She'riy janrlar(lirika) She'riy janrlar Badiiy adabiyotning Lirik



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə5/8
tarix23.09.2022
ölçüsü57,5 Kb.
#63996
1   2   3   4   5   6   7   8
Sheriy-janrlarlirika

1.Muxammasi tabi xud. Bunda shoir muxammasni to'lig'icha o'zi ijod qilib yozadi.
2.Maxammasi taxmis (tazmin). Bunda ijodkor o'zga shoirning g'azalidan ta'sirlanib, o'sha g'azalning vaznini qofiyalanishini, g'oyasini saqlagan holda, g'azalning har bir baytidan oldin 3mirsa o'zi ijod qilib qo'shadi. Bunday muxammaslarining oxirgi bandida har ikki ijodorning taxallusi bo'ladi.
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=31.150



Sarlavha: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Jo'natildi: Robiya dan 04 Noyabr 2007, 13:48:03

Tuyuq – bevosita turkiy adabiyotda shakllangan bo’lib, qat’iy ramali musaddasi maqsur vaznida yoziladigan, to’rt misradan iborat bo’lgan, misra oxirida radiflar omonim so’zlardan iborat bo’lgan she’r.Tuyuq sof turkcha so’z bo’lib yechilmaydigan qilib tuymoq degan ma’noni bildiradi.A.Navoiy tuyuqni “turk shuarosining xossasi” deb ta’kidlagan.Turkiy yozma adabiyotida dastlabki tuyuqni Yusuf Xos Hojib yaratgan.Qofiyalanishi: a-a-a-a, a-a-b-a

Ruboiy – o’zbek mumtoz adabiyotida keng qo’llanib kelingan, hazaj bahrining axram va axrab shajaralarida yoziladigan, to’rt misradan iborat ishqiy, axloqiy,siyosiy-falsafiy mavzulardagi she’r.Forsiylarda dubaytiy deb ham atalgan.
Ruboiylar ikki xil bo’ladi:
1.Oddiy ruboiylar (ruboiyi xossa yoki xosiy ruboiy): qofiyalanishi: a-a-b-a-
2.Tarona ruboiylar(taronai ruboiy) : qofiyalanishi: a-a-a-a

Musammat – bandli she’rlar bo’lib, musammat deganda, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’, musamman, muashshar shakllari anglashiladi.Bu atama arabcha bo’lib, ipga terilgan marvarid degan ma’noni anglatadi.


Sarlavha: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Jo'natildi: Robiya dan 04 Noyabr 2007, 13:50:58

Musallas – uch misrali band usulida yozilgan she’r.G’arbda tersina deb atashadi.Qofiyalanishi : a-b-b,v-g-g


Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin