Simsiz tarmoq haqida tushuncha Wi-Fi texnologiyasi haqida


Wi-Fi texnologiyasi haqida



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə3/3
tarix27.06.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#135469
1   2   3
1 Simsiz tarmoq haqida tushuncha 2 Wi-Fi texnologiyasi haqida

Wi-Fi texnologiyasi haqida
Wi-Fi(Wireless Fidelity) — ingliz tili soʻzlaridan tashkil topgan boʻlib, «simsiz vafolik» maʼnosini anglatadi. Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoq tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Wi-Fi texnologiyasi deb raqamli maʼlumotlarni radiokanallar orqali joʻnatish turlaridan biridir. Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, kabelli tarmoqni oʻrnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga maʼlumki albatta kabelli tarmoqli kompyuter tarmogʻini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmogʻini qoʻlda oʻrnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini oʻrnatish talab qilinishini hamma bilishligi aniq. Wi-Fi — radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz maʼlumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmogʻi orqali WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda albatta yuqori radiotoʻlqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda maʼlumot almashinishini koʻrish mumkin boʻladi. Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi. Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmogʻini tushirish kabi mablagʻli jarayon uchun mablagʻlaringizni tejash bilan birga, oʻrnatishni oddiyligi esa murakkab texnik oʻrnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qoʻyadi. Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radiotoʻlqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga oʻxshagan toʻsiqlardan ham oʻtib ketaveradi va umuman hech narsa unga toʻsiq boʻla olmaydi(masofadan tashqari albatta!). Simsiz tarmoqlar oʻz-oʻzidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi. Koʻpchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yoʻlidagi toʻsiqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga bogʻliq boʻladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham boʻlishi mumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham boʻgliq boʻladi. Wi-Fi standartlari haqida toʻliqroq keyingi boʻlimda tanishishingiz mumkin boʻladi. Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmogʻida ham maʼlumotlarning oʻtkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish nuqtasining masofasiga va shu kabi parametrlarga bogʻliq boʻladi. Ushbu tarmoqni eng qulay tomonlaridan birinchisi uni oson oʻrnatilishida boʻlsa ikkinchisi esa Wi-Fi tarmogʻini kengaytirishdagi muammolarni umuman yoʻqligi yoki boshqacha qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson boʻlgan eng sodda tarmoq hisoblanadi desam mubolagʻa boʻlmasa kerak. Ushbu WLAN tarmoʻgini kengaytirish uchun esa amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning oʻzigina kifoya. Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan foydalanuvchi oʻzini bemalol quyidagi imkoniyatlarni egasiligiga deb hisoblashi mumkin: 1. koʻpfunksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qoʻshimcha qurilmalar bilan ishlovchi maxsus qurilma 2. yuqori tezlikda uzoq masofalarga maʼlumot almashinish imkoniyatiga ega boʻlasiz 3. tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga oshirishni keragi yoʻq:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish parolini bilishi buning uchun yetarli hisoblanadi. 4.Ushbu foydalanuvchi internet texnologiyalari hamda telekommunikatsiya sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanayotgan boʻladi. Shuni alohida taʼkidlab oʻtish kerakki quyida keltirib oʻtilgan barcha maʼlumotlar tashqi tarmoq tegishli albatta achinarli holat hisoblanadi.Wi-Fi texnologiyasi haqida yozishni davom ettiraman, oldinigi maqolada Wi-Fi nima? degan savolga javob berdim. Bu maqolada esa bu texnologiyaning afzallik va kamchiliklarini yozib o‘taman. Demak, dastlab Wi–Fi Alliance markasi asosida yuritiladigan va IEEE802.11 standarti asosida ishlaydigan Wi-Fi texnologiyasining afzalliklarini ko‘rib chiqamiz.— eng asosiy afzalligi bu — oyoq tagida o‘ralashib yotadigan simlarning mavjud emasligidir. Ko‘p hollarda simlar ish jarayonida, yig‘ishtirish davomida juda halaqit beradi, ayniqsa bu simlar tartibsiz joylashgan bo‘lsa, undan tashqari simlar xunuk ko‘rinadi va e’tiborni tortadi (kimlar uchundir).

— Wi-Fi texnologiyasi asosida, tarmoq hosil qilish, tarmoqni boshqarish, sozlash va monitoring qilishning juda soddaligi. Hozirda chiqarilayotgan Wi-Fi routerlarning veb admin paneli mavjud bo‘lib, bu panel ishlash uchun juda qulay;
— Wi-Fi orqali internetga ulanishning juda soddaligi (quyida oddiy internet deb yuritiladi). Odatda Wi-Fi router doim yoqilgan holda bo‘ladi, demak noutbuklarni yonishi bilan internetga ulanadigan qilish mumkin, ya’ni noutbuk yoqiladi va siz internetdasiz. Uyali telefonlar, planshetlar, elektron kitoblarda Wi-Fi internetga ulanish bor yo‘g‘i ikki harakat bilan amalga oshiriladi, bu juda qulay;
— simli internetga qaraganda, albatta optik kabelni hisobga olmaganda tezlik yuqoriroqdir, simda baribir so‘nishlar mavjud bo‘ladi, simsiz internetda ham to‘siqlar mavjud, lekin ularni aql bilan bartaraf etish mumkin, qanday qilish kerakligini bilmasangiz, qanday qilib Wi-Fi signallarini yaxshilash mumkin nomli maqolani o‘qib chiqing.
— mobilligi, ya’ni Wi-Fi routerni joyini o‘zgartirish, ko‘chib olib yurib, qayta tarmoq hosil qilishda muammo bo‘lmasligi, joyga bog‘liq emas;
— bir paytning o‘zida bir necha odam foydalanish imkoni mavjudligi, bu qandaydir ko‘rgazma va anjumanlar o‘tkazishda juda foydali.
— bino ichida ishlatishda bino tuzilishiga e’tibor berish kerak, to‘siqlar joylashuviga, ishlash auditoriyasiga, shunga mos holda yaxshi joy topib, Wi-Fi routerni o‘rnatish lozim, aks holda tezlik past bo‘lishi mumkin;
— signal uzatilish uzoqligi chegaralanganligi, masofa oshgan sari tezlik kamayib ketadi, Wi-Fi’da uzoqlik radius ko‘rinishida hisoblanadi, ya’ni signal aylana ko‘rinishida tarqaladi;
— signal ishlaydigan chastotada ishlaydigan boshqa qurilmalar bilan (Bluetooth) ta’sirlashuvi mavjudligi. Bu chastota o‘rtacha 2,4 Ggs.
— himoyalanish qiyinligi, ya’ni boshqalar ham sizning internet ulanishingizdan foydalanishi mumkin, albatta shifrlash, parol degan tushunchalar bor, lekin ba’zida bular ham yordam bermasligi mumkin. Himoyalanishning eng yaxshi yo‘li, bu qurilmani MAS adresi orqali identifikatsiya qilishdir.
— Wi-Fi routerni elektr toki talab qilishi va uning qizishi, qizish orqali tashqariga issiqlik chiqadi, shunday ekan routerni o‘rnatishda yaxshilab o‘ylang. Undan tashqari routerda elektr toki darhol o‘sishi va kamayishiga ta’sirchan, himoyasi yo‘q, bu o‘zim bilan sodir bo‘lgan, tok sababli kuygan.
WiFi tarmoq hosil qilish, simli internetga qaraganda biroz qimmatroq bo‘lishi;
— kam bo‘lsa ham nurlanishning mavjudligi, bilishimcha telefon orqali nurlanishdan 8-10 baravar kam.
Hozirgi davrda nafaqat umumiy fan va texnika, balki birgina sohaga oid barcha yangiliklardan xabardor bo’lish ham juda qiyin. Har kuni ko’plab yangi texnologiyalar, qurilmalar, dasturlar paydo bo’ladi va bu son-sanoqsiz yangiliklarni bilib olish uchun ko’p vaqt hamda kuch sarflashga to’g’ri keladi. Buning uchun o’zingizda kuch va irodalilikni his etsangiz ham, vaqtingiz yetmaydi.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari ham jadal sur’atlarda rivojlanayotganligi hech kimga sir emas. Bu sohaning rivojlanishi bilan kundalik hayotimizga talay imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Wi-Fi tarmog’idan foydalanish ham ana shunday qulay imkoniyatlardan biridir. Mazkur tarmoqdan foydalanishda turli dasturlar zarur. Quyida ulardan ayrimlari bilan tanishib o’tamiz. Simsiz tarmoqlar to’g’risida juda ko’p o’qigan, barcha nozik tomonlari va murakkabliklarini tushunib olishga ulgurgan va havo orqali «bepul» Internetga ulanib ko’rgandirsiz. Agar ulgurmagan bo’lsangiz marhamat, yordamga tayyormiz. Simsiz aloqa uzoq 1991-yilda yaratilgan va dastlab kassa xizmatlari tizimi uchun ishlab chiqilgan edi. O’shanda axborot uzatish tezligi bor-yo’g’i 1-2 Mbit/s ni tashkil qilar edi. O’tgan davrda Wi-Fi o’zining signallari bilan sayyoramizning millionlab kvadrat kilometr yuzasini qoplashga, axborotlarni uzatish tezligini bir necha bor oshirishga hamda ko’plab sonli foydalanuvchilarni jalb etishga ulgurdi. Bu jarayonlar axborotlarni uzatishning ushbu usulini: tarmoqni ko’p mablag’ sarflamasdan yer kurrasining har qanday nuqtasida tashkil qilish imkoniyati; ulanish kabellari yo’qligi sababli mablag’larni tejash; Wi-Fi standartida ishlashni ta’minlaydigan turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalarini keng tarqalishi va ularning bir-biri bilan mos ishlashi; Wi-Fi tarmog’ida rou-mingni ta’minlash kabi so’zsiz ustunliklari evaziga amalga oshdi.

Tarmoq abonenti ulanishni yo’qotmay turib, hech qanday to’siqlarsiz ulanish bir nuqtasidan ikkinchisiga o’tishi mumkin. Kun sayin «vay-fay» ning mashhurligi ortib bormoqda. So’nggi davrda mazkur simsiz tarmoqlarning keng tarqalishi qayd etilmoqda. Xalq qiziqmoqda, qulayliklarini tushunib oldi va provayderlar talabni his etdilar, shu sababli ko’plab tarmoqlarni tashkil qilmoqdalar. Yaxshi qahvaxona, barlar esa o’z mijozlariga bepul Wi-Fi taqdim etmoqdalar. Umuman aytganda, ushbu tarmoqdan foydalanish doirasi kengayib bormoqda. Ko’p sonli ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, Wi-Fi standartining qator salbiy tomonlari ham mavjud: qator mamlakatlarda axborot almashish sodir bo’ladigan chastotalar diapazonlaridan foydalanishga cheklanishlar mavjud; Wi-Fi qurilmalari ko’p energiya sarflashi bilan ajralib turadi; aloqa kanallarining buzib kirishga qarshiligi darajasi past. Eng keng tarqalgan shifrlash WEP (Wired Equivalent Privacy) standartini osongina (kalitning past mustahkamligi sababli) buzish mumkin. WAP (Wi-Fi Protected Access) va WAP2 shifrlash yangi standartlari ham ishlab chiqildi, ular hujumlarga ancha bardoshli, lekin baribir simsiz tarmoqni buzib kirish mumkin bo’lgan metodlar mavjud. Bundan tashqari, Wi-Fi tarmoqlari chegaralangan ta’sir zonasiga ega. To’g’ri ko’rish sharoitida ma’lumot almashish mumkin bo’lgan maksimal masofa taxminan 500 metrni tashkil qiladi. Yopiq, yoki bir, yoki yonma-yon kanallarda ishlayotgan ulanish nuqtasi va ulanish ochiq nuqtasi shifrlashidan foydalanuvchi signallarning bir-biri ustiga tushishi ulanish ochiq nuqtasiga ulanishga xalaqit qilishi mumkin.

Ushbu muammo nuqtalar juda zich holatlarida yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari, turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari o’rtasida to’la moslik bo’lmasligi ham mumkin. Shunday holat misol uchun, IEEE 802.11n standarti xomaki versiyasida sodir bo’ldi. Yetakchi kompyuter ishlab chiqaruvchilari «Draft N» leyblari bilan qurilmalarni ishlab chiqara boshladilar, biroq ma’lumotlar uzatish 802.11n standarti bo’yicha mosligini ular faqatgina o’zlarining rusumlari «devayslari» bilan ta’minladilar. Barcha dasturlar Realtek chipida kiritilgan simsiz adapteri bo’lgan Asus P5K-E ona platali kompyuterlarda o’rnatildi. Simsiz ulanish nuqtasi sifatida U.S. Robotics Wireless MAXg Wireless Access Point (USR5451) qurilmasidan foydalanildi. Wi-Fi adapterini sozlash uzatilayotgan ma’lumotlar WPA2-PSK xavfsizlik protokoli bo’yicha shifrlanadigan qilib sozlandi. Ulanish nuqtasi tasodifan bo’lmasligi uchun, uning sozlashlarida MAC-manzillar bo’yicha tarmoqqa ulanish aniq ko’rsatildi. To’g’ri, bu holatda ham buzib kirish xavfi qoladi, lekin bu endi ancha murakkab, faqatgina juda mohir xakerlarni qo’lidan keladigan jarayon bo’ladi. Bu ulanish nuqtasini izlash eng mashhur dasturlaridan biri hisoblanadi. Foydalanish juda oddiy va juda ko’p axborotlarga boy. Jiddiy sozlashlarni talab qilmaydi; ishga tushirasiz va boshqa hech narsa to’g’risida o’ylamaysiz. Utilitasi ulanish nuqtasi quyidagi ko’rsatkichlarini: SSID (tarmoq nomi), MAC-manzil, foydalaniladigan radiokanallar soni (Channel), uzatish tezligi (Speed), Wi-Fi nuqtasi ishlab chiqaruvchisini, yaratilgan tarmoq turini (Type), foydalaniladigan shifrlash turini (Encryption), hosil qilinayotgan quvvatini detsibellarda (SNR), hosil qilinayotgan signal quvvatini dbm larda (SignalQ) hamda koordinatalarini (Latitude, Longitude) to’plashga qodir. Koordinatalari GPS qurilmasi bilan sinxronlashtirish uchun kerak va «vardrayverlarga» juda kerak bo’ladi. Dasturga kirishda fayl yaratiladi va unda topilgan ulanish nuqtasi to’g’risida barcha ma’lumotlar saqlanadi. Har qanday shaharda osonlik bilan Wi-Fi tarmog’i bilan qoplanish xaritasini yaratish, keyin esa qiziqishi bo’yicha o’z safdoshlari bilan almashish mumkin. Ko’rsatkichlari bo’yicha «xot spotlarni» saralash qulay usuli qo’llanilgan. Agarda dasturning sozlashlariga qaraydigan bo’lsak, bu yerda hech bir qiyinchiliklar yo’qligini ko’ramiz. Asosiy punktlarida quyidagilarni aytib o’tish zarur: sizning GPS qabul qiluvchingiz asoslangan skanerdan o’tkazish va chipni tanlash tezligini boshqarish. Bir juda g’aroyib holatni aytib o’tish zarur: dastur ulanishda foydalaniladigan shifrlash turini noto’g’ri aniqladi. WPA2 o’rniga u WEP ni ko’rsatdi.

Ushbu dastur uyda foydalanuvchilarga monitoring og’ir ishida, boshqarish va o’z tarmog’ida maksimal imkoniyatga erishishga yordam berishga mo’ljallangan. Network Magic uchta asosiy ishlash rejimiga ega: tarmoq-dan axborotni olish, router xavfsizlik funksiyalaridan foydalanish uchun do’stona interfeysni taqdim etish va Internetdan uy tarmog’iga ulanishni ta’minlash. Oxirgi ikki funksiyasi faqat agarda router Network Magic dasturi bilan ishlaydigan bo’lsagina, ta’minlanadi. To’lagan 29.99$ mablag’ingiz hisobiga dasturni uchta kompyuterga «o’rnashtirish» imkoniga ega bo’lasiz. Network Magic interfeysi ilovalar to’plamidan iborat bo’ladi, bu esa soz-lashlarga tez va qulay kirish imkonini beradi. Umumiy imkoniyatlarni va printerlarni boshqarish, Internetga ulanish holatini kuzatish hamda tarmoqdagi barcha qurilmalar grafik taqdim etilishini shakllantirish mumkin. Oxirgi funksiya juda qiziqarli — har qanday tarmoq tuzilishini bemalol bilib olishingiz mumkin. Talab etiladigan qurilmani chaqirib uning IP-sozlanishlarini ko’rib chiqish mumkin, o’ng tomon tugmasini bosish esa ba’zi harakatlarni bajarishga imkon beruvchi kontekstli menyuni ko’rsatadi. Misol uchun, routerda loglarni yozib olishni o’chirish yoki umumiy printer navbatini tekshirish mumkin. Network Magic’s Net2Go funksiyasi yordamida har qanday joydan uy tarmog’iga ulanish mumkin. Network Magic’s Net2Go o’rnatilganda yagona manzil (yourname.net2go.com kabi ko’rinishda bo’ladi) va parol shakllantiriladi. Olingan manzil va parol brauzerda kiritilganidan so’ng oldindan tanishib chiqqan papkalardan foydalanish imkoniga ega bo’lasiz. Agar do’stlaringiz, qo’shnilaringiz uchun tarmoqqa o’z ulanishingizni ochishga qaror qilgan bo’lsangiz, unda 2hotspot dasturini yozib olishingiz kerak bo’ladi. Shundan keyin sizning ulanish nuqtangizdan Internetga chiqishga harakat qiluvchilar bepul yoki kredit karta rekvizitlari bilan birga parolni kiritish taklifi bilan sizning sahifangizni ko’radilar. Butun jarayonni 2hotspot dasturi bilan yaratilgan server orqali nazorat qilishingiz mumkin bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, 2hotspot utilitasi simsiz Wi-Fi adapteri asosida ulanish nuqtasini yaratadi.

Installyatsiya paytida 2hotspot servisi paydo bo’ladi. Unga bosib va kontekstli menyudan Connect to Network punktini tanlagandan so’ng siz 2hotspot.com saytiga kirasiz, bu yerda o’z ulanish nuqtangizni ro’yxatga kiritishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun o’z koordinatalaringizni kiritish (1-qadam), tarmoq ko’rsatkichlarini (tijorat yoki bepul), SSID, qutlov matnini hamda bepul saytlar va ishonilgan qurilmalar ro’yxatini (2-qadam) kiritish kerak bo’ladi. 3-qadamda bir vaqtda tarmoqqa kirishi mumkin bo’lgan foydalanuvchilar maksimal sonini va ulanish maksimal tezligini aniqlash zarur bo’ladi. Shundan keyin sizning tarmog’ingizga ulangan har bir kompyuter ro’yxatdan o’tish yoki o’z paroli va loginini kiritish taklifi bilan boshlang’ich sahifaga kiradi. Bir akkaunt doirasida turli SSID’lar bilan bir necha simsiz tarmoqlar ko’rsatilishi mumkinligini aytib o’tish zarur. WirelessMon — ulanish nuqtalarini izlash uchun yana bir qiziqarli dastur. Netstumbler’ga qaraganda ancha do’stona va chiroyli interfeysini aytib o’tamiz. Utilitasi quyidagi ulanish nuqtasi ko’rsatkichlarini beradi: SSID, MAC-manzil, dbm (RSSI)da yetkazib beriladigan signali quvvati, foydalaniladigan radiokanallar soni (Channel), ta’minlanadigan uzatish tezligi (Rates Supported), hosil qilingan tarmoq turi (Infrastucture), foydalaniladigan modulyatsiya turi (Network Type). Afsuski tanlangan modulyatsiya turi ko’rsatilmaydi, faqat uning borligi yoki yo’qligi ko’rsatiladi (Security). Ulanish nuqtasi geografik koordinatalariga bog’lanish bilan GPS navigatorini ta’minlash ham amalga oshirilgan. Dasturning asosiy oynasida bir necha ilovalar mavjud, ulardan har biri o’z axborotlariga ega. Ularning birida haqiqiy vaqt grafigini ko’rish mumkin, u signal darajasini, uzatish tezligini, uzatilgan va qabul qilingan axborotlar sonini ko’rsatishi mumkin. Sozlashlarida operatsion tizimni ishga tushirishda dasturni yuklashni kiritish mumkin.

WirelessMon va Netstumbler, Wi-Fi Hopper’lardan farqli ravishda Wi-Fi ulanish nuqtasi ko’rsatkichlarini aniqlashni 5Q ga bajara oldi. U nuqtaning quyidagi ko’rsatkichlari: SSID, ulanish nuqtasi ishchi standartini, MAC-manzil, shifrlash turini (Encryption), foydalaniladigan radiokanallar sonini va asosiy chastotani (Frequensy), modulyatsiya turini (PHY) va ishlab chiqaruvchini to’g’ri qiymatini berdi. Wi-Fi Hopper ba’zi qo’shimcha funksiyalaridan va sozlashlaridan Trial versiyasida foydalanish mumkin emas. Foydalanuvchining juda do’stona interfeysini va oson tushunarli sozlashlarini aytib o’tish mumkin. Ulanish nuqtasi koordinatalarini ko’rsatish uchun GPS qurilmasi bilan mos ishlash imkoni mavjud. Dastur masalasida muammolar paydo bo’lganida esa html-hujjat ko’rinishida amalga oshirilgan help’ga yordam bilan murojaat etish mumkin.
Wi-Fi ulanish nuqtalarini aniqlash dasturlarida ularning ko’rsatkichlarini ko’rsatishda signal kuchi darajasini ko’rsatuvchi punkti bor. Turli utilitalarda bu ko’rsatkich turli kattaliklarda: detsibellarda va dbm beriladi. Detsibellarda ifoda etilgan bir xil son qiymati turli fizik kattaliklariga signallar turli darajalari (aniqrog’i, darajalari farqi) to’g’ri kelishi mumkin. Shuning uchun chalkashishni oldini olish maqsadida shunday «aniqlashtirilgan» o’lchov birliklarini o’sha «dB» harflari bilan, ammo o’lchanayotgan fizik kattalikni umumiy qabul qilingan ifodasi — indeksi qo’shib ko’rsatiladi. «dBm» ham yoki inglizchasiga dbm ham shunday kattalik hisoblanadi. Ushbu ifoda Wi-Fi nuqtasi berayotgan quvvati 1 millivatt hisobida olinishini anglatadi.

Wireless Snif — bu simli simsiz Wi-Fi tarmoqlari «snifferi». U tarmoq trafigi tahlilini bajaradi, IP, IPX, TCP, UDP, ICMP va NetBEUI protokollari bilan ishlay oladi, simsiz va lokal tarmoqlardan olingan paketlarni turlarga ajratishi va saqlashga imkon beradi. Har bir protokolni alohida tanlab olish va u bilan axborotlarni, paketni to’laligicha kuzatish mumkin. To’plamda ICQ Snif 3.0.40 dasturi, ICQG`IRCG`MSNG`Email mijozlar «snifferi» taqdim etiladi. Juda oddiy bezatilganini va ikkala dasturda ham Help-fayli axborotlarga boy emasligini aytib o’tmoqchimiz. Wireless Snif va ICQ Snif ko’rsatib beradigan harflar va raqamlarni tushunib olish ancha qiyin. Birinchi navbatda, bu dasturdan nimani istashlarini yaxshi biladigan tajribali insonlarga mo’ljallangan «sniffer’lar». Wireless Snif’da ham va ICQ Snifda ham sozlashlar yo’q. Barcha axborotlarni log-faylga oddiygina yozib olish va loyihachining Ufasoft saytidan avtomatik yangilashni ishga solish mumkin.
Wi-Fi tarmog’ida signalni aks ettirish uchun kichik dastur. Raqamli indikator bilan ekranda dbm’da signal kuchini va xuddi shuni qismlarda ko’rsatadigan status-barni kichik status-kartinkasini ko’rsatib beradi. Yoqimli interfeysi sozlash va foydalanishda hech qanday qiyinchiliklarni yuzaga keltirmaydi. Sozlashlarda ekranda ko’rinib turgan indikator kattaligini, uning rang tuslarini (skinlar amalga oshirilgan), tiniqligini o’zgartirish, ishga tushganida yuklashni, dasturni avtomatik yangilanishini ishga tushirishni kiritish mumkin. Kengaytirilgan opsiyalarda qayd etilgan signallar maksimal va minimal darajasi to’g’risidagi to’la axborotlarni ko’rsatish uchun ham joy topildi. Barcha o’zgarishlarni log-faylda saqlab qolish mumkin. Signalning ma’lum minimal yoki maksimal kuchiga erishilganda tovushli xabar sozlashlari yoqimli xususiyati hisoblanadi. Noutbuk bilan doim yo’lda bo’ladigan va doim tarmoqda bo’lish muhim hisoblangan insonlar uchun juda qulay bo’ladi.

WLAN (mahalliy simsiz tarmoq) kanallariga IEEE 802.11 protokollaridan foydalanib tez-tez murojaat qilinadi va asosan Wi-Fi savdo belgisi ostida sotiladi. Shuningdek, boshqa uskunalar Bluetooth kabi bir xil kanallarga ulanadi. Radio chastotasi (RF) spektri simsiz aloqa infratuzilmasi uchun juda muhimdir. RF spektridagi aksariyat operatsiyalar milliy tartibga solish organi yoki hukumat tomonidan berilgan litsenziyani talab qiladi. 802.11 standarti Wi-Fi aloqalarida foydalanish uchun bir nechta alohida radio chastotalarini taqdim etadi: 900 MGts, 2.4 GHz, 3.6 GHz, 4.9 GHz, 5 GHz, 5.9 GHz va 60 GHz. Har bir diapazon ko'plab kanallarga bo'linadi. Standartlarda kanallar diapazondagi 5 MGts oraliqda raqamlanadi va raqam kanalning markaziy chastotasiga tegishlidir. Kanallar 5MGts oralig'ida raqamlangan bo'lishiga qaramay, standartlar kanallarni yuqori o'tkazuvchanlik uchun katta kanallarga birlashtirishga imkon beradi. Bular ham bog'langan guruhning markaziy chastotasi bo'yicha raqamlanadi.


Mamlakatlar o'zlarining qoidalarini ruxsat etilgan kanallarga, ruxsat etilgan foydalanuvchilarga va ushbu chastota diapazonidagi maksimal quvvat darajalariga amal qiladilar. ISM diapazonlari tez-tez ishlatiladi.
802.11ah litsenziyasiz sub-gighertz guruhlarida ishlaydi. Dunyoning har bir mintaqasi turli xil pastki diapazonlarni qo'llab-quvvatlaydi va kanallar soni ushbu sub-diapazonning boshlang'ich chastotasiga bog'liq. Shunday qilib, global kanallarni raqamlash rejasi mavjud emas va kanallar raqamlari dunyo mintaqalari o'rtasida (va hatto bir dunyo mintaqasining pastki guruhlari o'rtasida) mos kelmaydi. 802.11ah spetsifikatsiyalarida quyidagi pastki chiziqlar aniqlanadi.O'n to'rt kanal 2.4 Gigagertsli diapazonda, bir-biridan 5 MGts oralig'ida, 14-kanal oldidagi 12 MGts oralig'idan tashqari joylashgan.
Millatlar o'zlarining RF emissiya qoidalarini ruxsat etilgan kanallarga, ruxsat etilgan foydalanuvchilarga va ushbu chastota diapazonidagi maksimal quvvat darajalariga amal qiladilar. Tarmoq operatorlari mahalliy hokimiyat idoralariga murojaat qilishlari kerak, chunki ushbu qoidalar eskirgan bo'lishi mumkin, chunki ular istalgan paytda o'zgartirilishi mumkin. Dunyoning ko'p qismi spektrdagi birinchi o'n uchta kanalga ruxsat beradi.
Wi-Fi protokoli har qanday sharoitda hech qanday shovqin bo'lmasligini kafolatlash uchun 16.25 dan 22 MGts gacha kanallarni ajratishni talab qiladi (quyida ko'rsatilgan). Qolgan 2 MGts oralig'i chekka kanallar bo'ylab etarlicha pasayish uchun qo'riqchi tasmasi sifatida ishlatiladi. Ushbu qo'riq paneli asosan eski marshrutizatorlarni modem chiplari bilan to'la kanal egallashiga moyil bo'lish uchun ishlatiladi, chunki eng zamonaviy Wi ‑ Fi modemlari kanallarni haddan tashqari band qilishga moyil emas



Bir-birining ustiga tushadigan chastotalarni sozlash odatda ishlaydi, ammo bu shovqinlarni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa sekinlashuvga olib keladi, ba'zida og'ir, ayniqsa og'ir foydalanish paytida. Ba'zi bir chastotalar to'plamlari bir vaqtning o'zida biron bir joyda shovqinsiz ishlatilishi mumkin Ko'pgina davlatlar 2.4 Gigagertsli diapazonda simsiz LAN kanallarining grafik namoyishi. 40MHz diagrammasidagi "3-kanal" eslatmasi ko'pincha 20MHz kanal raqamlari bilan "1 + 5" yoki "1" bilan "+ Upper" yoki "5" - "+ Lower" with router interfeysida va "11" sifatida belgilanadi. "9 + 13" yoki "9" bilan "+ Yuqori" yoki "13" bilan "+ pastki"
Shimoliy Amerika 2.4 gigagertsli diapazonda simsiz LAN kanallarini grafik tasvirlash. Yuqoridagi 40 MGts diagrammadagi "3-kanal" eslatmasi ko'pincha 20MHz kanal raqamlari bilan "1 + 5" yoki "1" bilan "+ Yuqori" yoki "5" bilan "+" Lower interfeyslarida belgilanadi. Biroq, transmitterlar joylashtirilmaganda aniq oraliq protokolga, tanlangan ma'lumotlarning tezligiga, masofalar va jihoz ishlatiladigan elektromagnit muhitga bog'liq.Umumiy ta'sir shundan iboratki, agar ulashgan kanal o'tkazgichlari o'rtasida sezilarli ziddiyat bo'lsa, ular ko'pincha bir-biriga xalaqit beradi. Biroq, har to'rtinchi yoki beshinchi kanallarni ishlatishda ishlatiladigan kanallar orasida aniq uchta yoki to'rtta kanalni qoldirib, kanallarni almashish nisbatan kamroq shovqin keltirib chiqarishi mumkin va tor masofalar hali ham uzoq masofalarda ishlatilishi mumkin.Ushbu diapazon faqat litsenziyalangan guruh sifatida ruxsat berilganligi sababli hujjatlashtirilgan. 40 MGts diapazoni 3655–3695 MGts dan mavjud. Uni sakkizta 5 MGts, to'rtta 10 MGts kanallari yoki ikkita 20 MGts kanallariga quyidagicha bo'lish mumkin:
Yaponiyada, 100 MGts dan 4900 MGts dan 5000 MGts gacha bo'lgan ichki va tashqi ulanish uchun 2002 yildan boshlab foydalanish mumkin [ro'yxatdan o'tish kerak]. Dastlab, yana 5030-5091 MGts spektri ham foydalanish uchun mavjud edi, ammo ular 2017 yilda foydalanishga topshirilgan va 17 yildan keyin foydalanib bo'lmaydi.50 MGts chastotasi 4940 MGts dan 4990 MGts gacha (WLAN kanallari 20-26) AQShdagi jamoat xavfsizligi idoralari tomonidan foydalanilmoqda. Ushbu spektr oralig'ida bir-birining ustiga 20 ta MGts kenglikdagi ikkita bir-biriga yaqin bo'lmagan kanallar ajratilgan. Eng ko'p ishlatiladigan kanallar 22 va 26.
2007 yilda, FCC (Amerika Qo'shma Shtatlari) 5.250-5.350 Gigagertsli va 5.470-5.725 Gigagertsli chastotalarda ishlaydigan qurilmalar dinamik chastotalarni tanlashni (DFS) va uzatishni boshqarish (TPC) imkoniyatlarini ishlatishni talab qila boshladi. Bu ob-havo radarlari va harbiy harakatlarga aralashmaslik uchun. 2010 yilda FCC ob-havo radar tizimining bir turi bo'lgan TDWR bilan aralashmaslik uchun 5.470-5.725 GHz diapazonidagi kanallardan foydalanishni aniqladi. FCC tushunchasiga ko'ra, endi ushbu cheklovlar birgalikda "Eski qoidalar" deb nomlanadi. 2015 yil 10 iyunda FCC 5 va 5 gigagertsli qurilmaning ishlashi uchun "yangi" qoidalar to'plamini tasdiqladi ("Yangi qoidalar" deb nomlanadi), bu 160 va 80 MGts kanal identifikatorlarini qo'shadi va ilgari taqiqlangan DFS kanallarini 905462 nashrida e'lon qiladi. Ushbu FCC nashri ishlab chiqaruvchilar tomonidan eski qoidalarga muvofiq bosqichma-bosqich tasdiqlangan yoki o'zgartirilgan qurilmalarga ega bo'lish imkoniyatini yo'q qiladi; Yangi qoidalar 2016 yil 2 iyundan boshlab barcha holatlarda qo'llaniladi.Germaniya shuningdek 5.250-5.350 Gigagertsli va 5.470-5.725 Gigagertsli DFS va TPC imkoniyatlarini talab qiladi; bundan tashqari, 5.150–5.350 GGts chastotalar diapazoni faqat bino ichida foydalanish uchun ruxsat etiladi, faqat tashqi va ichki foydalanish uchun 5.470–5.725 GHz ni qoldiradi.
Bu Germaniya EHning 2005/513 / EC qoidasini amalga oshirganligi sababli, Evropa Ittifoqida shunga o'xshash qoidalar kutilishi kerak.Evropaning EN 301 893 standarti 5.15–5.725 Gigagertsli operatsiyani o'z ichiga oladi va 2017 yil 23 mayda v2.1.1 qabul qilindi. Avstriya 2005/513 / EC qarorini to'g'ridan-to'g'ri milliy qonunchilikka qabul qildi. Germaniyada bo'lgani kabi bir xil cheklovlar mavjud, faqat 5.470-5.725 Gigagertsli kuchlanishni tashqarida va bino ichida ishlatish mumkin.Janubiy Afrika uchun manba:5.250-5.350 GGts dan past yoki 100 mVt ga teng (e.i.r.p.) va DFS va TPC quvvatini 5.470–5.725 dan past yoki 1000 mVt ga teng (e.i.r.p.) talab qiladi. Ishlash 5.725–5.850 GGts dan 1000 mVt va undan past yoki 4000 mVt (e.i.r.p) ga teng ravishda istisno tariqasida tasdiqlanadi.
Yaponiyaning 10 va 20 MGts kenglikdagi 5 Gigagertsli simsiz kanallardan foydalanishi Radio sanoat va korxonalar uyushmasi (ARIB) tomonidan STD-T71 hujjati, keng polosali mobil ulanish tizimi (CSMA) tomonidan kodlangan. 40, 80 va 160 MGts kanallarni taqsimlashga oid qo'shimcha qoidalar Yaponiya Ichki ishlar va aloqa vazirligi (MIC) tomonidan qabul qilingan. Braziliyada 5.150-5.725 Gigagerts chastotasida TPC foydalanish majburiy emas. DFS faqat 5.470-5.725 Gigagerts chastotasida talab qilinadi.2015 yilga kelib, ba'zi Avstraliya kanallari DFSdan foydalanishni talab qilmoqdalar (DFS holda quvvatni kam sarflashga imkon beradigan 2000 yildagi qoidalardan sezilarli o'zgarish). AS / NZS 4268 B1 va B2 ga muvofiq 5250-55350 GGts va 5470–5725 GGts diapazonlarning har qanday qismida ishlash uchun mo'ljallangan uzatgichlar DFSni 4.7 va 5.3.8 bo'limlariga va ETSI EN 301 893 D ilovasiga muvofiq amalga oshirishi kerak. FCC 15.407 (h) (2) bandiga muvofiq. Shuningdek, AS / NZS 4268 B3 va B4 ga muvofiq, 5250-55350 MGts va 5470–5725 MGts tarmoqlarining istalgan qismida ishlash uchun mo'ljallangan uzatgichlar TPCni ETSI EN 301 893 ning 4.4 va 5.3.4 bo'limlariga muvofiq yoki alternativ ravishda muvofiq ravishda amalga oshirishi kerak. FCC 15.407 (h) (1) bandi bilan.Yangi Zelandiya reglamenti Avstraliyadan farq qiladi. Singapurni tartibga solish - IMDA 5.250–5.350 GGts dan 100 mVt (ePir) va undan past yoki 200 mVt (eyrp) ga teng DFS va 5.250–5.350 GGts dan past yoki 100 mVt (eperp) ga teng DFS quvvatini talab qiladi; 5.470–5.725 dan past yoki 1000 mVt (eperp) ga teng DFS va TPC imkoniyatlarini talab qiladi. Ishlash 5.725–5.850 GGts dan 1000 mVt va undan past yoki 4000 mVt (e.i.r.p) ga teng ravishda istisno tariqasida tasdiqlanadi.

2.4 Gigagertsli spektrdagi har bir kanal kengligi 20 MGts. Kanal markazlari 5 MGts bilan ajratilgan va butun spektr atigi 100 MGts kengligida. Bu shuni anglatadiki, 11 kanal mavjud bo'lgan 100 MGts ga siqib chiqishi kerak va oxirida bir-birining ustiga chiqadi.



Biroq, uchta kanal bir-biriga mos kelmaydi: 1, 6 va 11, quyidagi rasmda ko'rib turganingizdek. Ko-kanali shovqin - bu qurilmalar navbatma-navbat gaplashadigan joyda, shuning uchun bitta kanalda qancha ko'p qurilma bo'lsa, u gaplashishga shunchalik ko'p vaqt ketadi, chunki u o'z navbatini kutishi kerak.

Yuqoridagi ma'lumotlar bilan qurollanib, siz biron bir dasturni ishlatmasdan tanlovingizni uchta kanalga (1, 6 va 11) kamaytirdingiz! Afsuski, bu qo'shni tarmoqlar nostandart kanallardan foydalanmaydi degani emas. MetaGeek bu erda yordam berishi mumkin. InSSIDer-da MetaGeek Plus-dan foydalangan holda, siz har qanday tarmoqni inSSIDer-da tasavvur qila olasiz, shunda qaroringizni yakunlay olasiz. Kanal aralashuvi turlari haqida ko'proq ma'lumot olish uchun bizning video darslarimizni ko'rib chiqing.InSSIDer-dan foydalanishning afzalligi shundaki, endi siz WiFi-ning muammolarini aniqlay olasiz va ularni tezda tuzatasiz. inSSIDer avtomatik ravishda sizga optimal kanalni tavsiya qiladi va siz undan foydalanish uchun Wi-Fi guruxi bo'lishingiz shart emas. Faqat inSSIDer-ni ishga tushiring va har bir kanalda qancha tarmoq faolligini hisoblashdan boshlang. Birinchi qadam kanallarni saralash uchun "Kanal" sarlavhasini bosing. Siz qidirayotgan narsa eng kam tarmoqlarga ega kanal .

XULOSA
Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet xizmatlaridan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta’minlaydi. Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda.


Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy e’tibor qara-tishi kerak

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR


1)https://www.netspotapp.com/
2)https://www.electronics-notes.com/
3)https://en.wikipedia.org/


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin