Shodmonov Bobomurod
MMT 77/22-GURUH
Moliyaviy rejalashtirish va prognozlashtirish
KICHIK TADBIRKORLIKNING HUDUD IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mamlakatimizda kichik tadbirkorlikning hududlarning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga ta‟siri va uning ekonometrik tahlili keltirilgan. Tahlilda eng kichik klvadratlar usuli yordamida tahlil olib borilgan. Kalit so’zlar: tadbirkorlik, ekonometrik tahlil, innovatsiya, korrelyatsiya-regressiya, ekstrapolyatsiya, samara, samaradorlik, natijaviy omil.
ABSTRACT
This article presents the impact of small business in our country on the socioeconomic development of regions and its econometric analysis. The analysis was carried out using the method of least squares Keywords: entrepreneurship, econometric analysis, innovation, correlationregression, extrapolation, effectiveness, efficiency, result factor.
Moliyaviy rejalashtirish - boshqarishing tarkibiy qismi bo’lib, pul mablag’larini tashkil etish, taqsimlash, qayta taqsimlash va ishlatish jarayonlarini rejali boshqarishdir. Iqtisodiyotning proportsional va balansli ravishda rivojlanishi, birlamchi xalq xo’jaligi kompleksining hamma bo’g’inlaridagi faoliyatlarni koordinatsiyalash, ijtimoiy ishlab chiqarishda yuksak sur’atlarni ta’minlash va xalqning moddiy farovonligining to’xtovsiz o’sib borishini ta’minlashga yo’naltirilgan.
Moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorportsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. Umumiy va oddiy ko’rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi.
“MOLIYAVIY REJALASHTIRISH” TUSHUNCHASI O’Z
ICHIGA QUYIDAGILARNI OLADI:
-taraqqiyotning asosiy tendentsiyalarini aniqlash va moliya-viy tahlil qilish;
-jalb qilingan mablag’lar va vaqtincha bo’sh turgan mablag’lar-ni joylashtirish menejmenti;
-firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalash-tirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;
-investitsion menejment;
-kapitallar menejmenti;
-faoliyatning boshqa ko’rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).
Moliyaviy rejalashtirish dastlabki va jamlangan bo’lib, moliyaviy rejalarni tuzish va ijro etish orqali amalga oshiriladi. Dastlabki rejalashtirishga korxonalarning, moddiy ishlab chiqarish tashkilotlarining, noishlab-chiqarish tashkilotlarining, xarajatlari to’liq yoki asosiy qismi davlat byudjeti yoki maxsus mablag’lar orqali qoplanadigan davlat muassasalarining rejalari kiradi. Jamlangan moliyaviy rejalashtirishga esa umumdavlat, tarmoq va territorial bo’ladi. Hamma moliyaviy rejalar birlamchi tizimi davlat byudjeti orqali ta’minlanadi va davlatning asosiy moliyaviy rejasi deyiladi.
Moliyaviy rejalashtirishnik ikki turi bo’lishi mumkin bular strategic va joriy moliyaviy rejalashtirishlardir. Strategikda o’z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda oʼzgarayotgan xo ʼjalik yuritish subyekti moliyaviy taraqqiyotining koʼp variantli bashoratidan iboratdir. Joriyda esa ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda sotsial loyihalarni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlashni o’z ichiga oladi.
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.Chunki, kichik biznes va tadbirkorlik sohasini rivojlantirish masalasiga davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi sifatida qaralmoqda. Kichik biznes kapital taqchilligi sharoitida ko’p mablag’ talab etmaydigan xo'jalik faoliyati sifatida resurslar aylanmasining yuqori sur’atlarini ta’minlaydi, iqtisodiyotni qayta qurish, iqtisodiy nobarqarorlik va resurslar cheklanganligi sharoitida iste‟mol bozorini shakllantirish va uni to'ldirish muammosini tez hamda tejamli tarzda hal etadi. Kichik korxonalar iste’mol talabining o’zgarishiga darhol moslashadi va shu yo’l bilan iste’mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta‟minlaydi.
Kichik biznes yangi ish o’rinlarini yaratishi bilan ishsizlik muammosini hal etishda muhim rol o’ynaydi. Hozirgi payta ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo'lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tutmoqda. Oxirgi yillarda respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi korxonalar soni yil sayin ortib borayotgani sohaning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi. So„nggi yillarda respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida tadbirkorlikda ilmiy texnik faoliyat natijalaridan yanada samaraliroq foydalanish borasidagi amalga oshirilayotgan tadbirlar natijasida ijobiy natijalarga erishilmoqda. Ayniqsa, kichik tadbirkorlikning jadal sur‟atlar bilan rivojlanib borishi va raqobat muhitini kengaytirish sohasida bu holat aniq ko„zga tashlanmoqda. Shu o„rinda aytish kerakki, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning hozirgi holatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo„yicha metodologik yondashuvlarning yetarlicha ishlanmaganligi kichik tadbirkorlik sohasida innovatsion faoliyatga yo„naltirilgan investitsiyalardan foydalanish samaradorligini baholashda bir muncha qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bozor iqtisodiyoti asoslari, jumladan xususiy mulk shakllariga asoslangan korxonalar faoliyati ilmiy tadqiqotchilar tomonidan ko‟p yillar davomida har tomonlama o‟rganilib kеlingan. Kichik biznеs muammolarining ayrim nazariy va amaliy yo‟nalishlari chеt ellik iqtisodchi olimlar K.Dj.Kempbеll, Djon Bеrdjеs, Den Shtaynxoff, X.Shvalbе, E.A.Utkin, M.M. Maksimtsov, V.Ya.Gorfinkеl va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritib bеrilgan. Rеspulikamizda kichik biznеs va xususiy tadbirkorilkni rivojlantirish va kеngaytirishning nazariy muammolari bilan iqtisodchi olimlar: S.S. G„ulomov, Yo.A. Abdullaеv, V.B. Bеrkinov, B.Yu. Xodiеv va boshqalar shug„ullanib kеlmoqdalar. Jumladan, S.S. G„ulomovning ― Tadbirkorlik va kichik biznеs‖, B.Yu Xodiеv, M.S.Qosimova va boshqalarning ― Kichik biznеsni boshqarish‖, Shodibekova D. A, M.S.Qosimova va boshqalarning ― Kichik biznеsni boshqarish‖, M.R. Boltaboеv va boshqalarning ― Kichik biznеs va tadbirkorlik‖ kabi o„quv qo„llanmalarida kichik biznеsning shakllanishi va rivojlanishi, kichik biznеs tashkiliy formalari, rеjalashtirish, litsеnziyalash, boshqarish psixologiyasi, kichik biznеsni moliyaviy holati va krеdit bilan ta'minlash, kichik biznеsda markеtingni xususiyatlari ko„rib chiqilgan. “Tadbirkorlik va kichik biznes asoslari” fani hozirgi vaqtda iqtisodiy fanlarning asosiylaridan biri bo‟lib, uni zamon talabida talqin qilish, o‟qitish, o‟zlashtirish va amaliyotga tadbiq etish juda ham dolbzarb masaladir. Islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni libеralizatsiyalashtirishni asosiy nеgizi sifatida kichik biznеsni rivojlantirishga bo‟lgan e'tibor kichik biznеs boshqaruvchilaridan katta bilimlarni talab qiladi. Hozirgi kunda nodavlat sеktorida iqtisodiyotda band bo‟lgan kishilarning to‟rtdan uch qismi mеhnat qilmoqda. Ularning daromadini oshirish har bir tadbirkordan ishni nimadan va qanday boshlash kеrak, uni qanday tashkil etish va boshqarish kеrakligi haqida ko‟nikmaga ega bo‟lishni taqqozo etadi. Shu jihatdan olib qaraganda ushbu maqola hozirgi modеrnizatsiyalash sharoitida nafaqat iqtisodiyotning o‟sish sur'atlarini jadallashtirishga, balki, mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo‟lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishga muhim hissa qo‟shadi.
NATIJALAR
Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida mehnat taqsimoti nisbatan yuqori darajada chuqurlashib borayotgan kichik korxonalarda jarayonlar samaradorligini oshirish uchun maqbul iqtisodiy va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va ularni ijrosini ta‟minlash alohida muhim hisoblanadi. Zamonaviy boshqaruv tizimi esa iqtisodiy jarayon va hodisalarning kelgusidagi holati hamda ko„lamini aniqlashda ishonchli usul va vositalardan foydalanishni taqozo etadi. Kichik tadbirkorlikning hududning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga ta'sirini ekonometrik tahlili iqtisodiy-matematik usullar vositasida murakkab ijtimoiyiqtisodiy hodisalarning bog„liqlik kuchini tadqiq etish, ularning qonuniyatlarini aniqlash va tajriba orqali kuzatish imkonini beradi. Tadqiqotimizda Kichik tadbirkorlikning hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'sirini baholash va prognozlashtirish modelini ishlab chiqish maqsadida Yo.A.Abdullayev , Ya.R.Magnus , M.Ivanova , Endryu F.Sigel kabi olimlarning ilmiy ishlarini o„rganib chiqdik. Ular ekonometrik tahlil, ya‟ni korrelyatsion-regression tahlil asosida istiqbollashtirish usullari-ni ishlab chiqishgan va ularni takomillashtirish bo„yicha ishlarni amalga oshirganlar. Kichik tadbirkorlikning hududning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga ta'siri samaradorligini oshirishni korrelyatsion-regression tahlil usullari yordamida tahlil qilish asosida omillar orasidagi bog„liqlik kuchini aniqlash hamda investitsion faoliyatni tahlil etish va baholash orqali kichik tadbirkorlik sohasida samarali iqtisodiy va boshqaruv qarorlari aniqlanadi. Bunda model tuzilishining eng muhim bosqichi natijaviy, bashorat qilingan ko„rsatkichning tanlab olingan omillarga bog„liqligini tavsiflovchi ekonometrik ifodani tanlashdan iboratdir. Kichik tadbirkorlikning hududning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga ta'siri samaradorligini oshirishni istiqbollashtirish ko„lami qanchalik aniq va mufassal bo„lsa, ushbu tizimni boshqarish va jozibadorlikni oshirish imkoniyatlari shunchalik yuqori bo„ladi. Kichik tadbirkorlikning hududning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga ta'siri samaradorligini oshirishni tahlil etish va istiqbollashtirishda formallashgan usulga taalluqli bo„lgan korrelyatsiya-regressiya, ekstrapolyatsiya, trend va boshqa matematik-statistik usullardan foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Formallashgan usulda iqtisodiy jarayonlarni istiqbollashtirish masalasiga ijobiy yondashuvlar bilan bir qatorda miqdoriy baholashning iqtisodiy ahamiyati unchalik yuqori emas, degan nuqtai nazar tarafdorlari ham mavjud. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etishda ilmiy istiqbollashtirishning uch guruhini alohida ko„rsatib o„tish mumkin: taraqqiyot yo„nalishlari va tendensiyalarini tavsiflovchi istiqbollar; kelajakdagi aniq bir vaqtda sodir bo„lish ehtimoli yuqori bo„lgan hodisalarni tavsiflovchi istiqbollar; kelajakda kutilayotgan holatni tavsiflovchi istiqbollar. Kichik tadbirkorlikning hududning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga ta'siri samaradorligini oshirishni istiqbollashtirishda faqatgina birinchi guruhga taalluqli bo„lgan modellardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda Kichik tadbirkorlikning hududning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga ta'siri samaradorligiga ta‟sir etuvchi asosiy omillarni korrelyatsionregression usullardan foydalanib aniqlash, ko„p omilli regression modellarni tuzish orqali uning rivojlanish istiqbolini bashorat qilish dolzarb vazifa hisoblanadi. Ushbu tadqiqot ishlarini bajarish uchun birinchi navbatda Kichik tadbirkorlik sohasida investitsion jarayonlarga ta‟sir etuvchi barcha omillarni aniqlash va korrelyatsion-regression usullardan foydala-nib, ulardan eng asosiylarini tanlab olishdan boshlanadi.Kichik tadbirkorlikning hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta'siri samaradorligini oshirishning ekonometrik modelini tuzish uchun unga ta‟sir etuvchi quyidagi omillar tanlab olindi (1-jadval):
Ushbu omillarning natijaviy omilga ta‟sirini aniqlash uchun korrelyatsion-regression tahlil usullaridan foydalanish mumkin.
Mamlakatimizda bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan e‟tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik vakillari bilan muntazam ravishda o‟tkazilayotgan, shu jumladan 2021 yil 20 avgustida bo‟lib o‟tkan uchrashuv ham bu fikrning yaqqol dalili. Jahon tajribasi shuni ko‟rsatmoqdaki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari barqaror iqtisodiy o‟sishning asosiy omili, iqtisodiy kon‟yunkturaning o‟zgarishlariga tez moslasha oladigan, yangi texnika va texnologiyalarni doimiy ravishda talab qiladigan, mehnat unumdorligi yuqori bo‟lgan xo‟jalik sub‟ektlari sifatida keng faoliyat yuritmoqda. Darhaqiqat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini izchil rivojlantirish natijasida aholini yangi ish joylari va daromad manbai bilan ta‟minlash, joylarda tashabbuskorlikni rag‟batlantirish orqali aholi orasida tadbirkorlik ko‟nikmalarini ommalashtirish imkoniyatlari paydo bo‟ladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari milliy iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu bois, bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish asosida mamlakatda o‟rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, ichki bozorni nisbatan arzon va sifatli zaruriy tovar va xizmatlar bilan to‟ldirish, yangi ishchi o‟rinlarini yaratishga, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yo‟naltirish orqali mamlakatimizning eksport salohiyatini rivojlantirishga alohida e‟tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda biz turli manbalarni o‟rganish asosida rivojlangan va rivojlanish bosqichiga kirayotgan bir necha xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalarini o‟rganish va tahlil etish asosida ulardan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning salmog‟ini oshirishga tadbiq etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida Janubiy Koreya, Isroil, Malayziya va Iordaniya davlatlarida ham foydali tajribalar to‟plangan. Xorijiy mamlakatlar tajribalarida, birinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda muhim iqtisodiy omillardan biri, bu kichik biznes rivoji bo‟lib, bu boradagi har qanday umummanfaatini ko‟zlagan samarali faoliyatlar davlat ahamiyatiga ega bo‟ladi va qo‟llab-quvvatlanadi. Zero, kichik biznes faoliyati o‟sib, yanada samarali biznesga aylanishi, mamlakat ichki bozorini tovar hamda xizmatlar turlari bilan to‟ldirishi, shu tariqa eksport salohiyati rivojiga hissa qo‟shilishi, aholining ish bilan bandligi muammosi echilishiga ko‟maklashuvi, aholining real daromadi o‟sishiga, pirovard natijada aholinining turmush darajasini yuksalishiga olib keladi. Ikkinchidan, iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida, jahon bozorida raqobat kuchayayotgan bir paytda, yirik korxonalardan ko‟ra aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarida raqobatga dosh berish, manevrlar qilish, ishlab chiqarish yo‟nalishini o‟zgartirish kabi iqtisodiy chora tadbirlar ko‟rish oson kechadi. Ko‟rinib turibdiki, xorijiy mamlakatlarda kichik biznesni har tomonlama qo‟llabquvvatlashning rivojlangan tizimi mavjud bo‟lib, bu hol raqobatning kuchayishi sharoitida ijtimoiy-itisodiy muhitning barqaror taraqqiy etishini ta‟minlaydi. Bu esa, davlat tomonidan qo‟llab-quvvatlash mexanizmining to‟laqonli rivojlanganligidan dalolat beradi.
XULOSA
Tadbirkorlik va biznes iqtisodiy faoliyatning bir turi bo‟lib, bu tushunchalar xususiy shaxslar, korxona, tashkilotlar tomonidan daromad olish maqsadida o‟zining va shartnomadagi sheriklarining manfaatlarini ko‟zlab, ishlab chiqarish, sotib olish va sotish yoki boshqa tovarlar, xizmatlarni amalga oshirish yoki pulga ayirboshlash kabi erkin xo‟jalik yuritish faoliyatini yuritishni bildiradi. Kichik biznes subyektlari huquqiy maqomi, band bo‟lgan xodimlar soni, mulkchilik shakli, faoliyat yo‟nalishi, faoliyatning tarmoq yo‟nalishlari bo‟yicha bir qancha shakllari mavjud. Kichik biznes subyektlari jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozini salbiy oqibatlarini natijasida vujudga kеlgan muammolarni hal etishga muhim hissa qo‟shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “ 2022-2026 yillarga mo‟ljallangan yangi O‟zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‟g‟risida” gi PF-60-sonli farmoni// www.lex.uz
2. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi “ Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlarito‟g‟risida”gi PQ-99 son Qarori// www.lex.uz
3. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyulda “O„zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 3832-sonli Qarori
4. Engle va Granger, 1987; Hassler va Wolters, 2006.
5.Dickey D.A., and W.A.Fuller 1979. Distribution of the estimators for autoregressive time series with a unit root. Journal of the American Statistical Association 74: 427–431
6.https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0378426621001825?vi a%3Dihub Mustafa U.Karakaplan “This time is really different: The multiplier effect of the Paycheck Protection Program (PPP) on small business bank loans” Journal of Banking & Finance Volume 133, December 2021, 106223.
7.Oilaviy tadbirkorlik: ish o„rinlarini o„zimiz yaratamiz. https://uzanalytics.com/iqtisodi%D0%B5t/3671
8. www.stat.uz O„zbekiston Respublikasi Statistika qo„mitasi rasimy sayti.
SAVOLLAR
1. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi qanday yavsiflanadi?
2. Hozirgi payta ushbu soha iqtisodiyotda qanday muhim o’rintutadi?
3. Kichik biznеs muammolarining ayrim nazariy va amaliy yo‟nalishlari qaysi chеt ellik iqtisodchi olimlar ilmiy ishlarida yoritib bеrilgan?
4. Korrelyatsion-regression tahlil asosida istiqbollashtirish usullari-ni ishlab chiqqan olimlarni ayting?
5. Tadbirkorlik va biznes iqtisodiy faoliyatning bir turi bo‟lib, bu tushunchalar nimalarni bildiradi?
6. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qaysi davlatlar tajribasidan foudalanilgan?
7.Hozirda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qanday usullardan foydalanilmoqda?
8. Kichik tadbirkorlikning hududning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga ta'siri samaradorligini oshirishni tahlil etish va istiqbollashtirishda qanday usullardan foydalanish maqsadga muvofiq?
9. Moliyaviy rejalashtirish o’z ichiga nimalarni oladi?
10. Qanday faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi?
11. Moliyaviy rejalashtirish nima?
12. Dastlabki moliyaviy rejalashtirishga nimalar kiradi?
13. Jamlangan moliyaviy rejalashtirishga nimalar kiradi?
14. Strategik moliyaviy rejalashtirish haqida gapirib bering?
15. Joriy moliyaviy rejalashtirish nima?
16. Kichik biznes faoliyati o’sib, yanada samarali biznesga aylanishi qanday natijalarga olib keladi?
17. Rеspulikamizda kichik biznеs va xususiy tadbirkorilkni rivojlantirish va kеngaytirishning nazariy muammolari bilan qaysi iqtisodchi olimlar shug’ullanib kelmoqda?
18. Tadbirkorlik va biznes iqtisodiy faoliyatning bir turi bo‟lib, bu tushunchalar nimalarni bildiradi?
19. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi qanday yavsiflanadi?
20. Kichik tadbirkorlikning hududning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga ta'siri samaradorligini oshirishni tahlil etish va istiqbollashtirishda qanday usullardan foydalanish maqsadga muvofiq?
Dostları ilə paylaş: |