Shifokor konsultatsiyasi



Yüklə 0,83 Mb.
səhifə4/5
tarix23.06.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#62144
1   2   3   4   5
Jigar sirrozini davolash
Jigar sirrozini zamonaviy davolash quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi: etiologik (kasallik sababini bartaraf etish yoki kamaytirish), patologik jarayonni rivojlanishini ta’minlaydigan omillarga ta’sir qilish, jigar vazifalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan jarayonlarni korreksiya qilish, og‘riqli belgilarning darajasini kamaytirish va asoratlarini davolash hamda oldini olishdan iborat. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, mazkur kasallikda organizmning boshqa a’zolarida ham o‘zgarishlar bo‘lishini e’tiborga olgan holda kompleks davo choralari amalga oshiriladi.
Davo rejasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ovqatlanish rejimi, medikamentlar bilan, profilaktika va asoratlarni davolash. Davo natijasi va prognozi kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq.
Kompensirlangan jigar sirrozida gepatotsitlar funksional holati saqlangan, portal gipertenziya alomatlari yo‘q. sirrozning bu ko‘rinishida kasallik sababi aniqlanadi va asosiy sababga maxsus davo choralari ko‘riladi. Bundan tashqari psixik va jismoniy yuklamalarni kamaytirish kerak.
Agar jigar sirrozining sababi virusli gepatit B va C bo‘lsa, virusga qarshi, shu bilan bir qatorda fibrozlanish va sirrozlanish protsessiga ham qarshi kurashiladi.
Alkogolli sirrozda gepatoprotektorlardan foydalaniladi va alkogoldan qat’iy voz kechish kasallikni nafaqat to‘xtatadi, balki fibrozlanishni ham sekinlashtiradi.
Noalkogol jigarning yog‘li kasalligida ovqatlanish rejimiga rioya etiladi va shu bilan birga medikoment davo ham tavsiya etiladi. Gormonal disbalanslar ham bartaraf etiladi. Jigarning funksional holati, hujayralar hayotiy faoliyati ham tiklanishi mumkin.


Ushbu maqolani ham o‘qing: Jigar kasalliklar o‘zini qanday ma’lum qiladi?

Jigarning dekompensatsiyalangan bosqichidagi kasallarga parhez rejimi, medikamentoz davo va laproskopik va xirurgik davo ham qo‘llaniladi.


Dekompensirlangan sirroz og‘ir asoratlar bilan birga keladi: portal gipertenziya, taloqning kattalashishi, qizilo‘ngach va oshqozon kengaygan venalaridan qon ketish, qorin bo‘shlig‘ida erkin suyuqlik to‘planishi – assit bilan birga keladi.
Portal gipertenziyada bir qator dori preparatlari qo‘llaniladi: vazodilatatorlar va vazokonstriktorlar. Assitda davo rejasi erkin suyuqlikni siydik haydovchi preparatlar va tuzsiz diyetalar yordamida organizmdan chiqarib yuborishdir.
Sirrozning terminal bosqichlarida bemor hayotini faqatgina jigar ko‘chirib o‘tqazishgina saqlab qoladi.
Bu dard bilan og‘rigan bemorlar doimo shifokorlar nazoratida bo‘lishlari shart. Shuningdek, ular parhezga qa’tiy amal qilishlari kerak.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin