Simmetrik blokli shifrlash algoritimlarini kriptotahlillash jarayonini avtomatlashtirish usuli
Allanov O., Saidahmedov.E.I. 1Muxamad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar Unversuteti dotsenti.
2Muxamad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar Unversuteti,magistri.
Annotatsiya:Ushbu maqolada simmetrik blokli shifrlash algoritimlarini kriptotahlillash jarayonini avtomatlashtirish usuli keltirilgan bo’lib, unda blokli shifrlarni kriptotahllishdagi asosiy parametrlar va ularni avtomatlashtirish usulini ishlab chiqish bosqichlari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Kriptotaxlil, algoritim, blok, raund, kalit, kolliziya.
Hozirgi vaqtda axborotlarga ishlov berish jarayonida hisoblash tarmoqlaridan keng qo‘llanilishi munosabati bilan axborot almashinuv jarayonida uning xavfsiziligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maxfiylikni ta'minlaydigan tarmoq texnologiyalari va axborni autentifikatsiya qilishda kriptologiyaning yutuqlaridan samarali foydalanishga tobora e’tibor berilmoqda. Ya’ni axborotni xavfsiz uzatishda kriptografik algorimlardan keng foydalanilmoqda. Biroq bunda foydalanilayotgan kriptografik algoritmning kriptobardoshliligini baholash va isbotlash muhim vazifalardan sanaladi.
Asosiy qism:Ma’lumki foydalanuvchining u yoki bu shifrlash algoritmidan kutishi mumkin bo’lgan ximoyalanganlikning eng maksimum samaradorligi quyidagi ikki parametr bilan baholanadi:
Shifirlangan matnning ochiq qiymati ochilgan ma’lumot kiymatidan oshib ketsa;
Shifrlangan matnni ochishga ketadigan vaqt ma’lumotning ishga yaroqlilik mudatidan oshib ketsa;
Shifrlash algoritmlari himoyalangan deyiladi, agar yuqoridagi ikkita talabni qanoatlantirsa, biroq kriptotaxlilni asosiy muamosi shundaki berilgan shifrlash algoritmi yordamida hosil qilingan shifrmatn kriptotahlil uchun kerak bo‘lgan harakatlarni sonli baholash amaliyotda juda qiyin.
Simmetrik blokli shifrlash algoritimlarini kriptotahlillshda quyidagi usullarda foydalaniladi.
Chiziqli kirptotaxlil usuli. Bu usulning asosiy vazifasi quydagicha:
Shifrmatn va ochiqmatn orasidagi effektif chiziqli bog’lanishlar aniqlash;
statistik tahlil olib borish asosida faqatgina kalit bitlari orqali ifodalanuvchi tenglamalar sistemasini qurish;
tenglamalar sistamasini yechish orqali kalit bitlarini aniqlash.
Differensiyal kriptotaxlil usuli. Bu kriptotahlil usulida shifrilash algoritmi, unga mos tanlab olingan ochiqmatn va shifrmatn ma’lum deb olinadi. bu usuldalar soni raund 16 ga teng bo’lgan DES algoritmning ochiq matnini olish imkonini bermasada lekin 8 raundli DES algoritmning ochiq matnni olish imkonini beradi.