Щзбекистон республикаси ыишлоы ва сув хщжалиги вазирлиги



Yüklə 258,55 Kb.
səhifə3/8
tarix28.11.2023
ölçüsü258,55 Kb.
#167539
1   2   3   4   5   6   7   8
Курс иши КХИЧМ (Лотин) 24.01.2023й (2)

11



So‘z boshi
(Annotatsiya)

Talabalar tomonidan kurs ishini bajarishdan maqsad, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishda qo‘llaniladigan ishlab chiqarish jarayonlarini: yerlarni o‘g‘itlash, shudgorlash, chuqur yumshatish va ekishga tayyorlash, urug‘ ekish, g‘o‘za qator oralariga ishlov berish, g‘o‘za bargini tushirish (defoliatsiyalash), paxta terish va g‘alla o‘rish mashinalarining texnik tavsiflari, texnologik ish jarayonlari va agrotexnik talablari, ularni rostlash va ishga tayyorlash, mashinalarda uchraydigan asosiy nosozliklar va ularni bartaraf etish, bajarilgan ishlar sifatini nazorat qilish hamda texnika - yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rganishdan iborat.


Mazkur kurs ishida talabalar berilgan topshiriqqa asosan ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishda mashina-traktor agregatlarini samarali ishlatish uchun dalalarning topografik (tuproq) va biologik (o‘simlik) agrofonlarini holati va agrotexnik talablarga asosan rostlash va ishga tayyorlash, ularni ishlatish va bajarilgan ishning sifatini nazorat qilish usullarini hamda texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rganish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshiradi.


Ishning mazmuni va tarkibiy qismlari

Talaba kurs ishini berilgan topshiriqqa asosan bajarish jarayonida ishlab chiqarish jarayonining amalga oshirish uchun qishloq xo‘jaligi mashinalarini texnik ko‘rsatgichlarini va ularga qo‘yiladigan agrotexnik talablarni o‘rganish, mashina-traktor agregatini tuzish va uni ishga tayyorlash, dalani ishga tayyorlash hamda bajarilgan ishning sifatini tekshirish, ishlab chiqarish jarayonini bajarishda uchraydigan texnologik va texnik nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish hamda texnikaviy va yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘zi bajara olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.


Kurs ishi quyidagi masalalarni yoritishni o‘z ichiga oladi:
So‘z boshi; Ishning mazmuni va tarkibiy qismlari: Kirish; 1. Qishloq xo‘jaligi agregatining asosiy texnik tavsifi.; 2. Ishni bajarish sifatiga qo‘yiladigan agrotexnik talablar; 3. Agregatni tuzish, ishga tayyorlash va rostlash; 4. Bajarilgan ish sifatini baholash va nazorat qilish; 5.Texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari; 6. Tavsiya va xulosalar. Adabiyotlar ro‘yxati.
Ishning grafik qismi (jadval, chizma, rasmlar) slaydlar ko‘rinishida quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  1. Qishloq xo‘jaligi agregatini umumiy ko‘rinishi;

  2. Qishloq xo‘jaligi mashinasining rostlash sxemasi;

  3. Mashinalarda uchraydigan asosiy nosozliklar va ularni bartaraf

etish usullari;
4. Texnika va yong‘in havfsizligi qoidalari
5. Tavsiya va xulosalar.

Kirish
Kurs ishining kirish qismida quyidagilarni, agrosanoat majmuining rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida qishloq xo‘jaligi texnikalarini modernizatsiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha respublikada ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan zamonaviy yuqori unumli texnikalarining boshqarish tizimlarini rivojlantirish istiqbollari va samarador foydalanishni innovatsion usullarini qo‘llash va joriy etish yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklaridagi qishloq xo‘jaligi texnikalardan samarali foydalanishni tashkil qilish zarurligini asoslash.



Yüklə 258,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin