Shukurullo mardonov umida zokirova



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/101
tarix07.01.2024
ölçüsü2,8 Kb.
#201737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Shukurullo mardonov umida zokirova

SO‘Z BOSHI
Jahonda rivojlangan mamlakatlar globallashuv sharoit-larida ma-
daniy-ma’naviy taraqqiyot yo‘lida madaniy-badiiy meros, madaniy-
axloqiy, ma’naviy-estetik qadriyatlarini saqlab qolishga alohida e’tibor 
berib kelmoqda. Ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, o‘qitishning 
metodik ta’minotini zamonaviy rivojlanish tendensiyalariga muvofiq tako-
millash-tirish hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv 
va pedagogik texnologiyalarni faol tatbiq etishga muhim omil sifatida 
qaralmoqda. YUNESKOning Bosh Assambleyasida
1
O‘rta asrlar Sharq 
mutafakkirlarining dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, ularning 
boy ilmiy-ma’rifiy merosi, erishilgan natijalarini muntazam o‘rganish 
orqali fan va ta’lim tizimini rivojlantirishga doir tadqiqot ishlari amalga 
oshirilmoqda. Jahon fan va madaniyatini o‘rganish jarayonida talabalarning 
badiiy-estetik qadriyatlarning mazmun-mohiyatini anglay olishiga erishish, 
badiiy-madaniy merosga internal (o‘zi) va eksternal (o‘zga) motivatsiyasini 
shakllantirish, pedagogik idrok qilish vositasida talabalarning ko‘nikma va 
malakalarini rivojlan-tirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Dunyoda ta’limni mehnat bozori talablari asosida diversifikatsiyalash, 
o‘qitishni yangi strategiyalarga moslash-tirish, ta’limning axborot 
bazasini kasbiy pedagogik faoliyatga aloqador parametrlar doirasida 
rivojlantirishning ilmiy-amaliy negizlari bo‘yicha, jumladan, Angliya-
ning (Cambridge University), Germaniyaning (Technische Universitat), 
Rossiyaning (Moskva davlat universiteti, Sank-Peterburg davlat 
universiteti), Chexiyaning (University of Ostrava) kabi Yevropaning 
rivojlangan mamlakatlarining etakchi universitetlarida tadqiqot ishlari 
olib borilmoqda. Mazkur tadqiqot natijalari ta’lim va tarbiya sifatini 
baholashning xalqaro normalarini joriy qilish, shuningdek, oliy ta’lim 
muassasalarining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda bo‘lajak o‘qituv-
chilarda qadriyatli munosabatlarning qaror topganlik darajasini belgilash 
imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Respublikamizda oliy ta’limni rivojlantirish mazmuni va o‘qitish 
texnologiyalari, uning sifat va samaradorligini oshi rish borasida olib 
borilayotgan islohotlar ta’lim tizimini insonpar varlashtirish, demok-
1
YUNESKO
Bosh Аssambleyasining O‘rta asrlar Sharq allomalarining dunyo 
tamaddumida tutgan o‘rni// Xalqaro konferentsiya, 1998-y. Parij sh.


4
ratlashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilar-ni o‘zbek xalqining badiiy merosi 
yuksak estetik qadriyatlari negizida ma’naviy-estetik tarbiyalash orqali 
kasbiy kompetentligini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan pedagogik 
yondashuvlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirilgan. O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida 
“Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim 
xizmatlari imko niyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy 
ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini 
davom ettirishi”
1
ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Pedagogik fanlarni 
o‘rganish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘zbek xalqi badiiy 
merosining yuksak qadriyatlari negizida ma’naviy-estetik tarbiyalash, 
ularning kasbiy pedagogik kompetensiyasini rivojlantirishning 
pedagogik texnologiyalarini takomillashtirish hamda innovatsion 
faoliyatning reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchi va kreativ 
darajalarini puxta egallashlari uchun pedagogik shart-sharoitlar va 
didaktik imkoniyatlarni ta’minlash dolzarblik kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi 
PF-4947-son “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2018-yil 25 yanvardagi 
PF-5313-son “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi 
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
farmonlari, 2018-yil 5 iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim 
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash 
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2017-yil 20 
apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, 2020-yil 24 yanvardagi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi 
hamda mazkur faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda 
belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan 
darajada xizmat qiladi.
Estetik tarbiya, ma’naviyat, shaxsning ma’naviy va axloqiy 
fazilatlarini shakllantirish muammosi ham chet ellarda, ham mahalliy 
pedagogikada, shu jumladan milliy-umumestetik qadriyatlar darajasida 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni // O‘zbekiston 
Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. –Toshkent, 2017. –39 b.


5
hal qilinmoqda.
Mamlakatimiz pedagogikasida estetik, ma’naviy (asosan axloqiy) 
tarbiya muammosi: falsafiy va estetik jihatdan - S.Sh. Shermuxamedov, 
T.Mahmudov [99; 175] lar tomonidan; umumiy uslubiy va naza riy 
jihatdan – A.Abdunabiyev, Sh.Quronboyev, Sh.Kurbonov, T.Mura-
dimova, S.Ochilov, [29; 90; 89; 102; 114]lar tomonidan tahlil qilingan.
Ma’naviyat, shu jumladan milliy qadriyatlar muammosi A.Azizxonov 
tomonidan [35; 36]; yosh avlodning milliy an’analar asosida ma’rifiy, 
ma’naviy fazilatlarini shakllantirish – N.Azizxodjayeva, M.Inomova, 
Sh.Mardonov, O.Musurmanova, S.Nishonova, K.Xashimov [37; 73; 
98; 103; 111; 169; 170] lar tomonidan o‘rganilgan.
O‘quv-tarbiyaiy jarayonida milliy ma’naviyatni tiklash, yoshlarni 
estetik (badiiy) tarbiyalashda milliy merosning o‘rni va roli S.K. 
Annamuratova, D.A. Djamolova, S.X. Fayzullina, R.X. Xasanovlarning 
asarlarida o‘z aksini topgan [40; 62; 162; 168].
Talabalarning estetik tarbiyasi, bu jarayonda shaxsni shakllantirish, 
jumladan san’at asarlarini o‘rganish jarayonida shaxsning ma’naviy-
estetik fazilatlari bilan bog‘liq ba’zi jihatlar Rossiyalik olimlar 
E.V.Kvyatkovskiy, B.T.Lixachev, P.M. Yakobson, O.Suxodolskaya-
Kuleshova [80; 95; 180; 152]lar tomonidan o‘rganilgan.
O‘quv qo‘llanmasida, shuningdek bo‘lajak o‘qituvchilarda qadriyatlar 
tizimi haqidagi bilimlarni aniqlashtirishga doir o‘quv-uslubiy tavsiyalar 
ishlab chiqildi; talabalarda badiiy qadriyatlar tizimini rivojlantirishning 
samarali didaktik ta’minoti ishlab chiqildi, tadqiqot natijalarining bo‘lajak 
o‘qituvchilarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish hamda pedagog 
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini 
takomillashtirishga doir samarali yondashuvlar ishlab chi qildi.
Qo‘llanmada respublikamizda ushbu muammo bilan shug‘ullanib 
kelayotgan olimlar izlanishlarining umumlashtiri-lishi asos vazifasini 
o‘taydi.
Kitob qo‘lyozmasini o‘qib, o‘z fikr-mulohazalarini bildirgan ushbu 
sohaning etuk olimlari pedagogika fanlari doktorlari, professorlar 
Sh.S.Sharipov, U.I.Mahkamov, A.T.Nurmanovlarga o‘z minnadorchi-
ligimizni bildiramiz.
Qo‘llanma haqidagi xolisona fikrlarni mamnuniyat bilan qabul 
qilamiz (Jizzax davlat pedagogika instituti, Sharof Rashidov shox 
ko‘chasi, 4-uy).


6

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin