SHIFOKORNING BEMOR BILAN MULOQOT SAN'ATI
Deontologiyada «yatrogeniya» tushunchasi bor. Bu shifokorning yoki hamshiraning farosatsizligi, nojo'ya ko'rsatmalari, qo'pol xatti-harakatlari. bilimsizligi va loqaydligi, qisqacha aytganda, tibbiyot xodimlarining aybi bilan paydo bo'lgan yana bir kasallikdir. Bu buyuk tib allomasi Buqrotning «Primun non nocere», ya'ni «Bemorga eng avvalo zarar keltirma» degan deontologik naqlining buzilishi oqibatidir. Bunday kasallik bugungi kunda uchraydigan xastaliklarning taxminan 10 foizini tashkil qiladi. Bu shifokorlar va hamshiralar orasida hali o'z deontologik burchini to’la tushunib yetmaydiganlar borligidan darakdir.
Bemor bilan muomalaga kirishishning o 'ziga yarasha shartlari bor, albatta. Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini, saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, lashqi psixik belgilarini o 'rganganidan
so 'ng, o 'zini ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma'naviy haqqi paydo bo'ladi. Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki doirada kechadi. Birinchi, tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorlanish bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini begilovchi dalillar zanjiri tashkil etadi.
Shifokor bemor bilan muloqotning avvalidayoq uning saviyasiga mos ravishda suhbatlashishi muhim. Bemor hunarmand bo'lsa, shunga mos maqomda, akademik bo'lsa, albatta, uning yuqori saviyasiga yarasha muomala qila olishi asosiy talablardandir. Shifokor beixtiyor bu holatning aksini qilsa, u holda o'zining tuzatib bo'lmas xato qilganini bir umr afsus bilan eslab yurishiga to'g'ri keladi. Shifokor bemorni o'rab turgan atrof-muhitga katta e'tibor bermog'i lozim. Uning botiniy va zohiriy ko'rinishi bemor bilan kechadigan muloqotiga bevosita ta'sir o'tkazishi mumkin.
Xususan, bemor yotgan xona shinam, ozoda, havosi toza bo'lishi, albatta, uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bu - botiniy ta'sirdir. Zohiriy ta'sir esa bemor atrofida kechadigan ijtimoiy hayot: boshqa bemorlarning, kichik tibbiy xodimlarning yoki tashrif buyuruvchilarning salbiy xatti-harakatida ko'rinadi. Bu ta'sirga, atrofdagi shovqin-suronlar, qo'shni bemorlarning muloqoti, hatto, shifokorning yoqimli bo'Iib tuyulgan tovushi, mimikasi, jestlari ham kiradi.
Bemor shifokor bilan muloqotdan so'ng o'zini ruhan tetik va yengil his etishi kerak, dedik. Mohir shifokor haqida aytish mumkinki, yaxshi suhbatdosh atirfurushga o'xshaydi, garchi u senga atridan bermasa ham xushbo'y hidi yetib turadi.
Shifokor bemor bilan ma'lum mantiqiy ketma-ketlikda savol-javob qilishi kerak. Bu suhbat (dialog)da fikrning tushunarli bo'lishi uchun marom, urg'u va takror to'g'ri belgilanishi, mazmun va ohangdorlikning uyg'unlashuvi, so'zlaraniq hamda to'g'ri talaffuz qilinishi muhimdir.Shifokor, bemor bilan muloqotga kirishar ekan, uning ko 'z o 'ngida ma 'lum ma'noda kamchiliklardan holi, yuksak axloqli inson sifatida gavdalanishi zarur. O'z axloq normalarini to'g'ri belgilay olmagan shifokor bemor ko'z o'ngida obro'sizlanadi. Obro'sini yo'qotgan shifokorning esa, tabiiyki, o'z bemori bilan talab qilingan saviyada muloqot qilishga ma'naviy haqqi bo'Imaydi.
Bemorni diqqat bilan tinglay olish kasal haqida zarur ma'lumotga ega bo'Iishda yordam beradi.Deontologiya qonun-qoidalarining tibbiyot amaliyotida to'g'ri joriy qilinishi tibbiyot xodimining ongi, saviyasi, dunyoqarashi, bilim mezoni va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bog'langandir. Kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida shifokor, hamshiralarning bemorlar bilan deontologik munosabatlari turlicha kechgan.