She’riyatda lingvopoetik vositalarning qo‘llanishi eshmirzayeva Guljamol Elxomjonovna


TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix25.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#80775
1   2   3   4   5   6
she-riyatda-lingvopoetik-vositalarning-qo-llanishi

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Yuqorida qayd etilgan ichki va tashqi omillar ta‘sirida har bir millatning boshqa 
millatlardan ajratib, farqlab turadigan o‗ziga xos milliy xususiyatlari bo‗ladi. Mazkur 
xususiyatlarni ko‗rsatib berish shoir va yozuvchilarning tildagi mavjud leksik va frazeologik 
birliklardan foydalanish mahoratiga bog‗liq bo‗lib, bu ularning individual uslubini belgilab 
beradi. 
O‗zbek tilshunosligida badiiy asar tilini o‗rganish borasida olib borilayotgan tadqiqotlar 
ham o‗z ko‗lamini tobora kengaytirib doimo o‗sish va o‗zgarishda ekanligi seziladi. Matn tahlili 
bilan bog‗liq ishlarda shaxs va til o‗rtasidagi aloqadorlikni yoritib berishga alohida e‘tibor 
qaratilmoqda. Prof. Sh.Safarov to‗g‗ri ta‘kidlab o‗tganidek, «Natijada tilshunoslikning mantiq, 
psixologiya, bilish nazariyasi kabi kognitiv fan sohalari bilan hamkorlikka ehtiyoji 
kuchaymoqda». Demak, olim tomonidan ta‘kidlab o‗tilgan muammo, ya‘ni hozirgi kunda 
tilshunoslar e‘tiborida turgan shaxs va til munosabati matn bilan bog‗liq kuzatishlarda bevosita 
mavzu mohiyatini yortishda kognitiv yondashuv zarurligini ko‗rsatadi. Tilshunoslar tomonidan 
tan olingan tadqiq usullari poetik matnlarni, xususan, Usmon Azim she‘riy asarlari tilini 
lingvistik jihatdan tahlil qilishimizda ham yordam beradi. Alohida olingan ijodkor asarlarida 
qo‗llanilgan til birliklarining o‗ziga xos xususiyatlarini aniqlash, ya‘ni «lingvistik tahlil – 
kognitiv tahlilning bir turi, uning ma‘lum bir ko‗rinishda namoyon bo‗lishidir». O‗zbek 
tilshunosligida lingvopoetik yo‗nalishda olib borilgan tadqiqotlarda xalqimiz orasida yetishib 
chiqqan so‗z san‘atkorlarining badiiy ijodlari,ular tomonidan yaratilgan badiiy asarlar tilining 
uslubiy, badiiy-estetik jihatlari haqida so‗z yuritilgan, ularda yozuvchi yoki shoirning o‗ziga xos 
tili va uslubi, badiiy til vositalaridan foydalanish mahorati, milliy an‘ana va qadriyatlarimizga 
bo‗lgan munosabati, voqea-hodisalar tasvirini berishda o‗ziga xos yangidan yangi so‗z va 
iboralar yaratishi kabi masalalar to‗g‗risida fikr yuritilgan. A.Qahhor hikoyalari tilining 
badiiyatini ta‘minlovchi leksik-stilistik vositalar bo‗yicha kuzatishlar olib borgan A.Hasanov 
o‗zbek tilshunosligida badiiy matnlarni o‗rganish bo‗yicha olib borilgan tadqiqotlarda erishilgan 
yutuqlarni qayd qilar ekan,shunday fikrlaydi: ―Ayniqsa, M.Yo‗ldoshev tomonidan badiiy matn 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
716 
lingvopoetik xususiyatlarining o‗zbek tilshunosligida birinchi marta dissertatsion planda tadqiq 
etilishi bu boradagi ishlarni yana bir pog‗ona yuqoriga ko‗tardi. Olim badiiy matnni lingvopoetik 
tahlil etishning yetti tamoyilini: shakl va mazmun birligi, makon va zamon birligi, matn tilining 
umumxalq tili va adabiy tilga munosabatini aniqlash, badiiy matnga badiiy-estetik butunlik 
sifatida yondashish va asar konseptini aniqlash, badiiy matnda poetik aktuallashgan til 
vositalarini aniqlash, badiiy matndagi eksplisitlik va implisitlik nisbatini aniqlash, badiiy 
matndagi intertekstuallik mexanizmlarining lisoniy va semantik xususiyatlarini aniqlash. 
tamoyillarini ishlab chiqdi‖. Darhaqiqat, har bir ijodkorning til birliklarini tanlashdagi o‗ziga 
xosligi u tomonidan yaratilgan badiiy matnda, u qanday ko‗rinishda bo‗lishidan qat‘iy nazar, 
namoyon bo‗ladi. Badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilish orqali shoir yoki yozuvchining o‗ziga 
xos uslubiy mahorati haqida aniq tasavvurga ega bo‗lish mumkin. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin