Venna diagramasi
3-ilova
4-ilova
Mavzu: Simsiz sensorli tarmoqlar xavfsizligini
ta'minlash muammosi
Reja:
1.Simsiz aloqa tizimlarida axborot himoyasi 2. Simsiz qurilmalar xavfsizligi muammolari
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz ozaro boglanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini taminlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga ozlariga qulay va xoxlagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-sahifalarni kozdan kechirishlariga imkon beradi.
Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati boglanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi, ammo eng yangi telefonlar va hatto naushniklar malum hisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini taminlaydi.
Boglanish taminlanadigan fizik xudud olchamlariga bogliq holda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:
- simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);
- simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);
- simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN):
- simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bolmagan masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib turadi va katta bolmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari ortacha bolib, uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy kompyuterida yoki noutbukida malumotlarni simsiz sinxronlashni taminlashi mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan simsiz ulanish taminlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chigalliklarining yoqolishi yetarlicha jiddiy afzallik bolib, buning evaziga tashqi qurilmalarning boshlangich ornatilishi va keyingi, zaruriyat tugilganda, joyining ozgartirilishi anchagina osonlashadi.
Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini taminlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir protsessorli va katta ekranli PDA larni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bola turib foydalanashi mumkin. Bu xizmatchiga oz vazifalarini samarali bajarishga imkon beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/sgacha tezligida barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari, narxi va bajaradigan amallari boyicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi ananaviy simli lokal tarmoqlariga oxshash.
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi boyicha shaxarga teng bolgan xududga xizmat qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etiladi, bazida esa mobillik zarur boladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida malumotlarni uzatishni taminlaydi. Yoki energetik kompaniya bunday tarmoqdan shaxar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini taminlaydi. Natijada, simsiz regional
tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir yerga toplaydi yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni ornatishga imkon beradi.
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda infraqizil texnologiyaning ishlatilishi malumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bolishini taminlaydi.
Simsiz global tarmoqlar mobil ilovalarning, ulardan mamlakat yoki xatto kontinent masshtabida foydalanishni taminlash bilan ishlanishini taminlaydi. Iqtisodiy mulohazalarga tayangan holda, telekommunikatsiya kompaniyalari kopgina foydalanuvchilar uchun uzoq masofadan ulanishni taminlovchi simsiz global tarmoqning nisbatan qimmat infratuzilmasini yaratadilar. Bunday yechimning xarajati barcha foydalanuvchilar ortasida taqsimlanadi, natijada abonent tolovi unchalik yuqori bolmaydi.
Simsiz global tarmoq xarakteristikalari nisbatan yuqori emas, malumotlarni uzatishning tezligi 56 Kbit/s ni, bazida 170 Kbit/s ni tashkil etadi.
Simsiz global tarmoqlarga xos ilovalar Internetdan foydalanishni, elektron pochta xabarlarini uzatish va qabul qilishni, foydalanuvchi uydan yoki ofisdan tashqarida bolganida korporativ ilovalardan foydalanishni taminlovchi ilovalardir. Abonentlar, masalan, taksida ketayotganlarida yoki shahar boyicha sayr qilinayotganlarida ulanishni ornatishlari mumkin. Umuman, simsiz global tarmoqdan foydalanuvchilar xududiy chegaralanmaganlar.
Dostları ilə paylaş: |