1 Simsiz tarmoq haqida tushuncha 2 Wi-Fi texnologiyasi haqida
Simsiz tarmoq tuzilmasi. Simsiz tarmoqlarda simli tarmoqda ishlatiladigan komponentlar ishlatiladi. Ammo, simsiz tarmoqlarda axborot xavo muhiti (medium) orqali uzatishga yaroqli ko’rinishga o’zgartirilishi lozim.
Foydalanuvchilar. Simsiz tarmoq foydalanuvchiga xizmat qilishligi sababali, foydalanuvchiga simsiz tarmoqning muhim qismi sifatida qarash mumkin. Foydalanuvchi simsiz tarmoqdan foydalanish jarayonini boshlaydi va uning o’zi tugallaydi. SHu sababli unga "oxirgi foydalanuvchi" atamasi joiz hisoblanadi. Odatda, foydalanuvchi simsiz tarmoq bilan o’zaro aloqani ta’minlash bilan bir qatorda, muayyan ilovalar bilan bog’liq boshqa vazifalarni bajaruvchi kompyuter qurilmalari (computer device) bilan ish ko’radi.
Mobillik - simsiz tarmoqning eng sezilarli afzalliklaridan biridir. Masalan, mobillik xususiyatidan qandaydir bino bo’yicha xarakatlanuvchi va o’zining PDAsi yordamida elektron pochtani oluvchi yoki jo’natuvchi odam foydalanadi. Bu holda PDA simsiz tarmoq infratuzilmasiga uzluksiz yoki tez-tez tiklanuvchi ulanishni ta’minlashi.lozim.