Simsiz tarmoq fanidan



Yüklə 2,76 Mb.
səhifə19/117
tarix20.11.2023
ölçüsü2,76 Mb.
#165546
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117
Simsiz tarmoqlar.Aniq (1)

Nilufar guli chizmasini tuzish qoidalari:
Amaliy nuqtai nazardan barcha g’oyalarni ixcham deb tasavvur qiling (bitta- ikkitasi bilan chegaralaning), bu ham aql uchun foydali mashq hisoblanadi.
Sizga katta qog’oz varag’i zarur bo’ladi. Doimo o’zingiz mushoxadalaringiz natijasini bir varaq qog’ozda ko’rish foydali hisoblanadi. Qarama-qarshi holda esa, sizga bir varaqdan boshqasiga sakrab yurishingizga va bunda zaruriy biror muhim narsani unutishingizga olib keladi.
4-ilova
Mavzu: Simsiz ulanish uchun modem texnologiyalari.
Reja
1. Modemlar va ularning vazifalari
2. Wifi routerlar va ularning vazifalari
3. Wifi avlodlari.
Modemlar va ularning vazifalari
Modem – bu modulyatsiya va demodulyatsiya so`zlaridan olingan bo`lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o`rnatishdir. U o`zining kommunikatsion dasturiga ega bo`lib, bu dasturlar yordamida ma’lumotlarni uzoq masofalarga uzatish va qabul qilish mumkin. Modem ichki va tashqi bo`lishi mumkin. Ichki modem plata ko`rinishida kompyuterning sistema blokiga o`rnatilgan bo`ladi. Tashqi modem esa, ham faks, ham modem rolini o`ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi. Hozirda ko`p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.

Wifi routerlar va ularning vazifalari
WiFi dastlab «Wireless Fidelity» ya’ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o’rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo’lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o’rnatish texnologiyasi bo’lib, IEE802.11 standarti asosida ishlaydi. Shu standartga to’g’ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi.
Simsiz aloqa texnologiyasi bo’lganidan keyin, ma’lum bir tashuvchisiga ega bo’lishi kerak, bu tashuvchi “chastota” deb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Hozirda 2 xil chastota turi mavjud: 2.4 GHz va 5 GHz. Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchun TP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL…
2.4 GHz da 11 ta kanal mavjud. 5 GHzda bi birini ustiga tushmaydigan 25 ta kanal mavjud. 2.4 GHz diapazoni 5 GHz ga qaraganda ma’lumotni sekinroq uzatadi lekin uning diapaznoni ancha uzun. 5GHz esa yaxshi tezlikda uzatdi lekin uning diapaznoni qisqaroq.


Yüklə 2,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin