e’lon qilingan ISHLAR ro‘yxati
1. A.Rasuljonov, A.Xamroqulov. Poliz ekinlarining zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari. “O’zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi respublika 19-ko’p tarmoqli ilmiy masofaviy online konfrensiya materiallari 22-qism. Toshkent 2020-yil 31-avgust.
2.A.Rasuljonov, Sh.Yuldasheva. Agrosenozlar (sun’iy ekosistema) entomofaunasini boshqarish muammolari. “O’zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlar” mavzusidagi respublika 19-ko’p tarmoqli ilmiy masofaviy online konfrensiya materiallari 22-qism. Toshkent 2020-yil 31-avgust.
3. A.Rasuljonov, Sh.Yuldasheva. Janubiy Farg’ona sharoitida qishloq xo’jaligi ekinlarining ayrim so’ruvchi zararkunandalari bioekologiyasi. “Oziq-ovqat xavfsizligi: Milliy va global omillar” II-Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya dasturi. O’zbekiston, Samarqand 2020-yil 16-17 oktyabr.
Biologiya magistri ilmiy darajasiga talabgor Rasuljonov Adhamjon Zohidjon o’g’lining 5A140101-Biologiya (fan yo’nalishlari bo’yicha) ixtisosligi bo‘yicha “Janubiy Farg’ona sharoitida qishloq xo’jalik ekinlarining so’ruvchi zararkunandalari (tur tarkibi, bioekologiyasi va xo’jalik axamiyati)”
mavzusidagi dissertatsiyasining
Rezyumesi
Tayanch so‘zlar: qishloq xo’jalik ekinlari, so’ruvchi zararkunandalari, hayot sikli, biologiyasi, shiralar, tur tarkibi, agrotsenoz, afidofauna, entomofag, lichinka, tuxum, harorat, namlik.
Tadqiqot ob’ekti: Qishloq xo’jaligi ekinlarini so’ruvchi zararkunandalari.
Ishning maqsadi: Janubiy Farg’ona hududida keng tarqalgan so’ruvchi zararkunandalarini o’rganish.
Tadqiqotning vazifalari. Qishloq xo’jaligi ekinlarini so’rib zarar keltiruvchi hasharotlar sinfi turkumlarini o’rganish. Janubiy Farg’ona hududidagi shiralarining mavsumiy rivojlanishini o‘rganish. O‘simlik shiralari miqdorini kamaytirib turishda entomofaglar ahamiyatini o‘rganish. Shuningdek zararkunanda turlarning tarqalishi va yashash sharoitlarini o’rganish. Zararkunandalarning miqdor zichliklarini o’rganish. Zararkunandalarning zarar keltirish hususiyatlarini aniqlash, zararkunanda turlar ta’sirida o’simlikda yuz beradigan o’zgarishlarni tahlil etish.
Dostları ilə paylaş: |