siyosiy hayotida yangi sulola -Ashtarxoniylar hukmronlik qila boshlaydi. Shu tariqa qariyb yuz yil davom etgan Shayboniylar sulolasi o'zaro qirg'inbarot urushlar va o'zaro nizolar oqibatida qirilib tamom bo'ladi va taxt vorisligiga da'vogar qohnaydi.
XULOSA
XV-asr oxiri XVI-asr boshida Temuriy mirzolarning o‟rtasida boshlanib ketgan o‟zaro janjallar taxt uchun kurashlar oqibatida Temuriylar davlati parchalanib ketdi. Natijada shayboniyxon Movoraunnahr xalqlari hayotida muhm o‟zgarishlar yasagan Shayboniylar davlarini tashkil qildi. O‟zbekiston tarixi darslarida bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvolni o‟rganish va uni o‟quvchilar ongiga singdirish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar ishida quyidagi xulosalarga kelindi.
Birinchidan, Shayboniyxon 1499-1509-yillarda olib borgan yurishlaridan keyin butun Movoraunnahr va Xurosonni qo‟lga kiritdi. Shu tariqa katta hududni egallagan Shayboniyxon davlati tashkil topganligi yoritib berildi.
Ikkinchidan, Shayboniylar davrida etnik o‟zgarishlar ro‟y berib dashti qipchoqdan ko‟chib kelgan qabilalar o‟zlari bilan “o‟zbek” degan etnik nomlarni olib keldilar va butun Movoraunnahr shu nom bilan yuritila boshlanganligi aniqlandi.
Uchinchidan, Shayboniylar davlatida katta qurilish ishlari olib borildi. Shayboniyxon madrasasi, Abdurahm Sadr madrasasi, Baroqxon madrasasi, Masjidi kalon, Mir arab madrasasi, Abdullaxon, Ko‟kaldosh kabi madrasalar buni yaqqol misoli sifatida ko‟rsatib berildi.
To`rtinchidan, Shaybiniylar davrida ilm - fan madaniyat rivojlanib temuriylar qodirgan meros davom ettirildi. Hukmdorlardan Shayboniyxon, Ubaydullaxon kabi shoirlarni xalqimizning ma‟naviy merosiga qo‟shgan hissasi nihoyatda katta ekanligi dalillar asosida asoslandi.
Dostları ilə paylaş: |