Tayanch iboralar.
1. Oda - grekcha so’z, «qo’shiq» degan ma’noni bildiradi. Ilgari odalar shoirlar tomonidan yozilgan. Keyinchalik shehriy odalarga kompozitorlar musiqa bastalay boshladilar. Oda - xor va orkestr uchun yoziladigan juda tantanali, madhiya xarakteridagi musiqiy asardir.
Nazorat savollari.
1. Betxovenning kaysi asarlarini bilasiz?
2. Betxoven musiqasi Gaydn va Motsart musiqasidan nimasi bilan farq qiladi?
3. Betxovenning yoshlik yillarida qanday tarixiy voqea sodir bo’ldi va ijodiga tahsir ko’rsatdi?
Topshiriqlar.
1. Betxovenning hayoti va ijodi haqida so’zlab bering.
2. Betxovenning musiqasiga xos xususiyatlarni aniqlang.
Adabiyotlar.
1. V. Konen. Istoriya zarubejnoy muziki. vip 3. M. 1984.
2. V. Galackaya. Muzqkalg’naya literatura zarubejnix stran. vipusk 3. M. 1983.
Mavzu: Lyudvig Van Betxovenning fortepiano ijodi.
Rejasi:
Betxovenning fortepiano ijodiga xarakteristika.
Betxovenning fortepiano asarlari.
Bayoni:
Betxoven o’z davrining buyuk fortepiano ijrochisi edi. XVIII-asrning oxiriga kelib italyan cholg’u sozlari ustasi B. Xristofori yasagan fortepiano asta-sekin klavesin sozini siqib chiqara boshladi. Fortepianoda ijro texnikasini puxta egallagan Betxoven ajoyib ijrochilik mahorati bilan barcha tinglovchilarni qoyil qoldirgan. Baland, yorqin va kuychan tovushlarga ega bo’lgan fortepiano uning sevimli sozi edi. Bu soz uchun kompozitor butun ijodiy yo’li davomida asarlar yozgan. Sonatalar, variaciyalar, 60 dan ortiq turli pesalar bunga misoldir. Bularning orasida 32 ta sonata mashhur asarlardir. Fortepiano sonatasi – kompozitor Betxovenni hayajonga solgan fikrlar va tuyg’ularni ifodalashning qulay shakli edi. Kompozitor yaratgan 32 ta sonata orstida uchtasi nihoyatda mashhur. Bular sakkizinchi sonli «Patetik» sonata, 14 - sonli «Oy» sonatasi va 23- sonli «Appassionata» asarlaridir.
Dostları ilə paylaş: |