Auditoriyada talabalar uchun dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil qilishda eng avvalo, fan o‘qituvchisi tomonidan har bir fan uchun alohida sillabus (fan dasturi) ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak. Sillabus o‘z ichiga fanning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, fanni o‘qitishdan erishiladigan natijalar, modul rejasi, mavzular (rejalar bilan birgalikda), mustaqil ta’lim uchun mavzular, mustaqil ishlar uchun tavsiyaviy mavzular, fanni o‘qitishda zarur bo‘ladigan adabiyotlar ro‘yxati, baholash mezonlari hamda boshqa zaruriy qismlarni olishi kerak.