Shukrullayev Shahzod BIA-82 vazifasi
12-variant
Savollar:
1. Tijorat banklari foiz siyosatining maqadi nimalardan iborat?
2. Revolver krediti qanday kredit turi hisoblanadi va uning qanday turlari mavjud?
3. Kichik tadbirkorlik subyektlari tarkibini keltiring
Javoblar:
1) Tijorat banklari foiz stavkalaridan har doim iqtisodiyotni makro vamikro darajada tartibga solish
uchun foydalaniladi. Agar iqtisodiyotnimikro darajada o rganadigan bo lsak, tijorat banklari tomonidan
foizʻʻsiyosatini qay darajada samarali ishlab chiqganligiga, ya ni kredit vaʻdepozitlar bo yicha o
rnatilgan foiz stavkalariga bog liq bo ladi.ʻʻʻʻMamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish
yo lidaʻmoliyaviy xizmatlar bozorida tijorat banklari faol ishtirok etib kelmoqda.Ular tomonidan yuridik
va jismoniy shaxslarga turli xildagi xizmatlarko rsatilmoqda. Umuman olganda, aholiga taklif
etilayotgan va uning turliʻqatlamlari uchun qulay va manfaatli bo lgan omonat turlarining soni
oshibʻbormoqda. Yuridik shaxslarga, jumladan, kichik biznes va xususiytadbirkorlik subyektlariga turli
yo nalishlarda qisqa va uzoq muddatliʻkreditlar berilmoqda, banklarning lizing operatsiyalari hajmi
ortibbormoqda. Ma lumki, tijorat banklari depozitlari va kreditlari miqdoriningʻo sishi tijorat banklari foiz
siyosati bilan chambarchas bog liqdir. Bankʻʻtomonidan depozitlar bo yicha o rnatiladigan foiz
stavkalari, shuningdek,ʻʻkreditlar bo yicha undirish uchun belgilangan foiz stavkalari bankning depozit
va kredit operatsiyalari hajmining o sishiga bevosita ta sirʻʻko rsatadi.ʻTijorat banklari baho siyosati
bank xizmatlariga va mahsulotlariga bahoo‘rnatish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.Baho
siyosati nafaqatbank boshqaruvida asosiy komponent vazifasini bajaradi, balki bankdaromadliligini
boshqarishda iqtisodda ustuvor ham hisoblanadi. Tijoratbanklarining baho siyosati asosiy yo‘nalishi bu
banklarning foiz siyosatidan iboratbo‘ladi. CHunki, banklar aktiv va passivlar bo‘yicha foiz siyosatini
amalgaoshirish orqali baho belgilanadi.Bank sohasida «aktiv» va «passiv» operatsiyalar bo‘yicha
foizlar uchraydi.Aktiv operatsiyalar bo‘yicha foizlar – bu mijozlar tomonidan bankka to‘lanadiganfoizlar.
Passiv operatsiyalar foizlar esa, bu mijozlarning depozit va jamg‘armalaribo‘yicha bank tomonidan
to‘lanadigan foizlar. Qarz beruvchi va qarz oluvchilaro‘rtasida moliyaviy vositachilar sifatida
qatnashayotib, banklar birinchilardanolingan mablag‘larni ikkinchilarga vaqtinchalik foydalanishga
beradilar. Bundaqarz beruvchilar depozitlar bo‘yicha foizlar oladi, qarz oluvchilar ma’lum
vaqtdamablag‘lardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar bank manfaati esa marjako‘rinishida
ifodalanadi.Bank foizidan foydalanish mexanizmi bir nechta elementlarni o‘zidamujassamlashtiradi va
uning yordamida bank foiz siyosati vujudga keladi hamdauning amaldagi ko‘rinishi ssuda foizi
hisoblanadi.
2)
Revolver kreditlari qonun hujjatlariga muvofiq bir yoki bir nechta ta’minot turlari bilan ta’minlangan
bo‘lishi mumkin. Revolver kreditlarning qaytarilishi ta’minoti bo‘lib muomaladagi tovarlar ham xizmat
qilishi mumkin. Bunda qarz oluvchi tomonidan muomaladagi tovarlarni yo‘qolish (nobud bo‘lish),
kamomad chiqishi yoki zararlanish xatarlaridan kredit liniyasi hamda unga hisoblangan foizlarning
umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdorda o‘z hisobidan sug‘urtalashi, shuningdek ushbu kredit
bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgunga qadar sug‘urta muddati uzaytirilishi lozim. Tijorat banklari
revolver kreditlari berishni shartnoma asosida amalga oshiradilar. Revolver kreditlari uchun foiz
stavkasi miqdori tomonlarning kelishuviga ko‘ra kredit shartnomasida belgilanadi. Revolver kreditlarini
berish faqat ilgari olingan kreditlar va hisoblangan foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud
bo‘lmagan hollardagina amalga oshiriladi. Zarar ko‘rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega bo‘lgan qarz
oluvchilarga kreditlar ajratilmaydi, ilgari berilgan kreditlar esa shartnomada ko‘zda tutilgan tartibda
muddatidan oldin undirib olinadi. Bu qoida kredit shartnomasida qayd etilgan bo‘lishi kerak. So‘nggi
hisobot davri uchun tegishli davlat soliq xizmati organi tomonidan balans qabul qilinganligi qayd etilgan
buxgalterlik balansi (1-shakl), debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma’lumotnoma (2a-shakl),
shuningdek 90 kundan oshgan qarzdorliklar bo‘yicha taqqoslash dalolatnomalari;
Revolver kreditlarini qaytarilishining bir yoki bir necha ta’minoti turlarini taqdim etilganligi haqidagi
hujjat.
Kreditning qaytarilmasligi xatarini oldini olish maqsadida qarz oluvchi tomonidan garovga
muomaladagi tovarlar taqdim etilganda muomaladagi tovarlar 0,5 tuzatish koeffitsiyentini qo‘llagan
holda baholash qiymati bo‘yicha garovga qabul qilinadi. Qarz oluvchi va bank o‘rtasida qonun
hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda muomaladagi tovarlarni garovga qo‘yish to‘g‘risida garov shartnomasi
tuziladi. Garov shartnomasida bankning muomaladagi tovarlarni sotishdan qarz oluvchining barcha
depozit hisobvaraqlariga kelib tushayotgan mablag‘larni birinchi navbatda akseptsiz tartibda
muddatida qaytarilmagan kredit hamda hisoblangan, ammo muddatida to‘lanmagan foizlar to‘loviga
yo‘naltirishga qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa haqli ekanligi qayd etilishi
shart. Kredit shartnomasi tuzilgunga qadar bankning kredit siyosatiga muvofiq belgilangan tartiblarga
muvofiq bank tomonidan kredit hujjatlari yig‘ma jildi qarz oluvchining kreditga layoqatligi, likvidliligi,
kredit tarixi, uning rahbarining nufuzi (uning ilgarigi ish joyi, malakasi, ilgari olingan kreditlarning o‘z
vaqtida qaytarilishini ta’minlanganligi) tahlil qilinadi. Ushbu Nizomning 8-bandida ko‘zda tutilgan
barcha hujjatlar ilova qilingan holda kredit buyurtmasini taqdim etilgan kundan boshlab uni tijorat banki
tomonidan ko‘rib chiqish muddati o‘n bank ish kunidan oshmasligi lozim.
3)
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-oktabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan
tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) 475 349 ta boʻlib, shundan kichik tadbirkorlik
subyektlari soni 472 273 tani (99,4 foiz) tashkil etgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori koʻrsatkichlari quyidagi
hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 96 647 ta
Toshkent viloyati – 45 153 ta
Fargʻona viloyati – 41 073 ta
Samarqand viloyati – 40 607 ta
Andijon viloyati – 36 325 ta
Qashqadaryo viloyati – 31 903 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 156 928 ta
sanoatda – 93 054 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida – 47 094 ta
qurilishda – 44 845 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlarda – 33 635 ta
Dostları ilə paylaş: |