Suyaklarni bog’lab turuvchi bo’g’im yuzalarining o’zgarishi bilan kechuvchi bo’g’im kasalliklari (osteomiyelit, sil)
Suyak va bo’g’imlarning rivojlanish anomaliyalari.
Birinchi chiqishdan so’ng immobilizatsiyani erta to’xtatish.
Klinik ko’rinishi
Bo’g’im sohasida birdan og’riq bo’lishi va o’sha a’zoda aktiv va passiv harakatlarni bajara olmaslik.
Bo’g’im sohasining deformatsiyasi, har bir bo’g’im uchun muchaning majburiy holati. Aktiv harakat cheklangan, mucha o’qining kaltalashishi, ba’zan uzunlashishi aniqlanadi.
Palpatsiyada bo’g’imda og’riq kuzatiladi, ba’zida bo’g’im uchlarini o’zining odatiy joyida emasligi paypaslanadi.
Passiv harakatlar birdan cheklangan va og’riqli ekanligi.
Birinchi yordam.
Birinchi yordam – shikastlangan bo’g’im sohasiga sovuq bosish, og’riq qoldiruvchilar qo’llash (analgin, promedol va boshq.), travmadan keyin qanday holatni egallagan bo’lsa shu holatida muchalarni immobilizatsiya qilish. Yuqori muchalar kosinkaga yoki bintli bog’lamga osiladi , pastki muchalarni shinalar yoki qo’lga ilashgan qattiq jism bilan immobilizatsiya qilinadi.
Tashxis qo’yish.
Chiqishlarni tashxislash quyidagicha amalga oshiriladi:
Anamnezida travma (yiqilish, qaltis harakat);
Kuchli og’riq;
Bo’g’im sohasida deformatsiya, sog’lom tomon bilan solishtirganda bilinarli;
Har qanday chiqishda muchalarning xarakterli majburiy holati;
Chiqqan mucha o’qining yon nuqtalarga nisbatan yo’nalishining o’zgarishi;
Bo’g’imda aktiv harakatning yo’qligi va passiv harakatlarning birdan cheklanishi;
«Prujinalovchi fiksatsiya», chiqqan bo’g’imni majburiy holatidan o’zgartirib to’g’irlamoqchi bo’lganda shu vaqtning o’zida prujinasimon elastik qarshilik yuzaga kelib yana ortga qaytib majburiy holatini egallashi;
Bo’g’im uchlari chiqishlarda o’zining odatdagi joyidan siljishi yoki umuman shu joyda aniqlanmasligi.