Shukur sa’dulla (1912-1972)


hukur Sa’dulla she’rlar to’plami BUZOQ



Yüklə 142,2 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü142,2 Kb.
#165348
1   2   3   4
Shukur Sadulla

hukur Sa’dulla she’rlar to’plami BUZOQ


Men buzoqman, buzoqman,
Shoxim chiqqan — suzoqman.
Lekin yumdalab tortmang,
U yon-bu yonga otmang.
Iflos yerga yo‘latmang,
O‘yinchoqman, qulatmang.
Buksangiz qayrilaman,
Oyoqdan ayrilaman.
Sigir bolmayman unda,
Qaymoq bermayman kunda.
Mayli, o’ynang erta-kech,
Lekin ozor bermang hech!

TOYCHOQ


Toychog‘im bor — uchqur ot,
Quralay ko‘z —tulpor zot.
Egar-jabduq uraman,
Minib, olg‘a suraman.
O‘zi yog‘och, yoli qil,
Ovunchog‘im, olg‘a yel!

ULOQCHAM


Kichkina qora — uloq,
O‘ynar oshib umbaloq,
Men bilan inoq, o‘rtoq.
Ko‘kat bersam yamlaydi,
Orqamdan hech qolmaydi.
Kappalaydi o‘t bersam,
O‘ynaydi quloch kersam,
Suzadi musht o‘qtalsam.
Boshchasida shoxi bor,
Dumchasida oqi bor.

MITTI


Mitti degan mushugim,
O‘taketgan olg‘ir, shum.
Mitti poylab turadi.
Sichqonvoyni ko‘radi.
Sichqon mushukni ko‘rib,
Qochar teshikka urib.
Sichqon qochib qutular,
Mushuk esa tutilar.

To’rt fasl


Milt etib chiqdi quyosh,
Dedi:-Do’stlar qish odosh.
Ko’rsak, yo’q qora bulut,
Yer yuzi ko’k gilam-o’t.
Keldi ko’klam kabi soz,
Bizlar sevgan issiq yoz.
Ekin o’sdi yerlarda,
Bug’doy pishdi qirlarda…
Poliz to’la bodring,
Bog’bon, tez uzib bering!
-Sabr qiling siz andak,
So’yib beray handalak.
Quyosh tushar taftidan,
Qo’rqib qishning aftidan.
Sarg’ayadi ko’katlar,
Barg to’kadi daraxtlar.
Hosil yig’ib olinar,
Qishga zamin solinar.
Dala-dashtda tindi ish,
Keldi mehmon bo’lib qish.
Qish emas, u – qorbobo,
Sovg’alari bor bobo…
Xuddi yozday, bahorday –
Iliq, kuzgi nahorday.
Qor yog’ar, kecha-kunduz,
Suv sovuq qotib kiygan muz.

Yüklə 142,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin