osmonining
yulduzlardek baland martabaliligi haqidakim, bilimsizlik
tunni yoritish uchun “ayn” quyosh, “lom” oy, “mim” kunduz belgilarini
ko‘rsatadi; bilimsizlik shomining qorong‘u ko‘rinishi haqidakim,
g‘aflat chaqini pastlik kechasida zohir qilib, bu kechada baxtsizlikdan
hikoya aytadi; olimning butun baxtsiz vujudining quyoshdek yuksakligi
johilning esa butun borlig‘i boylik, mol bo‘lsa ham tuproqdek xorligi”
haqida fikr bayon etadi.
Demak, Alisher Navoiy ilmni inson kamolati uchun eng zarur
fazilatlardan biri deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlikdan,
jaholatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflaydi. Alisher Navoiy orzu
qilgan komil inson ham faqat ilmli bo‘lishi bilan qanoatlanib qolmaydi.
Uni haqiqiy inson sifatida ta’riflashga yana sabr-qanoat, sahiylik,
himmat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, tavoze’, adab, ishq-vafo va hokazolar
ham asos bo‘ladi. Navoiy insonning axloqiy hislatlari - yaxshi fe’l-
atvorlar xususida to‘xtalib o‘tar ekan, avvalo har bir insoniy fazilatning
ta’rifini beradi. U yaxshi fe’llarga qanoat, sabr, tavoze’ va adab, ishq
va vafo, sahovat. himmat, karam, muruvvat, yumshoq ko‘ngillik (halm)
kabi hislatlarni kiritib, har birining ta’rifidan so‘ng tanbeh va hikoyatlar
vositasida o‘z fikrini to‘ldiradi. Navoiy asarda mazkur hislatlarga ta’rif
berish bilan birga, ularga qarama-qarshi bo‘lgan yomon illatlardan
qutulish yo‘llarini bayon etadi.
Axloqlilikning eng muhim mezoni sanalgan odob haqida fikr yuritar
ekan. “Adab kichik yoshdagilarni ulug‘lar duosiga sazovor etadi va
u duo barakati bilan umrbod baxramand bo‘ladi. Adab kichkinalar
mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u muhabbat ko‘ngilda abadiy
qoladi...” - deb ta’kidlaydi.
Demak, yaxshi xulq asosi - odob Navoiy tahsilida barcha insoniy
hislatlarning boshlanishi sanaladi. Komil insonga xos hislatlar ana
shunga bog‘liq ravishda ta’rif beriladi. Zero, haqiqiy insonga xos
hislatlar - qanoat, sabr, tavozul’, ishq, vafo, sahovat, himmat, karam,
muruvvat, halm (yumshoq ko‘ngillik) xuddi shu odobli kishida tarkib
topadi. Masalan, “qanoat – buloqdir - suvi olgan bilan qurimaydi,
hazinadir -naqdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir - urug‘i izzat
va shavkat mevasi beradi; daraxtdir - shoxi tortinchoklik va hurmat
mevasi etkazadi” - deb ifodalaydi.
94
Navoiy qanoatni to‘ldiruvchi insoniy fazilatlardan sabr, sahiylik,
karam, muruvvat, himmat, bir-biriga hamkor va g‘amxo‘r bo‘lishini,
bularni inson shaxsini ulug‘lashga etaklaydigan, uni sof va pokiza
inson darajasiga ko‘taradigan hislatlar sifatida ko‘rsatib o‘tadi. “Sabr
achchiqdir - ammo foyda beruvchi, qattiqdir - ammo zararni daf’
etuvchi... Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir. Achchiq
so‘zli nasihatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminda maqsad hosil
bo‘ladi. Badxo‘r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo
so‘ngida sog‘lik yuz beradi”.
Sahiylik esa insoniylikning haqiqiy mezoni sifatida ta’rif beriladi.
Saho vatni Navoiy odamlarning mushkulini oson qilishda unga berila-
digan minnatsiz yordam sifatida tushunadi va shunga da’vat etadi.
Qimmatlilik, muruvvat, karam sahovatning tarkibiy qismlari sifatida
yoritiladi. “Yaxshilik, karam -bir jabrlanganning qattiqchilik yukini
ko‘tar moq va uni o‘sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Karam birov-
ning mashaqqat tikani og‘irligini ko‘tarmoq va tikan uchidan guldek
ochilmoq va o‘sha qilingan ishni qaytib tilga keltirmaslik, og‘izga
olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uning yuziga solmaslik”, - deb,
uning asl mohiyatini yoritib beradi. Muruvvatni esa ana shu “karamning
urug‘-avlodi, egizak qarindoshi, kimki bu hislatlarga ega bo‘lsa izzat
va hurmatga sazovor bo‘ladi”, - deydi alloma. U karam va muruvvatni
ota-onaga o‘xshatsa, vafo va hayoni egizak farzandlarga o‘xshatadi.
Lekin alloma har qanday ehsonni sahiylik deb tushunmagan. Sahovat
deb isrofgarchilik qilishni, minnatni qoralagan. Ularni (sahovat,
himmatni) tor ma’noda olmagan, aksincha, chuqur ijtimoiy ma’noda,
keng ko‘lamda olgan, ularda, bir tomondan, aqliy, yirik didaktik
qoidalardan, jamiyatni tuzatadigan vosita va odamlar ulug‘langan
tekinxo‘rlar qoralangan. Qanoatni - sharaf va izzatning tantanasi desa,
davlatli ta’magirni xor va pastkash deb ataydi. Shuning uchun ham
yoshlikning qadriga etish, eng yaxshi hislatlarni o‘zida tarkib toptirish,
nafs istagidan o‘zining tiyishini ulug‘laydi, takabburlik, manmanlik,
faqat o‘z foydasini ko‘zlab ish yuritish, yolg‘onchilik, nodon va
johillik, ikkiyuzlamachilik, ta’magirlik, shoshma-shosharlik, yalqovlik,
haromdan hazar qilmaslik kabi illatlarni qoralab, ulardan xalos bo‘lish
yo‘llarini ham bayon etadi.
Uning quyidagi ruboiysi ana shu yomon illatlar insonni ma’naviy
o‘limga olib borishi mumkinligi haqidagi hukmidek tuyuladi:
95
Uch fe’l erur kishiga qotil oxir,
Qotillik aro zahri halohil oxir.
Buxl atla birin, birin havo bil oxir,
Qil ujbin ham alarga dohil oxir.
Demak, Alisher Navoiy o‘zining asarlari bilan bir qatorda, ilimiy-
axloqiy asarlarida o‘zi orzu etgan insonga xos axloqiy fazilatlar deb
qanoat, sahovat, himmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik, ilm, rostgo‘ylik,
tavozu’, adab va boshkalarni tushungan, ana shu hislatlar tarkib topgan
insonda yomonlik, razillik bo‘lmasligi, unday inson yashagan jamiyat
ham ravnak topishi, barcha xalq baxt-sodatga erishishi mumkin deb
hisoblagan.
Dostları ilə paylaş: |