Shu bilan birga, katta bo’lmagan ish joyiga EGA bo'lgan korxonalarda (odatda 50 dan ortiq bo'lmagan) Axborot xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor beriladi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə1/18
tarix17.10.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#65279
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
O’ralov S.J finsh (2) (2)


Kirish
Ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo’llasһ bo’yicһa bir qator isһlarni amalga osһirisһda O’zbekiston Resbuplikasining “Axborotlasһtirisһ to’g’risida” gi, “Elektron tijorat to’g’risida”gi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlasһtirisһni yanada rivojlantirisһ va axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etisһ to’g’risida”gi farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’i ZiyoNET ni tasһkil etisһ to’g’risida”gi qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maһkamasining “Kompyuterlasһtirisһni yanada rivojlantirisһ va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etisһ cһora – tadbirlari to’g’risida”gi qarori asos qilib olinmoqda. Bu o’rinda 2022 yilda isһlab cһiqilgan O’zbekiston Respublikasini rivojlantirisһning “Taraqqiyot strategiyasi” o’rni beqiyos.
Shu bilan birga, katta bo’lmagan ish joyiga ega bo'lgan korxonalarda (odatda 50 dan ortiq bo'lmagan) Axborot xavfsizligini ta’minlashga katta e’tibor beriladi. Biroq hozirgi vaqtdagi tashkiliy va texnik holatlar shuni ko’rsatadiki, yirik korxonalarning yaxshi himoyalanganligi sababli mavjud axborot xavfsizligi tahdidlarining katta qismi kichik korxonalar uchun dolzarb bo'lib qolmoqda. Odatda bunday korxonalar katta bo’lmagan byutjetga ega bo’lib, faqatgina kerakli jixozlarni sotib olishga, dasturiy ta’minot va bir tizimli administratorni mablag’ bilan ta’minlashga qodirdir. Shunday ekan axborotni muhofaza qilish muammosi muhim holga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda 560-II-son bilan qabul qilingan “Axborotlashtirish to'g'risida”gi qonunida “Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g'ayriqonuniy munosabatda bo'lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yoxud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar etkazilishi mumkin bo'lsa, muhofaza qilinishi kerak” deb ta’kidlab o’tilgan.
Tashkilotda turli axborot vositalari va axborot kanallariga bo’ladigan tahdidlarning paydo bo'lishini oldini oluvchi axborot xavfsizligi siyosati va bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. Axborot xavfsizligi siyosatini amalga oshirish uchun turli vositalar, usullar va choralar qo'llaniladi. Ular orasiga, xususan, huquqiy me'yorlar, tashkiliy tadbirlar, injener-texnik, dasturiy-apparat vositalari va kriptografiya usullari kiradi.
Tashkilotning axborot xavfsizligiga ko'pgina omillar ta'sir ko'rsatadi. Shu munosabat bilan, tashkilotda axborot xavfsizligi muammosini samarali hal etish faqatgina kompleks va tizimli chora-tadbirlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Biroq korxonada axborotni himoya qilish uchun samarali shart-sharoit yaratish uchun tizimda alohida himoya vositalarini birlashtirish zarur. Axborot xavfsizligi tizimini (AXT) yaratish korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va foyda olishdagi kabi asosiy maqsad xisoblanmaydi. Shu sababli, yaratilgan AXT korxona faoliyatida sezilarli qiyinchiliklarga yo'l qo'ymasligi va AXTni yaratish iqtisodiy jihatdan qimmat bo'lmasligi kerak. Shunga qaramay, AXT korxona muhim axborot resurslarini barcha amaldagi tahdidlardan himoya qilishi kerak.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin