Sianistli va fosfatli elektrolitlar



Yüklə 65,94 Kb.
səhifə6/10
tarix28.04.2023
ölçüsü65,94 Kb.
#103889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
10.SIANISTLI VA FOSFATLI ELEKTROLITLAR

Normal fosfatlash.
Fosfatli qoplamalar olish uchun ikki valentli metallar: marganets, temir, rux va kadmiylardan foydalanilib ularning bitta fosfatga almashingan xosillari ishlatiladi.SHu maksadda Majef preparatidan muvaffakiyatli foydalanish mumkin.Bu preparat temir va marganetsning bitta fosfatli almashingan aralashmalari: Fe (H2 PO4 ) 2 , Mn(H2 PO4 ) 2* H2O , Mn PO4 xisoblanib,ularning kimyoviy tarkibida 2,4-2,5 % Fe, 14 % Mn, 46-52% fosfatlar (P 2O5 ga qayta xisoblanganda), 1 % SO42- , CaO,Cl qoldiqlari va 1-2 % suv buladi.
Tarkibida 30-33 mg/l Majef preparati bulgan eritmadan 96-980С da foydalanilsa fosfatlash jarayoni bir muncha samaraliroq buladi.Nisbatan pastroq tempiraturada kristall struktura xosil bulib, yuqoriroq tempiraturalarda esa katta miqdorda shlam xosil bulishini kuzatish mumkin.Fosfatlash jarayonining davom etishi vodorod ajralib chikayotgan vaqt va qushimcha 5-10 min ushlab turish bilan chegaralanadi.Fosfatli eritmalarning umumiy K0 va erkin Kerk kislataliligini nuqtalarda ifodalash qabul kilingan.Xar kaysi nukta 0,1n li ishqor eritmasining 10 ml fosfatli eritmani titrlash uchun sarflangan miqdoriga mos keladi.Eritmaning umumiy kislotaliligi 28-30 nuktaga,erkin kislotaliligi esa 3-4 ta nuktaga mos keladi. K0 ning Kerk ga optimal nisbati 7:1 ga teng buladi.Erkin kislotalikning ortishi fosfatlash jarayonini uzaytiradi va plyonkaning ximoyalash xossasini yomonlashtiradi.
Erkin kislotalikning kamayishi ximoyalash xususiyati past bulgan yupka plyonkalar xosil kilish uchun sarflanadi.Majef tuzi eritmalarida xosil bulgan plyonkalar asos bilan mustaxkam boglangan bulishi kerak va qatlam kalinligi 7-50 mkm gacha etadi va govak strukturaga ega buladi.Qoplama yukori elektr izolyasiyalash va issiklikka bardoshli xossalarni namoyon kiladi.
Ximoyalash xususiyati yukori bulgan plyonka xosil kilish uchun Majev preparatining bir muncha konsentirlangan eritmalaridan foydalanish tavsiya etiladi.Bunday eritma konsentratsiyasi 100-200 g/l bulib, jarayon pastroq temperaturalar ( 80-90 0S) da olib boriladi.YUkori legirlangan pulatlar uchun tarkibida 30-32 g/l Majef tuzi bulgan eritmaga 10-12 g/l BaCl2 colinadi.Eritma temperaturasi 98-100 0S bulib, jarayon 40-60 min davomida olib boriladi.Majef preparati eritmasida olib borilgan fosfatlash bir qancha kamchiliklarga xam ega.Bularga jarayonning uzoq vaqt davom etishi, yukori temperatura va qiska ishchi oraliqning bulishi kiiradi.Bundan tashkari fosfatlash jarayonida juda kup mikdorda ajralib chikishi xam kuzatiladi, bu esa pulatning mexanik xossalariga salbiy ta’sir kursatadi.Buni yaxshilash uchun ishlov berish davrini qisqartirish tavsiya etiladi.

Yüklə 65,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin