Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги


«Per Gyunt» nomli simfonik syuita



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə65/75
tarix25.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#195903
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75
Щзбекистон Республикаси Олий ва Щрта махсус талим вазирлиги

«Per Gyunt» nomli simfonik syuita.

«Per Gyunt» nomli simfonik syuita kompozitor Grigning shoh asarlaridan biridir. Avval boshida bu musiqa dramatik spektakl paytida ijro etish uchun yozilgan edi. Mashhur norvegiyalik yozuvchi Genrix Ibsen «Per Gyunt» nomli drama yozgan va shu spektakl uchun musiqa yozib berishni Grigdan iltimos qiladi. Kompozitorga drama nihoyatda yoqib qoldi va 1875 yilda u musiqani yozib tugatdi. Grig yaratgan musiqa 23 nomerdan iborat bo’lib spektakl davomida ijro etilishi kerak edi.Birinchi marta namoyish qilinganda spektakl juda katta shuhrat qozondi. Grig yaratgan musiqa ayniqsa hammaga ma’qul bo’ldi. G.Ibsen dramasidagi vatanni sevish, unga sadoqatli bo’lish va hizmat qilish zarur, degan g’oya kompozitor Grig dunyoqarashiga juda yaqin edi. Shuning uchun u musiqani katta qiziqish va ilhom bilan juda tez muddatda yozib tugatdi.


Dramada oddiy dehqon yigit Per Gyunt boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Per salbiy obraz. U xayolparast, xudbin, burch tuyg’usi unga begona. Qilgan jinoyati uchun hamqishloqlari uni haydab yuborgan. U keksa onasi bilan o’rmon chetidagi kulbada yashaydi. Onasi vafot etgandan so’ng Per sayohatga ketadi. Turli mamlakatlarda bo’ladi. Ko’p sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Savdo bilan shug’ullanib katta boyliklar orttiradi. Qarigandan so’ng vataniga qaytayotganda dengizda bo’ron ko’tarilib hamma kemalari g’arq bo’ladi. Per Gyunt keksaygan, barcha mol-mulklaridan ayrilgan holda vataniga kirib keladi. Uni faqat yoshligidagi muhabbati –Solveyg ismli ayol kutib oladi. Per Gyunt bexuda o’tgan umriga achinadi, qattiq pushaymon bo’ladi va tez orada vafot etadi.
Grig yaratgan musiqani faqat teatrga kirgan tomoshabinlar eshitar edi holos. Koncertlarda ijro etish uchun kompozitor 23 nomer orasidan sakkiztasini ajratib oldi va bu pesalarni ikkita syuitaga birlashtirdi. Birinchi syuitada to’rtta pesa bor. Ularning nomi quydagicha:



  1. «Tong».

  2. «Oze o’limi».

  3. «Anitra raqsi».

  4. «Tog’ qirolining g’orida».

Ikkinchi syuita ham to’rt nomerdan iborat:





  1. «Ingrid shikoyati».

  2. «Arabcha raqs».

  3. «Per Gyuntning qaytishi».

  4. «Solveyg qo’shig’i».

«Tong» pesasida kompozitor tabiatning eng go’zal manzaraliaridan biri – tong otishini tasvirlagan. Juda go’zal, lirik xarakterdagi kuy cho’ponlarning nay chalishini eslatadi. Tovush balandligining ortib borishi quyoshning ko’tarilishini tasvirlaydi. Qushlarning sayrashi ham mahorat bilan tasvirlangan.


«Oze o’limi» nihoyatda fojiali xarkterdagi pesadir. Oze – Per Gyuntning keksa onasi. Musiqa motam marshi ruhida yozilgan. Bunday marshlarga xos xususiyat - fojiali, dramatik obrazlar bilan yorqin, lirik xarakterdagi obrazlarning qarama-qarshi qo’yilishi mazkur pesada ham aniq ko’rinadi.
«Anitra raqsi». Per Gyunt Arabistonga borganda arab qabilalaridan biri uni payg’ambardek kutib oladi. Qabila boshlig’ini qizi Anitra Per oldida raqs tushadi. Raqs kuyi nihoyatda go’zal va jozibali. Pesani asosan orkestrning torli-kamonli sozlar guruhi ijro etadi. Bu raqsda vals janriga xos xususiyatlar bor.
«Tog’ qirolining g’orida». Bu pesa fantastik mazmunga ega bo’lib, unda Norvegiya xalqining ertaklaridagi obrazlar tasvirlangan. Per Gyunt tog’ qirolining g’origa kirganda u erda yashovchi dahshatli mahluqlar uni o’rab olib raqsga tushadilar. Bu pesaning tuzilishi juda oddiy va o’ziga xosdir. Oddiy musiqiy mavzu ko’p marta o’zgarishsiz takrorlanadi. Ammo borgan sari tovush balandligi va ijro tezligi ortib boradi. Tema ijrosida har gal orkestrdagi turli cholg’ular qatnashgan uchun bunday rivojlanish tembr variaciyalari deb ataladi.
Ikkinchi syuitadagi oxirgi pesa «Solveyg qo’shig’i» nihoyatda mashhur. Kompozitor Solveyg obrazini yaratishga alohida e’tibor bergan. Uni «vatan timsoli» deb atagan. Bu oddiy dehqon qizi bir umr Perni kutadi. Uning pok qalbi va kuchli irodasi musiqada mahorat bilan ifodalangan. Bu yorqin lirik xarakterdagi pesa kuplet shaklida yozilgan. Kuyda Norvegiya xalq qo’shiqlariga xos xususiyatlar juda ko’p.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin