56
Masalan: “Tadbir al-Manozil” (turar joyni boshqarish), “Axloq haqida
risola”, “Burch haqida risola”, “Nafsni pokiza tutish”, “Badanni
boshqarish”, “Adolat haqida kitob”, “Al-qonun”, “Ishq haqida risola”,
“Xay ibn-Yakzon”, “Nomozning mohiyati haqida risola”, “Ziyorat
qilishning ma’nosi haqida”, “An-Najot”, “Ash-Shifo”, “Donishnoma”
kabi asarlari bilan ilm-fanga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomadir.
Shuning uchun ham Sharqda unga, “Shayx ur-Rais” - ya’ni
olimlarning olimi degan yuksak unvon berilgan.
U o‘zining “Axloqqa oid risola”sida insonning umumiy fazilati ha-
qida gapirib, kishilarda yuz beradigan
yaxshi va yomon xulqlarning
paydo bo‘lish sabablari to‘g‘risida to‘xtaladi. Uning fikricha yaxshi
va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo bo‘ladi,
odamlarning
yaxshi yoki yomon bo‘lishida hukumat ahllarining ta’siri ham zo‘r
bo‘ladi, deydi.
Ibn Sino axloqiy hislatlardan: iffat, qanoat, sahiylik, shijoat, sabr,
muloyimlik,
sirni saqlay bilishlik, ilm-ma’rifatli bo‘lish, kamtarlik,
adolatlilik, do‘stlik, vafodorlik kabi axloqiy kategoriyalarga ta’rif
beradi. U insoniy fazilatlarga:
Dostları ilə paylaş: