Sifat so‘z turkumini o‘rganish metodikasi



Yüklə 369,5 Kb.
səhifə3/13
tarix15.09.2023
ölçüsü369,5 Kb.
#143757
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
3 sinf o’qish darslarida ,,Yashil sayyora’’mavzusi orqali sifat-01

Kurs ish natijalarining joriy qilinishi.O‘qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola o‘zi oladigan bilim, unda shakllanadigan his-tuyg‘u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. Bu o‘rinda o‘qish darslari alohida o‘rin tutadi.
Kurs ishi natijalarining aprabatsiyalari. Kurs ish natijalari maktab xamda Chirchiq davlat pedagogika institute dekani, kafedra mudiri hamda kurs ishi raxbari tomonidan aprabatsiya qilindi.
Jamiyatimiz yuqori ma’lumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, milliy istiqlol ruhida tarbiyalangan, o‘z bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni talab etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda dars muhim rol o‘ynaydi. Shu tufayli darsga bo‘lgan talab ham o‘sib boradi. Darsga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir. Darslarda o‘rganiladigan bilimlar mazmuni o‘zbek tilshunosligining ilmiy yutuqlarini o‘zida aks ettirishi, ta’lim jarayonining maqsadiga hamda bolalarning bilim saviyasiga mos bo‘lishi zarur. Ta’limda bularning birontasiga rioya qilinmasa, ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligiga putur etkaziladi.
O‘quvchilarning yoshiga mos kelmaydigan elementar yoki nihoyatda murakkab bilimlar bolalarning til faniga oid qiziqishlariga salbiy ta’sir qiladi. Ona tili darslarida o‘qitish metodlari bilan birga, fan sohasida ishlatiladigan usullardan foydalanish mashg‘ulotlarning samaradorligini oshiradi. Bolalarga tahlil va qayta qo‘sha olish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqara bilish, til hodisalarini kuzatish, kuzatilgan hodisalarga oid dalillar to‘plash, to‘plangan dalillarni taqqoslash yo‘llarini o‘rgatish o‘qituvchining asosiy vazifasidir.
Dars – ijodiy jarayon. Darslarda o‘quvchilarning ijodiy faoliyati qancha taraqqiy ettirilsa, ular o‘z oldiga qo‘yilgan aqliy vazifalarni shuncha qiynalmasdan bajaradilar. Bola topshiriqlarni ishlash sirlarini o‘rganib borgan sari, unda ijodiy fikr yuritish qobiliyati shakllana boradi. Ijodiy fikr yuritish o‘quvchilarda evristik layoqatni o‘stiradi.


2 Psixolog olim A.N.Leontyev “G‘oya va milliy tafakkur”-Toshkent, 2016

Yüklə 369,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin