Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə18/75
tarix25.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#195903
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

Tayanch iboralar:

1. Kapelmeyster - kapela rahbari, dirijyor.


2. Kapela - xonanda va sozandalar jamoasi, orkestr va xor.
3. Oratoriya – vokal-simfonik asar, aniq mazmun asosida xor, orkestr va yakkaxon qo’shiqchilar ijrosi uchun yoziladi.
Topshiriqlar:

1. Gaydn hayoti va ijodiy yo’lini eslab qoling va hikoya qilib bering.


2. Gaydnning asosiy asarlari ro’yxatini tuzing.


Nazorat savollari:

1. Nima uchun Gaydnni «klassik kompozitor» deb atashadi?


2. Gaydn asarlarida nima aks ettirilgan?


Adabiyotlar:



    1. Kremlyov.Yu.A. "Y.Gaydn". Ocherk jizni i tvorchestva. M.1972.

    2. Novak.L. «Y.Gaydn». Jizn, tvorchestvo, istoricheskoe znachenie. M.1973.

Mavzu: I. Gaydnning simfonik ijodi.


Rejasi:



  1. Simfoniya janri haqida.

2. Gaydnning 103-simfoniyasi.


Bayoni:

Gaydnning simfonik ijodi deganda uning simfonik orkestr uchun yozgan barcha asarlari tushuniladi. Kompozitor yaratgan 104 ta simfoniya uning simfonik ijodining asosini tashkil qiladi.


Simfoniya - turkum asardir. Turkum so’zi asarning bir necha qismdan iboratligini ko’rsatadi. Sonatalar, simfoniyalar, kvartetlar, triolar bir necha qismdan iborat bo’lgan asarlardir. Bir xil kayfiyatni ifodalab beruvchi kichik pg’esalar, qo’shiqlar, raqslardan farqli ravishda turkum asari turli xil kayfiyatlar, fikrlar va his-tuyg’ularni ifodalab beradi. "Simfoniya" so’zi grekcha bo’lib, "uyg’unlik", "moslik" degan ma’noni bildiradi.
Uzoq vaqtgacha tovushlar qo’shilganda xosil bo’ladigan har qanday uyg’unlikni simfoniya deb ataganlar. Keyinchalik bu so’z boshqa ma’nolarni ham aks ettirdi. Raqs syuitasidan avval ijro etiladigan kirish qismini, opera boshlanishi oldidan orkestr ijro etadigan kirish qismini ham "simfoniya" deb atadilar. XVIII asrda simfoniya mustaqil kontsert asariga aylandi. Simfoniya janrining shakllanishiga "Mangeym maktabi"ga mansub bo’lgan chex kompozitorlari salmoqli hissa qo’shdilar. O’sha davrda Germaniyaning Mangeym shahrida dunyodagi eng zo’r simfonik orkestr faoliyat ko’rsatar edi.
Gaydn ijodida ham simfoniya janri uzoq rivojlanish yo’lini bosib o’tdi va uning yetuk simfoniyalari aniq bir ketma-ketlikka ega bo’lgan to’rt qismli turkum bo’lib shakllandi. Hozirgi kunda bu to’rt qismli shakl "sonata-simfonik" turkum deb ataladi va har tomonlama yetuk va barkamol klassik shakl hisoblanadi.
Simfoniyaning birinchi qismi tez surhatda ijro etiladi va musiqa jonli, hayajonli xarakterga ega bo’ladi. Ikkinchi qism musiqasi og’ir, vazmin xarakterda bo’lib, kishining lirik kayfiyatini goh yorqin va sokin, goh g’amgin xarakterda ifodalaydi. Uchinchi qism - menuet. Musiqa bu qismda jonli, raqs xarakterida. Gaydn davrida menuet xalqning eng sevimli raqsi bo’lgan. Shuning uchun Gaydn uni simfoniya tarkibiga qo’shgan. To’rtinchi, oxirgi qism - "final" deb atalgan. Birinchi qism kabi tez surhatda ijro etilgan va ko’p hollarda musiqa tantanali bayram kayfiyatini ifodalagan.
Gaydn o’z simfoniyalarini shu taxlitda yozgan. Uning buyuk zamondoshlari Motsart va Betxovenlar ham shu shaklda simfoniyalar yaratganlar. Keyingi avlod kompozitorlari klassik simfoniya shaklini rivojlantirdilar, simfoniyaning shakli va mazmunini boyitdilar. Simfoniya asari katta tinglovchilar ommasi eshitishi uchun mo’ljallangan, chunki uning shakli yirik va tovush balandligi katta. Bu asarni simfonik orkestr ijro etadi. Orkestr tarkibi ham Gaydn ijodida shakllandi. U cholg’u sozlarini to’rt guruhga ajratdi.
Torli - kamonli sozlar guruhi skripka, alg’t, violonchelg’ va kontrabaslardan tashkil topdi. Yog’ochdan ishlangan damli sozlar guruhiga kompozitor fleyta, goboy, klarnet va fagotlarni kiritdi. Misdan ishlangan damli sozlar guruhi valtorna va trubalardan iborat bo’ldi. Zarbli sozlar guruhi – Gaydn orkestrida faqat litavralardan iborat bo’ldi. Keyingi avlod kompozitorlari simfonik orkestr tarkibini misdan ishlangan damli sozlar guruhini kengaytirish hisobiga o’zgartirganlar.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin