simon: asosdan anglashilgan narsaga o‘xshashlik belgisini ifodalaydi: odamsimon, kumushsimon, tuxumsimon.
shumul: asosdan anglashilgan darajaga egalik belgisini anglatadi: olamshumul, jahonshumul.– dor: asosdan anglashilgan narsaga egalik belgisini hosil qiladi: mazmundor, bo‘ydor, unumdor, puldor, rangdor.
mand: asosdan anglashilgan narsaga egalik belgisini anglatadi: davlatmand, orzumand, kasalmand.
kor: asosdan anglashilgan xususiyatga kuchli darajada egalik belgisini hosil qiladi: fidokor, ehtiyotkor, isyonkor, omilkor, naqshinkor.
cha: asosdan anglashilgan narsaning millat, joy yoki miqdorga oidligini bildiruvchi sifat yasaydi: o‘zbekcha, farg‘onacha, otiqcha, erkakcha.
parvar: shaxsning asosdan anglashilgan narsani sevishi, unga sadoqati belgisini bildiruvchi sifat yasaydi: xalqparvar, vatanparvar, adolatparvar.
aki: asosdan anglashilgan narsaining harakat usuliga ko‘ra belgisini ifodalaydi: og‘zaki, zo‘raki, xomaki, qalbaki.
namo: narsadan anglashilgan xususiyatga egalik belgisini ifodalaydi: majnunnamo, avliyonamo, darveshnamo.
Bulardan tashqari -kash (dilkash, hazilkash), -gar(ishvagar, sitamgar), -chil (dardchil, xalqchil), don (gapdan, bilimdon), -msiq (qarimsiq), -m (qaram), –lom (sog‘lom), -qa (qisqa), lik(ko‘rpalik,ko‘ylaklik mato), -omuz (hazilomuz, ibratomuz) kabi kam unum affikslar orqali ham sifat yasaladi.
Fe’ldan sifat yasovchi affikslar: