Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə58/75
tarix25.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#195903
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

«Venger rapsodiyalari»

Listning juda ko’p fortepiano asarlari orasida «Venger rapsodiyalari» tarixiy va badiiy ahamiyati jihatidan eng muhim o’rinlardan birini egallaydi. Ular soni o’n to’qqizta bo’lib, folklor manbalar asosida yozilgan. Rapsodiyalar venger va cigan (lo’li) halqlarining qo’shiq va raqslari mavzulariga yozilgan fantaziyalardir. Chuqur milliy ruh bilan sug’orilgan bu asarlar milliy ozodlik uchun kurash davrida venger halqining o’zligini anglashiga juda katta yordam berdi. Ularning tarixiy ahamiyati ham shundadir. Venger rapsodiyalari faqat Vengriyada emas, boshqa mamlakatlarda ham katta shuhrat qozondi.


«Rapsodiya» so’zi grekcha bo’lib, «qo’shiq» degan ma’noni anglatadi. XIX-asrda rapsodiya janr sifatida fortepiano musiqasiga kirib keldi. List birinchi bo’lib rapsodiyalarni xalq qo’shiq va kuylari asosida yozilgan fantaziyalar sifatida yaratdi. Rapsodiyalarning ko’pchiligi ikki bo’limdan iborat. Birinchi bo’lim sekin sur’atda bo’lib qo’shiqni eslatadi. Tez chalinadigan bo’limda venger xalqining mashhur va sevimli raqsi «chardash» ga xos xususiyatlar bor. Halq musiqasidagi kabi musiqiy mavzularning variaciya uslubida rivojlantirilishi Listning ko’pchilik rapsodiyalariga xos xususiyatdir.
Venger rapsodiyalari orasida Ikkinchi, Oltinchi, O’n ikkinchi va O’n to’rtinchi rapsodiyalar nihoyatda mashhurdir. Ikkinchi rapsodiya musiqiy mavzularining xilma-xilligi, Oltinchi rapsodiya ajoyib variaciyalari, O’n ikkinchi rapsodiya badiha uslubidagi rivojlanishi va O’n to’rtinchisi qahramonlik mavzusi va erkin uslubda rivojlanishi bilan tinglovchiga estetik zavq beradi. Bu rapsodiyalar simfonik orkestr ijrosi uchun ham qayta ishlangan.


Tayanch iboralar.



  1. Badiha –eng qadimiy ijro uslublaridan biri. Unda musiqa yaratish ijro paytida amalga oshiriladi.

  2. Folklor - xalq donishmanligi, halq ijodi. Musiqiy folklor –xalq hayoti, dunyoqarashi va ideallarini aks ettiruvchi xalq musiqiy ijodi.




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin