She’riyatda lingvopoetik vositalarning qo‘llanishi eshmirzayeva Guljamol Elxomjonovna



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix25.01.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#80775
1   2   3   4   5   6
she-riyatda-lingvopoetik-vositalarning-qo-llanishi

TADQIQOT NATIJALARI 
Badiiy matnning asosiy quroli so‗z hisoblanadi. ―Tilshunoslik fani badiiy 
adabiyot bilan uzviy aloqadadir. Chunki til aloqa vositasi sifatida muayyan axborot 
tashuvchi oddiy belgilar sistemasigina bo‗lib qolmay, balki tinglovchiga ta‘sir qiluvchi qudratli 
vosita hamdir. Tilning birinchi funksiyasi an‘anaviy va sistemstruktur tilshunoslikning o‗rganish 
obyekti bo‗lsa, ikkinchi funksiyasi lingvopoetikaning o‗rganish obyektidir‖,-deb yozadi 
A.Nurmonov va Sh.Iskandarova. ―Lingvopoetika — lingvistik poetikaning qisqargan shakli 
bo‗lib, badiiy asarlarda qo‗llanilgan lingvistik birliklarning (fonetik, morfemik, leksik va 
boshq.) 
badiiy-estetik 
vazifalarini, 
tilning 
konnotativ 
funksiyasini 
o‗rganadi. 
Boshqacha 
aytganda, 
lingvopoetika 
badiiy 
nutqni 
o‗rganuvchi 
tilshunoslikning 
bo‗limidir. 
Badiiy nutq badiiy adabiyotning bayon qilish vositasi sanaladi. Filologiya 
tarixida badiiy asar tili va poetik til atamalari tez-tez uchrab turadi. Bu atamalar 
ifodalangan tushunchalar bir-biriga juda yaqin tursa ham, lekin o‗zaro ma‘lum 
jihatlari bilan farq qiladi. "Obraz", "Uslub", "Ko‗chim (trop)", "Badiiy til", 
"Stilistika", "Poetika" kabi tushunchalar badiiy asar tili va lingvistik poetika uchun 
daxldor tushunchalardir... 
Amalda keng qamrovli obyektning ayrim fragmentlarigina badiiy nutqning tahliliga 
beriladi. Ana shunday asosiy fragment badiiy asar tili sanaladi. Ko‗rinadiki, badiiy nutq badiiy 
asar tiliga nisbatan kengroq tushunchadir. U tilning ekspressiv funksiyasini o‗z ichiga oladi. 
Badiiy asar tili esa badiiy nutqning bir ko‗rinishi, bir fragmenti hisoblanadi. Badiiy 
nutqni o‗rganuvchi LP (lingvistik poetika) ham til sistemasining barcha sath birliklarining 
badiiy-estetik funksiyasini qamrab oladi. Fonetik-fonologik sathda fonetik birliklar ham badiiy-
estetik vazifa bajarishi mumkin. Xususan, bir xil tovushlarning, bir xil bo‗g‗inlarning 
takrorlanishi she‘riyatda go‗zallikni, ta‘sirchanlikni ta‘minlovchi vosita sanaladi.Leksik sathda 
leksemalarning ko‗chma ma‘nolarda qo‗llanilishi ham LPning tekshirish obyekti sanaladi. 
Shuningdek, gap bo‗laklarining o‗rinlashishi, gap tarkibida bir xil bo‗laklarning takrorlanishi 
kabi hodisalar ham badiiy nutqni shakllantirishda xizmat qiladi.Shunday qilib, LP tilning qaysi 
sath birligining badiiy-estetik funksiyasini o‗rganishiga qarab fonetik poetika (FP), leksik 
poetika (LP), sintaktik poetika (SP) kabi qismlarga bo‗linadi. LPning har qaysi turini alohida-
alohida o‗rganish va ularning o‗zaro munosabatini ochish hozirgi tilshunoslik oldida turgan 
muhim vazifalardan biridir‖. Ijodkor til birliklarini o‗rinli qo‗llay olsagina u tomonidan 
yaratilgan asar o‗quvchi tomonidan yaxshi qabul qilinadi.To‗g‗ri tanlangan til vositalari badiiy 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
717 
matnda qo‗llanilar ekan, o‗quvchiga badiiy-estetik ta‘sir qilish vositasiga aylanadi va unda 
asarda tasvirlangan voqea-hodisa, kishilar xarakter-xususiyatlari badiiy tarzda o‗z ifodasini 
topadi.Bu esa badiiy asar ijodkori tili va uslubi to‗g‗risida ma‘lum bir xulosalarga kelishga asos 
bo‗ladi. Usmon Azim ijodida lingvopoetik vositalar muhim o‗rin egallaydi. 
Shoir she‘riyati tilini lingvopoetik jihatdan tadqiq etish jarayonida uning badiiy tasvirning 
usul va vositalarini yaxshi bilishi va o‗z she‘rlarida ulardan mohirona foydalana olishining 
guvohi bo‗lamiz. Tahlil jarayonida shoir asarlarida lingvopoetik vositalarning keng qamrovli 
ekanligi, ularning xalqona ohang hosil qilishda, takrorlanmas badiiy obrazlar yaratishda hamda 
boshqa shoirlar ijodida uchramaydigan turli xil ma‘no nozikliklarini poetik tasvirlashda eng 
muhim vositalardan ekanligi tobora oydinlasha boradi.Tilimizda badiiy asar tilining emotsional-
ekspressivligi, obrazliligini ta‘minlashga xizmat qiluvchi bunday vositalar ―lingvopoetik 
vositalar‖, ―troplar‖, ―uslubiy vositalar‖,‖stilistik figuralar‖ kabi turli nomlar bilan 
yuritiladi.Tilshunos olim N.Mahmudov shunday fikrlarni bildiradi: ―Nutqda so‗zlarni ko‗chma 
ma‘noda ishlatishning xilma-xil ko‗rinishlari mavjud bo‗lib, ular ko‗chimlar (yoki troplar) nomi 
bilan umumlashtiriladi. Ko‗chimlarning asosida ikki narsa yoki tushunchani qiyoslash yotadi, 
ya‘ni ikki narsa yoki tushuncha o‗rtasidagi muayyan munosabat (o‗xshashlik, umumiylik, 
aloqadorlik kabi) asosida tasviriylik, ifodalilik, aniqlikni kuchaytirish maqsadi bilan ulardan 
birining nomi ikkinchisiga ko‗chiriladi. Shuning uchun ham ko‗chimlar o‗ziga xos tasviriy 
vositalar sifatida nutqning ifodaliligini ta‘minlashda alohida o‗rin tutadi‖ 
Olimning bu fikrlari tilshunos S.Karimov tomonidan yanada aniqlashtirilganligi 
kuzatiladi. Olim badiiy uslubda ifoda-tasvir vositalarining qo‗llanishini tahlil qilar ekan shunday 
fikrlarni bayon qiladi:Ularning troplar deb ataluvchi qismi obraz yaratishda bevosita ishtirok 
etsa, ikkinchi bir qismi – uslubiy figuralar esa, garchi obraz yaratmasa-da, ana shu obrazlarning 
shakllanishiga, barkamol, pishiq bo‗lishiga, o‗quvchining matnni to‗g‗ri va tez tushunib olishiga 
ko‗maklashadi. Ko‗chma ma‘noda qo‗llanilayotgan, obraz yaratayotgan til birliklari darajasida 
bo‗lmasa ham,ular vaziyatga qarab qo‗shimcha ma‘no ifodalaydi, tasvir obyektiga ijodkor 
bahosini beradi, yuksak emotsionallikni yuzaga keltiradi. O‗quvchi yoki tinglovchidagi 
hissiyotlarning junbushga kelishida tezlashtiruvchi vosita rolini – katalizatorlik vazifasini 
bajaradi, yozuvchiga ko‗makdosh bo‗ladi. Badiiy ijodning qiyinchiligi ham shundaki, yozuvchi 
his-tuyg‗ularni o‗zi qanoatlanadigan darajada ifodalay oladigan til birligini axtaradi. Ularni bir-
birlariga chog‗ishtiradi, qaramaqarshi qo‗yadi, yonma-yon qo‗llaydi, takror ishlatadi va hokazo. 
Zero, troplarning o‗zi so‗zlarni asl ma‘nolaridan ko‗ra ko‗proq ko‗chma ma‘noda qo‗llashga 
intilishning natijasidir‖ 
Usmon Azim ijodida lingvopoetik vositalarning qo‗llanishini ko‗rib o‗tamiz. Shoirning 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin