Amaliy mashg’ulotlarni tashkil etish bo’yicha
ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlar mavzuning xiliga qarab auditoriyada yoki dalada o’tkaziladi. Nazariy bilim olish, o’simliklarning sistematikasini o’rganish, rasmlarini chizish auditoriyada olib boriladi.
Bunda amaliy mashg’ulotlarga oid kitob va qo’llanmalar, tarqatma materiallar, elektron ma’lumotlar, ma’ruza matnlari, jadvallardan va boshqa qo’shimcha materiallardan foydalaniladi.
Foydali introdusentlarni o’rganish uchun avval tayyor materiallardan va gerbariylardan hamda elektron ma’lumotlardan foydalaniladi. So’ngra mustaxkamlash uchun dala sharoitida tajribalar o’tkaziladi.
Turlarni aniqlash uchun floraga oid kitoblardan va aniqlagichlardan foydalaniladi.
Amaliy mashg’ulotlar kasbiy tayyorgarlikning muhim bosqichi va shuning uchun ham uni zamon talabiga mos ravishda o’tkazish zarur. Amaliy mashg’ulot talabadan “O’simliklar introduktsiyasi” fani bo’yicha olgan nazariy bilimlarini amaliy tarzda mustahkamlashni, chuqurlashtirishni va umumlashtirishni hamda talabaning mustaqil fikrlashini talab qiladi.
Tavsiya etilayotgan amaliy mashg’ulotlarning mavzulari ro’yhati:
Introdutsentlarni dastlabki tanlab olish metodlari bo‘yicha ishlash
Introduksiya qilingan o‘simliklarning urug‘ biologiyasini o‘rganishga doir tajribalar qo‘yish.
Urug‘larni dala sharoitlarida unib chiqishi bo‘yicha tajribalar qo‘yish.
Fenologik kuzatish olib borish bo‘yicha tajribalar qo‘yish. Fenospektr tayyorlash.
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar
Seminar mashg’ulotlari talabaning ma’ruzalardan, amaliy darslardan hamda mustaqil ishlardan olgan bilimini yanada mustahkamlashga va o’zining fikrini, dunyoqarashini erkin va tushunarli etib bayon eta olish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan.
Tavsiya etilayotgan seminar mashg’ulotlarining mavzulari:
Introduksiya va akklimatizatsiya to‘g‘risida tushuncha
O‘simliklarning suv rejimini o‘rganish nima beradi?
Introduksiya qilinayotgan o‘simlikning ildiz sistemasining tuzilishi nega o‘rganiladi?
Vegetativ va generativ organlarning hosildorligini aniqlash metodlari.
Dostları ilə paylaş: |