3-§.Semantik usul. Boshqa turkumga mansub so‘zlarning ma’no o‘zgarishi natijasida sifatga ko‘chish hollari ham uchraydi. Sifatga ko‘chish, ya’ni adyektivatsiya hodisasi quyidagi so‘zlar asosida sodir bo‘ladi: a) otning sifatga ko‘chishi orqali: tilla bola, asal qiz, oltin davr, kumush qish; b) fe’lning sifatdosh shakllarining sifatga ko‘chishi orqali: kelishgan yigit, turar joy, oqar suv, kelasi yil, o‘tgan zamon; g) ravishning sifatga ko‘chishi orqali: o‘zbekcha kitob, oqilona maslahat, tez odam. Bundan tashqari so‘zlarning ma’no o‘zgarishi natijasida sifatga ko‘chish hollari juft va takror qo‘llanishi asosida ham yuz beradi: oldi-qochdi gap, tolim-tolim yoki tol-tol soch, yo‘l-yo‘l ko‘ylak. Sifatlarning yasalish turlari haqida umumiy ma’lumotlar.