Signallar va tizimlar


Impulslar fazasi modulyatsiyasi



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə20/33
tarix18.09.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#145170
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
S

Impulslar fazasi modulyatsiyasi (IFM), bunda uzatilayotgan xabarga mos ravishda impulslarning holati takt chizig‘iga nisbatan chapga yoki o‘ngga siljiydi (davomiyligi o‘zgarmas saqlanib qoladi, 14.5d-rasm). Impulslar fazasi modulyatsiyalanganda uning fazasi (boshlang‘ich holati) takt chizig‘iga nisbatan oldiga yoki orqaga siljiydi, ya’ni



.



  1. Impulslar chastotasi modulyatsiyasi (IChM), bunda impulslar takrorlanish chastotasi modulyatsiyalovchi xabar amplitudasiga mos ravishda ga o‘zgaradi (14.5e-rasm). Impulslar chastotasi modulyatsiyalanganda ularning takrorlanish chastotasi xabarga mos ravishda kattalashadi va kichiklashadi.

.

IFM va IChM signallarni umumlashtirgan holda vaqt bo‘yicha modulyatsiyalangan impuls – impuls vaqt modulyatsiyasi (IVM) deb ataladi.



  1. Impuls kod modulyatsiyasi (IKM), bunda birlamchi analog xabar (signal) diskretlash va kvantlash natijasida raqamli kodlangan diskret xabarga aylantiriladi va har bir takt chizig‘i vaqt oralig‘ida ushbu kodlar kombinatsiyasiga mos keluvchi “1” va “0” elementar signallar ketma-ketligi shakllantiriladi. Ushbu kodlar ketma-ketligi impulslari yuqori chastotali garmonik tebranish signalining asosiy parametrlaridan birini modulyatsiyalashi natijasida: IKM-AM, IKM-ChM, IKM-NFM signalalr shakllantiriladi.


    1. Diskret modulyatsiyalangan (KIM, CHIM, FIM, AIM) signallarni tahlil qilish

To‘rtburchak shaklidagi videoimpulslar ketma-ketligini past chastotali bir tonli signal bilan IAM-I signal spektrini aniqlaymiz. Modulyatsiyalovchi xabar signali bo‘lgan holat uchun videoimpulslar ketma-ketligi spektri quyidagilardan tashkil topgan bo‘ladi.




(7.3)

bunda, , , , – amplituda, impulslar takrorlanish davri, chastotasi va impulslar davomiyligi.


Impulslar ketma-ketligi amplituda modulyatsiyasi natijasida quyidagi qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradi:


, .
Bu holda


(7.4)

Uncha murakkab bo‘lmagan trigonometrik shakl o‘zgartirishlardan so‘ng IAM signal uchun quyidagi ifodani olamiz:




(7.5)

(7.4) va (7.5) ifodalarni bir tonli xabar signali bilan modulyatsiyalash natijasida olingan IAM signal spektri oddiy modulyatsiyalanmagan impulslar spektridan quyidagilar bilan farqlanadi:


- modulyatsiyalovchi signal chastotasi ga teng tashkil etuvchisi borligi bilan;
- modulyatsiyalanmagan impulslar ketma-ketligi spektrining har bir tashkil etuvchisi yonida chastotali yon tashkil etuvchilari borligi bilan (7.5-rasm).
Agar impulslar ketma-ketligi murakkab shakldagi (davriy bo‘lmagan) xabar signali bilan modulyatsiyalansa, u holda yuqori chastotali yon spektr tashkil etuvchilari soni va past chastotali spektr tashkil etuvchilari soni ko‘payadi. Ushbu IAM signal spektrida past chastotali tashkil etuvchining borligi, uning detektorlanishini past chastotalar filtri yordamida amalga oshirish imkoniyatini beradi. Past chastotaga eng yaqin bo‘lgan IAM signal spektri tashkil etuvchisi chastotasi ga teng bo‘lib, past chastotali tashkil etuvchilarni ajratib olishni osonlashtirish uchun sharti bajarilishi talab etiladi.



7.5-rasm. IAM signal spektri

Boshqa tur impuls modulyatsiyasi signallarining spektrlari ham IAM signal spektri kabi aniqlanadi. Bunda modulyatsiyalanmagan impuls spektri ifodasidagi tegishli o‘zgaruvchini modulyatsiyalanadigan parametrni modulyatsiyalovchi ga mos ravishda o‘zgartirish va uni tashkil etuvchilarga yoyish kerak bo‘ladi.



Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin