Shovqin va titrashdan himoyalanish Reja Shovqin tasnifi va uni -fayllar.org
Shovqin tasnifi va uni meyorlashtirish. Shovqin - bu tovushdir. Tovush esa havodagi zarrachalarning mexaniq tebranishidir. Bu tebranishlar to’lqinsimon ravishda tarkalib kishi kulogiga borib yetadi va quloq pardasini bosadi, natijada tovush eshitiladi. Tovush eshitilishi uchun to’lqin ma’lum kuchga ega bo’lishi kerak. Bu kuch esa tovush to’lqining paskalda (Pa) uchlanadigan bosimi bilan belgilanadi.
Kishi kulogi tovush bosimining 2x10-5 dan 2x102 Pa gacha bo’lgan diapazonini kabul kila oladi. Pastki chegara ya’ni (R0=2x10-5 Pa) kishi kulogi ilgay oladigan minimal tovush bosimi - eshitish chegarasi deb ataladi. Yukorigi chegara, ya’ni (Rmax=2x102 Pa), kishi kulogi ogrik sezguncha chiday oladigan maksimal tovush bosimi -ogrik chegarasi deb ataladi. Ogrik chegarasidan yukorida quloqlardan kon sizib chiqishi va quloq pardasining yirtilishi xollari bo’lishi mumkin. Ikki kishining uzaro suxbati odatda 0,1 Pa bosimda kechadi.
Chastotalari bo’yicha kishi kulogi 20 dan 20000 Gers oraligidagi tovushlarni kabul kiladi. Bu kichik va urta yoshdagi odamlarga xos. Kishi kariganda esa yukorigi chegara 15000 Gs larga tushib koladi, shuning uchun kupchilik kishilar kariganda yomon eshitadigan bulib koladi. Kishi kulogi ayniksa 37,5-9600 Gs oraligidagi chastotalar diapazonini yaxshi kabul kiladi. 20 Gs dan kichik va 20000 Gs dan katta chastotali tovushlar infratovush va ultratovush deyiladi. Bu olastlardagi tovushlarni kishi kulogi eshita olmaydi.
Kishi kulogining eshitish kobiliyatini tovush bosimining absolyo’t uzgarishi bo’yicha emas, balki uning nisbiy uzgarishi bo’yicha olish kabul qilingan. Tovush bosimning bunday nisbiy uzgarishi shovqin kuchining boshlangich darajasi (nulevoy uroven) deb ataladi va etalon sifatida kabul qilingan.
Boshlagich darajada (etalon) qilib tebranish chastotasi 1000 Gs, tovush bosimi 2x10-5 Pa kabul qilingan. Bu eshitish kobiliyati normal bo’lgan kishilardagi eshitish chegarasi bilan mos keladi. Bu chastotasi 2000 Gs bo’lganda tovush kuvvati 10-12 Vt/m2 mos keladi.
Shovqin kuchini ulchash uchun logarifmik shkala kabul qilingan, xar bir keyingi pogona, oldingi pogonadan un marta kattadir. Shovqinlarning bunday nisbati shartli ravishda bel (B) atalib, quyidagi formula bilan ifodalanadi:
(5.1)
bu yerda Jj - tovush bosimining ulchangan kiyimati, Pa.. J0 - tovush bosimining etalon kiymati, 2x10-5 Pa.
Agar bir qancha shovqinlar birgalikda ta’sir kilganda, birinchisi boshlangichdan, ya’ni asos qilib olinganigdan 10 marta katta bulsa, Jj/J0=10. Bunda shovqin 1 B ga katta deb olinadi, chunki 1g10=1. Agar Jj/J0=100 bulsa 2B ga katta deb olinadi, chunki 1g 100=2 va xokazo. Bel ancha katta kiymat. Odamning kulogi odatda tovush kuchi uzgarishning 0,1B ni paykaydi. Shuning uchun tovush kuchining ulchov birligi qilib amaliyotda Belning undan bir bulagi bo’lgan detsibel (dB) kabul qilingan. Eshtishning yukorigi maksimal chegarasi 13 B (130 dB) ga to’g’ri keladi. Bundan yukori shovqinlarda quloqda ogrik paydo bo’ladi.
Chastotasi bo’yicha shovqinlar uch sinfga bulinadi:
past chastotali-350 Gs gacha;
urta chastotali-350 dan 800 Gs gacha;
yukori chastotali-800 Gs dan yukori bo’lgan chastotali. Inson tanasiga ta’siri bo’yicha yukori chastotali shovqinlar zararli hisoblanadi.
Shovqinlar tovush bosimi, chastotasi, shovqin turi (tonal, keng mintaqali, impulsli) va ta’sir qilish vaqtining uzunligi bilan normalashtiriladi.
Xar xil chastotali shovqinlar kishi kulogiga xar xil ta’sir kiladi. Shuning uchun xar bir urta geometrik chastotaning oktava chizigi shovqining yo’l qo’ysa bo’ladigan meyori belgilangan.
Oktava chizigi - tovushlar chastotasining yukorisiga pastkisidan ikki marta kiymatga teng bo’lgan intervalidir, ya’ni
(5.2)
Shovqinlarni meyorlashtirishda urta geometrik chastotalarning quyidagi oktava chiziklari kabul qilingan: 63, 125, 250, 500, 1000, 2000, 4000, 8000 Gs.
Oktava chiziklarning urta geometrik chastotasi kuiydagi formula bo’yicha aniqlanadi:
(5.3)
Shovqinlar chastotasining spektri bo’yicha keng mintaqali (bunda tarkibida kup tovush chastotalari bo’ladi, masalan, tukuv dastgoxidan chikayotgan shovqin) va tonal turlariga ulinadi. Tonal shovqinlarda ma’lum ton aniq eshitilib turadi. Masalan, ventilyatorlardan ajralib chikayotgan shovqin. Tonal shovqin keng polosali shovqinga nisbatan kishi organizmiga kuprok salbiy ta’sir ko’rsatadi
jadval.
Tovush bosimining yo’l qo’ysa bo’ladigan darajasi.
To’qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish sexlari (doimiy ish joylari) va xududlari
103
96
91
88
85
83
81
80
90
To’qimachilik korxonalarining idoralari xonalari
79
70
63
58
55
52
50
49
60
Yashash joylari xududlari mikrorayonlarning dam olish maydonlari
67
57
49
44
40
37
35
33
45
Gost 12.1. 003-76 bo’yicha ishlab chiqarish korxonalarining domiy ish joylarida va korxonalar xududida shovqining quyidagicha yo’l qo’ysa bo’ladigan darajali kabul qilingan.
To’qimachilik sanoati korxonalarida shovqinni umumiy darajasiga karab chamlab baxolash mumkin. Buning uchun shovqin ulchash asbobining A shkalasidan foydalaniladi va bu dBA da ulchanadigan standartlashtirilgan va barcha shovqin ulchash asboblarida mavjuddir.
Shovqin meyorlariga, uning ta’sir qilish vaqtining uzunligiga karab tuzatishlar kiritiladi. Bu tuzatishlar quyidagi jadval da keltirilgandir.
Jadval