Signallarni aloqa kanallardan yo‘qotishlarsiz uzatish uchun quyidagi shart bajarilishi lozim.
.
Signalning hajmi - (1.5)
1.8 rasm. Analog signalni raqamli signalga aylantirish va qayta tiklash.
Nazorat savollari 1.Informatsiya, signal va elektr signali?
2. Signallarning turlari.
3.Signallarning parametrlari.
4.Aloqa tizimining strukturaviy sxemasini keltiring.
5.Aloqa kanallaring parametrlari.
6.Xalaqitlarning turlari?
7.Analog va raqamli signallarning farqi nimada?
8.Aloqa tizimining strukturaviy sxemasining alohida bloklaring vazifalari?
2- mavzu: SIGNALLARNI VAQT DISKRЕT FUNKSIYАSI SIFATIDA IFODALASH Reja: 1.Uzluksiz signallar
2.Sodda signallar.
3.Murakkab signallar.
4.Signallarning xarakteristikalari
5.Signallarni integrallash.
6.Signallarni differensiallash.
2.1. Uzluksiz signallar Signallar va tizimlarning yillar davomida qo‘llanish natijasida signallar turli xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. Ular turiga qarab bir xil xususiyatlilarini ajratish mumkin. Quyida keltirilgan rasmda signallarning bir necha turlarini ko‘rishimiz mumkin.
2.1 rasm.Signal turlari
Yuqorida keltirilgan rasmdan ko‘rinib turibdiki, (0, ) oralig‘iga ovoz to‘lqinlari ta’sir etmagan; ( ) vaqt oralig‘ida ovoz to‘lqinlarining ma’lum bir miqdori ta’sir etadi; ( ) vaqt oralig‘ida esa vaqt oralig‘iga murakkab ovoz to‘lqinlari ta’sir etadi.
Signallarni sinflarga ajratish quyidagicha bo‘ladi:
-shakli bo’yicha – sodda va murakkab;
-axborotlashtirilganligi bo’yicha – determinal va tasodifiy;
-xarakteristikasi bo’yicha – uzluksiz, diskret va raqamli.
Signallarni ta’riflash uchun uni matematik ifodasini aniqlash lozim. Bu jarayon samarali bo‘lishi uchun haqiqiy signalning bir qancha ifodalari eksponenta va sinusoida bo‘ladi.
Misol tariqasida mikrafon orqali o‘tayotgan tokni keltiramiz.